O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Jinoyat ishtirokchilarining turlari
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
11.2. Jinoyat ishtirokchilarining turlari
Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko‘ra, jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilari ham jinoyat ishtirokchilari, deb topiladi. Ishtirokchilarning quyidagi turlari mavjud: 1) bajaruvchi; 2) tashkilotchi; 3) dalolatchi; 4) yordamchidan iborat. Jinoyatni bevosita, to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi, deb topiladi (Jinoyat kodeksining 28-moddasi, 2-qismi). Qonunda bajaruvchining qator o‘ziga xos belgilar ko‘rsatilgan: birinchidan, jinoiy qilmishning to‘liq yoki qisman amalga oshirilishi. Bundagi jinoiy qilmishni to‘liq amalga oshirilishi deganda, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko‘rsatilgan qilmishning obyektiv tomonini to‘liq sodir etish tushuniladi, ya’ni obyektiv tomon to‘liq bajariladi. Jinoyatni qisman sodir etish, jinoyat obyektiv tomonini sodir etish bo‘lib, bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan holda tamom bo‘lmaydi yoki modda dispozitsiyasida ko‘rsatilgan oqibatning yuz bermasligida ifodalanadi; ikkinchidan, jinoyatning bevosita bajaruvchi tomonidan sodir etilishi, bevositalik bajaruvchi shaxs tomonidan Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etilganligi yoki sodir etilishini anglatadi. Bajaruvchi quyidagi turlarga bo‘linadi:
2) boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan shaxs (birgalikda bajaruvchi); 3) kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs.
Jinoyat bajaruvchisi aqli raso va qonunda belgilangan yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Ayrim holda shaxsning o‘zi jinoyatni bevosita sodir qilmasdan jinoyatning subyekti bo‘la olmaydigan shaxsdan foydalanadi (masalan, o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilishda shaxs 14 yoshga to‘lmagan yoki aqli noraso shaxsdan foydalanadi). Bunda jinoyatchi ham subyekt yoshiga yetmaganning qilmishi uchun hamda voyaga yetmaganni jinoyatga jalb qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Ba’zi hollarda jinoyatchi maxsus o‘rgatilgan hayvonlardan foydalanadi va hayvon yetkazgan zarar uchun jinoyatchi javobgar bo‘ladi. Alohida hollarda bajaruvchining harakatini aniqlash uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan belgilarning bir qismi bo‘lishi o‘zi yetarli hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish jinoyati bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilsa, ulardan biri zo‘rlik ishlatgan, lekin shaxsan o‘zi nomusga tekkan yoki nomusga tegmaganligidan qat’iy nazar, bajaruvchi bo‘lib hisoblanadi. Bajaruvchi tomonidan sodir etilgan qilmish subyektiv tomondan to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilishi mumkin. Qonunga ko‘ra, ishtirokchilikda sodir etilgan qilmish qasddan amalga oshirilib, ehtiyotsizlikni istisno etadi. Ishtirokchilarning qasdi o‘z qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash va bajaruvchining harakatini o‘z ichiga olishi kerak. Jinoyatning tashkilotchisi jinoyat ishtirokchilaridan biridir. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik kilgan shaxs tashkilotchi, deb topiladi (28-moddaning 3-qismi), ya’ni tashkilotchi:
2) jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qiladi. Har ikki holatda ham u «tashkilotchi» so‘zi ma’nosidan kelib chiquvchi jinoyatga tayyorgarlikni amalga oshiradi. Jinoyat sodir etish «g‘oya»si va undan so‘nggi harakatlarni rejalashtirish, tashkil qilish unga tegishlidir. Shu o‘rinda jinoyat sodir etish haqidagi fikrning yuzaga kelishi faqatgina tashkilotchining o‘zigagina tegishli emasligini takidlab o‘tish lozim. Ba’zi hollarda birgalikdagi bajaruvchilardan birida ham bunday fikr paydo bo‘lishi mumkin. Sud amaliyotida birgalikda bajaruvchilardan birida bunday fikrning paydo bo‘lishi uchrab turadi. Masalan, guruh bo‘lib bezorilik qilish, nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishda. Тashkilotchi ko‘pincha jinoyat sodir qilishda bevosita qatnashmaganligi sababli uni ushlash, isbotlash va javobgarlikka tortish qiyinlashadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling