O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish hamda
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
- Bu sahifa navigatsiya:
- JINOYAТDA ISHТIROKCHILIK
10.6. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish hamda
jinoyat sodir etishdan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish orasidagi farq Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, ya’ni shaxsni o‘z aybiga iqror bo‘lib, jinoyatni fosh etishga yordamlashgan faol xatti-harakatidan farqlay olish lozim: birinchidan, bu ikki tushuncha bir-biridan yuridik tabiatiga ko‘ra farq qiladi. Ya’ni, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda jinoyatning ijtimoiy xavflilik, huquqqa xiloflilik va jazoga sazovorlik belgilari mavjud emasligi sababli jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi holatlardan biri hisoblanadi. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa, jinoyatning barcha belgilariga ega bo‘lib, quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
b) shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksining 66-moddasi); d) shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksining 71-moddasi).
Uchinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ham passiv, ham aktiv shaklda sodir etilishi mumkin. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa, faqat aktiv harakat orqali sodir etiladi. 1. Jinoyat huquqida dastlabki jinoiy faoliyat deganda nimani tushunasiz? 2. Jinoyat bosqichlari nima? 3. Qanday jinoyatlarda jinoyat bosqichlari bo‘lmaydi? 4. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, deb nimaga aytiladi? 5. Jinoyatga suiqasd qilish, deb nimaga aytiladi? 6. Jinoyatga suiqasdning turlari? 7. Jinoyatga suiqasd qilish bilan tamom bo‘lgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi o‘ziga xos xususiyatlarni bayon eting. 8. Jinoyatdan ixtiyoriy qaytish deganda nimani tushunasiz? 9. Bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi ishtirok etgan jinoyatda ixtiyoriy qaytish masalasi qanday hal qilinadi? 10. Jinoyatdan ixtiyoriy qaytishning huquqiy holatlarini bayon eting.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling