O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.35 Mb.
bet23/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

Huquqqa xiloflilik ma’lum bir ijtimoiy xavfli qilmishga qarshi kurashish – davlatning mutlaq vakolati ekanligidan darak beradi. Ya’ni qilmishni huquqqa xilof deb topish, uning davlat tomonidan ijtimoiy xavfliligini rasman belgilanishini bildiradi. Qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanishi uning ma’lum darajada ijtimoiy xavfli, deb topilganligini anglatadi. Shuning uchun ham qonunda qilmishning jinoyat, deb belgilanishi uning huquqqa xiloflilik xususiyatini ko‘rsatadi.

Shaxsning unday yoki bunday xulq-atvori, uning shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, g‘ayriqonuniy, deb topilgunga qadar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.

Jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisining mohiyati shundaki, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga u yoki bu vakolatli mansabdor shaxslar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari) tomonidan qanday baho berilishidan qat’iy nazar, bunday qilmish uchun qonunda javobgarlik belgilanmaguncha formal jihatdan ijtimoiy xavfli, deb hisoblanmaydi. Jinoyat kodeksida («Maxsus» qismi) belgilangan jinoyat qonunlarini shartli ravshda ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1) kriminologik jinoyatlar;

2) jinoyat huquqiy jinoyatlar1.


Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ayrim moddalarida muayyan qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, jinoyat deb hisoblanadi. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 109-moddasi), pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat kodek­sining 130-moddasi), tuhmat (Jinoyat kodeksining 139-moddasi), haqorat qilish (Jinoyat kodeksining 140-moddasi) va hokazolar. Bunday qilmishlar birinchi marta sodir qilinsa, jinoiy qilmish darajasidagi ijtimoiy xavfli tus olmaydi. Ammo bunday qilmish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, ijtimoiy xavfli tus oladi va jinoyat, deb hisoblanadi.

Huquqqa xiloflilikni belgilashda Jinoyat kodeksining faqat «Maxsus» qismi normalariga tayanmasdan, «Umumiy» qism institutlari ham e’tiborga olinishi shart. «Umumiy» qism normalari «Maxsus» qism normalarini mustahkamlab, «Maxsus» qism normalarining buzilishi «Umumiy» qism normalarining buzilishiga olib keladi.

Jinoyat tushunchasini izohlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflilik jinoyatning asosiy va bir-biriga aloqador belgilari ekanligini ko‘rish mumkin. Jinoyatda ijtimoiy xavflilik belgisining mavjud emasligi o‘z navbatida huquqqa xiloflilikning mavjud emasligini bildiradi, ya’ni faqat jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli, deb topilgan qilmishlargina huquqqa xilof hisoblanadi.

Jinoiy huquqqa xiloflilik qilmishga ijtimoiy xavflilik darajasini berib, aynan shu daraja orqali qilmish «jinoyat» xususiyatiga ega bo‘ladi. Aynan ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflilik belgilari birgalikda qilmishning jinoiyligi va u uchun jinoiy javobgarlik asosini belgilovchi omil hisoblanadi. Formal jihatdan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa ham, lekin jinoyat qonunida belgilanmagan ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat, deb hisoblanmaydi. Shuning uchun har doim ham ijtimoiy xavflilik qilmishni jinoyat, deb belgilash uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. Bu borada huquqqa xiloflilik belgisining ustunligini Jinoyat kodeksining 14-moddasi, 1-qismidagi jinoyat tushunchasiga berilgan ta’rif ham izohlab beradi. Shuning uchun ham «huquqqa xiloflilik» belgisi – «jinoyatning formal belgisi», deb ataladi.

Huquqqa xiloflilik – jinoiy qilmish tufayli huquqiy normalarning buzilishini ifodalaydi. Huquqqa xiloflilik shaxs tomonidan Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko‘rsatilgan normalarning buzilishi demakdir.

Aybning mavjudligi (aybdorlik) belgisi – qonun chiqaruvchi tomonidan Jinoyat kodeksida jinoyat tushunchasiga aybga jinoyat belgilaridan biri sifatida ta’rif berilgan. Aybning mavjudligi belgisi jinoyat huquqining «ayb uchun javobgarlik prinsiрi»dan kelib chiqib, «Nullum crimen, nulla poena sine cupla», ya’ni «Aybsiz jinoyat ham, jazo ham yo‘q», qoidasini o‘z ichiga oladi1.

Ayb – bu shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatiga bo‘lgan ruhiy munosabati.

Shaxs faqat aybli ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.

Aybdorlik tushunchasi Jinoyat kodeksining 20-moddasi maz­muniga ko‘ra, «Ushbu kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilishi mumkin»ligidan kelib chiqadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling