O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Тakroran jinoyat sodir etish
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
12.2. Тakroran jinoyat sodir etish
Тakroran jinoyat sodir qilish bir qancha jinoyatlar tizimida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilda qabul qilingan yangi Jinoyat kodeksida ilk bor mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, takroran jinoyat sodir etish turli davrlarda barcha jinoyatlarning 25–30 % ni tashkil etgan. Тakroran sodir etilgan jinoyatlar jamiyat uchun xavfli harakatlardan bo‘lib, takroran jinoyat sodir qilish jinoyat huquqi instituti sifatida chuqur tarixga ega. Тakroran jinoyat sodir etish va uni sodir etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi dastlabki manbalar Rim huquqida uchraydi. Qadimgi Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlar qonunchiligida ham bu ma’lumotlar bor. Katolik Cherkov huquqida esa, takroriy jinoyat «tuzalib, qayta ochilgan va tuzalishi juda qiyin bo‘lgan yara»ga o‘xshatilgan. Musulmon huquqida ham takroran jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, Qur’onda bunday harakatlar sodir etganlarga og‘ir jazo tayinlash nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, takroran jinoyat sodir etish deganda, bir qilmishni ikki yoki bir necha marta sodir etilishi tushunilgan. Bunda shaxsning birinchi jinoyati uchun jazoga tortilganligining ahamiyati bo‘lmay, bir jinoyatni jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etganligi muhim bo‘lgan, xususan, shaxs o‘g‘irlik jinoyatini birinchi marta sodir etganida qo‘li kesilgan bo‘lsa, ikkinchi marta qattiqroq jazo chorasini, chap oyog‘i to‘pig‘idan kesilib, qaynatilgan yog‘ga botirilishiga sabab bo‘lgan, shundan so‘ng ham tuzalish yo‘liga kirmasa, qozi tomonidan tavba muddati belgilab hibs etilgan1. Sobiq ittifoq davridagi Jinoyat qonunchiligida ham takroran jinoyat sodir etganlik uchun jazo choralari belgilangan. 1926-yildagi Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi 36 ga yaqin moddalarida takroran jinoyat sodir etish, jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan. 1959-yilgi Jinoyat kodeksining 125-moddasi eslatmasida 125, 126 va 129-moddalarda nazarda tutilgan takroran jinoyat sodir etish deganda, shu moddada yoki kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini ilgari ham sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan harakat tushunilgan1. Amaldagi 1994-yil qabul qilingan Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 1-qismiga ko‘ra, kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, «Ushbu kodeks «Maxsus» qismining aynan bir moddasida, qismida, kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarda nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish, deb topiladi». Bu yerda shaxs tomonidan turli vaqtlarda bir xil jinoyatlarni sodir etilganligini tushunish lozim. Тakroran jinoyat sodir etish faqat shaxsning bunday jinoyat turini vujudga keltirgan, huquqiy mohiyatga ega bo‘lgan birorta ham jinoyat uchun jazoga mahkum etilmagan hollarda vujudga keladi. Тakroran jinoyat sodir qilish deganda, xuddi shunday jinoyatni ikkinchi, uchinchi va hokazo marta sodir qilish tushuniladi. Respublikamizning amaldagi jinoyat qonunida ushbu masala o‘zining to‘g‘ri yechimini topgan. Unga ko‘ra, shaxs aynan bir xil jinoyatni ikki yoki bir necha marta sodir qilganda ham takroran jinoyat sodir etish, deb hisoblanaveradi. Jinoyat kodeksining 32-moddasida mustahkamlangan talabdan kelib chiqib, takroran jinoyat sodir etishning quyidagi belgilarini ko‘rsatish mumkin:
2) sodir etilgan qilmishlar jinoyat qonuni «Maxsus» qismining aynan bir moddasida, qismida, kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa turli moddalarida nazarda tutilgan qilmishlarni ham qamrab oladi; 3) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasligi; 4) jinoyat takroran sodir etilgan, deb hisoblanishi uchun ular turli vaqtlarda sodir qilingan va mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qilishi. Bir shaxs tomonidan Jinoyat qonuni «Maxsus» qismining aynan bir moddasida, qismida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishning sodir etilishi takroran jinoyat sodir etishning asosiy jinoyat huquqiy belgilaridan biri bo‘lib, bunda shaxs tomonidan sodir qilingan har bir jinoiy qilmish amaldagi Jinoyat qonunining 14-moddasiga muvofiq, yagona mustaqil jinoyat sifatida baholanadi. Ushbu jinoyatlar mustaqil ravishda alohida kvalifikatsiya qilinadi va alohida sanksiyaga ega bo‘ladi. Shuning bilan birga Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 1-qismiga ko‘ra, nafaqat, tugallangan jinoyatlar, balki, tamom bo‘lmagan, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga suiqasd qilish, ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatlar ham takroran jinoyatlarni tashkil qilishi mumkin. Ammo bunda sodir etilgan barcha jinoyatlar Jinoyat kodeksining bitta moddasi yoki bitta moddasining bitta qismida nazarda nazarda tutilgan belgilarga ega bo‘lishi kerak. Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 1-qismida: «Тamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek, ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish, deb topiladi», deyilgan. Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 1-qismi mazmuniga ko‘ra, shaxs sodir qilingan jinoyatlardan birortasi uchun ham sudlanmagan bo‘lishi kerak, ya’ni takroran jinoyatlarni tashkil qiluvchi qilmishlarning har biri shaxs sudlangunga qadar sodir etilgan, sud tomonidan muhokama qilinmagan bo‘lishi lozim. Jinoyat kodeksining 77-moddasi, 2-qismiga ko‘ra, jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan, deb hisoblanadi. Shunga ko‘ra agar shaxs sodir etgan ikki jinoyatdan biri uchun sudlanganligi tegishli tartibda olib tashlanmagan, tugallanmagan bo‘lsa, uning harakatini takroran jinoyat sodir etish, deb topish mumkin emas. Shaxsning sodir qilgan jinoyatlarini takroran jinoyat sodir etish, deb topishning uchinchi sharti shaxsni dastlabki sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan ozod qilish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi kerak. Bu yerda javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilish (64-modda), shaxs yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilish yoxud yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, 66-moddada kasalligi tufayli javobgarlikdan, 67 va 75-moddalar amnistiya akti yoki avf etish asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish nazarda tutilgan. Oldingi jinoyati uchun shartli hukm qilish qo‘llanilgan bo‘lsa, takroran jinoyat sodir etish, deb hisoblanmaydi. Chunki shaxs Jinoyat kodeksining 72-moddasi, 8-qismiga muvofiq, sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 60-moddasi bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash uchun belgilangan qoidalarga asoslangan holda jazo tayinlaydi. Shuning uchun bu hol takroran jinoyat sodir etish tushunchasini istisno etadi. Oldingi jinoyati uchun hukm qilingan shaxs yangi jinoyat sodir qilsa, faqat har ikki jinoyat qasddan sodir qilingan taqdirdagina 56-moddaning, 1-qismi, «n» bandida nazarda tutilgan og‘irlashtiruvchi holatlarni tashkil etadi va ushbu holda Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi «takroran sodir qilinsa» bandi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi. Chunki shaxs sodir etgan jinoyatini takroran sodir etish, deb topish uchun, jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketmagan bo‘lib, shundan keyingina bir xil jinoyatni turli vaqtlarda sodir qilgandagina va ularining birortasi uchun sudlangan bo‘lmasa, jinoyat takroran sodir qilingan, deb hisoblanadi. Javobgarlikka tortish yoki tortmaslik masalasini hal qilishda javobgarlikka tortish muddati Jinoyat kodeksining 64-moddasida ko‘rsatilgan muddatdan oshib ketmagan bo‘lishi kerak. Agar jinoyatlar o‘rtasidagi vaqt Jinoyat kodeksining 64-moddasida nazarda tutilgan muddatdan oshib ketgan bo‘lsa, qilmishni takroran sodir etilgan, deb hisoblab bo‘lmaydi va shaxs javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketmagan jinoyati uchungina javobgar bo‘ladi. Agar shaxs takroran sodir qilingan jinoyat deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etgan bo‘lib, bu jinoyatlardan biri hukm chiqarilgunga qadar, ikkinchisi esa, hukm chiqarilgandan keyin aniqlangan bo‘lsa, takroran jinoyat sodir qilish, deb hisoblashga asos bormi, degan savol tug‘iladi. Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 3-qismida «agar ish bo‘yicha» hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmigacha yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o‘sha tartibda – jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlanadi. «Bunday holda jinoyatlar majmuyi bo‘yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi ham qo‘shiladi», deyilgan. Qonun mazmuniga ko‘ra jinoyatlar majmuyi uchun jazo tayinlashning ushbu qoidalari o‘z navbatida takroran jinoyat sodir etishga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Bunday holda jinoyatlarning har ikki aynan bir xil jinoyatlar bo‘lganligi va jinoyatlarning biri uchun sudlanmay qolishiga sabab huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning jinoyatning o‘z vaqtida fosh etilmaganligi sababli bo‘lishi mumkin. Тakroran jinoyat sodir qilishni bunday turlarga ajratish 1959-yilda qabul qilinib, 1995-yilning 1-apreliga qadar amalda bo‘lgan Jinoyat kodeksi asosida ishlab chiqilgan edi. Jinoyat huquqida takroran jinoyat sodir etishni bunday turlarga bo‘linishi amaldagi Jinoyat kodeksiga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki umumiy takroran jinoyat sodir qilish deganda, turli vaqtlarda Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi turli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilish tushiniladi. Bu holat o‘z navbatida jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi bo‘lib hisoblanmaydi, balki ayrim hollarda Jinoyat kodeksining 56-moddasi, «a» bandida ko‘rsatilganidek, jazoni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lishi mumkin. Maxsus takroran jinoyat sodir qilish deganda, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi bitta moddasi yoki o‘sha moddaning yoxud modda qismining zaruriy belgisi sifatida ko‘rsatilgan holatlar nazarda tutiladi. Ya’ni maxsus takroran jinoyat sodir qilishda bir xil jinoyatni kamida ikki marta sodir qilish tushuniladi. Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 1-qismiga binoan alohida ko‘rsatilgan hollarda «Maxsus» qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Тakroran jinoyat sodir etish, deb hisoblashning bunday qoidalari Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi bir qancha moddalarida nazarda tutilgan. Masalan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 2-qismi, «b» bandi, 105-moddaning 2-qismi, «k» bandi, 118-moddaning 2-qismi, «b» bandi, 164-moddaning 3-qismi, «a» bandi va boshqa qator moddalar. Agar oldin Jinoyat kodeksining 119-moddasida nazarda tutilgan, jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan so‘ngra 118-moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etsa, keyingi jinoyati takroran jinoyat, deb topiladi. Тadqiqotchi F. Тohirov odam o‘ldirishdan oldin terrorizm, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz qilish va hokazo jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, qilmish takroran odam o‘ldirish kabi baholanishi kerak, deb ta’kidlaydi1. Тakroran jinoyat sodir etishning subyekti bir shaxs bo‘lgani holda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan turli xil ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazilishi mumkin. Ya’ni tajovuz obyekti turlicha bo‘lishi mumkin. Obyektiv tomondan esa, ushbu jinoyat aynan bir-biriga o‘xshash jinoyatlarni, qonunda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli jinoyatlarni sodir etishda ifodalanadi. Shu bilan birga takroran jinoyat sodir etish jinoyatlarni tashkil qiluvchi qilmishlarning har biri Jinoyat kodeksining 14-moddasiga ko‘ra ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofligi, aybning mavjudligi, jazoga sazovorligi bilan xususiyatlanadi. Shu jumladan, ularning barchasida yuqorida ta’kidlanganidek, jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘ladi. Shaxs, garchi, har biri mustaqil bo‘lgan, lekin aynan bir-biriga o‘xshash yuqoridagidek jinoyatlarni sodir etgani hollarida uning qilmishi Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi «takroran sodir qilinsa» bandiga asoslanib jazo tayinlanadi. Bu borada takroran jinoyat sodir etishning bir qator huquqiy belgilari bilan birga uning subyektiv tomonidan to‘g‘ri aniqlash muhimdir. Тakroran jinoyat sodir etishning subyektiv tomoni, shaxsning sodir qilgan ikki yoki undan ortiq qilmishi va ularning oqibatlariga nisbatan ruhiy munosabatida ifodalanadi. Ushbu jinoyatni tashkil qiluvchi jinoiy qilmishlar o‘z navbatida ayb shaklining yagonaligi bilan xususiyatlanadi. Ya’ni takroran jinoyat sodir etish, deb topish uchun shaxsning sodir qilgan ikki yoki bir necha jinoyati aybning qasd shakliga ega bo‘lishi kerak. Jinoyat qonunida takroran jinoyat sodir etish, deb topishning zaruriy belgisi sifatida 38 ga yaqin jinoyat tarkiblarida nazarda tutilgan bo‘lib, ularning barchasi qasddan sodir etiladigan jinoyatlardir. Qolaversa, jinoyat qonuniga ko‘ra, ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi jazoni og‘ilashtiruvchi holat sifatida (Jinoyat kodeksining 56-moddasi, 1-qismi, «n» bandi) qaraladi. Ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarda shaxsning o‘z talab va niyatlarini jinoyat sodir qilish orqali qondirish to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Bu jinoyatlar ko‘proq vaziyatning va shaxs harakatining u yoki bu variantini tanlashga jiddiy yondashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Тakroran sodir etiladigan jinoyatlarni subyektiv tomonida uni o‘z navbatida tashkil etuvchi har bir jinoyat qasd qilish, mustaqil ravishda shakllanadi. Ammo bu holatda ular o‘rtasida ichki bog‘liqlik bo‘lmaydi, degan tushunchani anglatmaydi. Тakroran jinoyat sodir etish, deb topilgan barcha jinoyatlar bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Тakroran jinoyat sodir etishning subyektiv tomoni uning barcha belgilari bilan o‘ziga xos huquqiy ahamiyatga ega bo‘lib, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va adolatli jazo tayinlashda muhimdir. Тakroran jinoyat sodir etish o‘z navbatida yuqoridagi belgilariga ko‘ra davomli, uzoqqa cho‘zilgan, retsidiv jinoyatlardan farq qiladi. Тakroran sodir etilgan jinoyatni davomli jinoyatdan farq qilish lozim. Davomli jinoyat tushunchasi Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 3-qismida ifodalangan. Bu jinoyatlar o‘rtasidagi asosiy farq sodir etilgan jinoyatning subyektiv tomoniga to‘g‘ri keladi, lekin obyektiv belgilari mos tushadi. Davomli jinoyat deganda, yagona maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan umumiy qasd doirasida birlashgan ikki va undan ortiq ijtimoiy xavfli harakatlar tushuniladi. Тakroran jinoyat sodir etish esa, doimo yangi qasd orqali amalga oshiriladi. Davomli jinoyatda qasdni amalga oshirish vaqti oralig‘ida doimo muayyan vaqt mavjud bo‘ladi. Davomli jinoyatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha qilmish jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligi, har bir butunni tashkil qilishda namoyon bo‘ladigan barcha epizodlarning yagonaligidadir. Davomli jinoyatning boshlanishi bir davom etadigan jinoyatdan iborat bo‘lgan qator o‘xshash harakatlarning dastlabkisini sodir etishdir. Demak, davomli jinoyatlar quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega bo‘ladi:
b) barcha harakatlar aynan bitta obyektga qaratilgan bo‘ladi; d) ularning hammasi bitta maqsad yo‘lida birlashgan va shuning uchun ham bir butunlikni tashkil qiladi.
b) majburiy sababga ko‘ra tugatiladi. Ixtiyoriylik shaxsning o‘z tashabbusi bilan harakatsizlikka chek qo‘yishda ifadalanadi. Majburiylik jinoyatning bajarishni bundan keyin ham davom ettirishga monelik qiladigan hodisaning boshlanishidan iboratdir. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatning tamomlanishi shaxsning qonunda ko‘rsatilagan majburiyatlarini bajarmaslikni boshlagan vaqtdan vujudga keladi, bundan keyingi nisbiy muayyan vaqtda ham u mazkur talablarini bajarmaslikda davom etsa, bunday holatning ichki yagonaligi o‘zaro bog‘liqligidan tarkiblarning ko‘pligi vujudga kelmaydi. Yuqorida tahlil etilgan masala bo‘yicha quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin, takroran jinoyat sodir etish tushunchasining Jinoyat kodeksiga kiritilishi: 1) Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan holatlarda jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida olinadi; 2) jinoyatni kvalifikatsiya qilishda bevosita ta’sir qilishi; 3) jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi bo‘lib hisoblanishi kabi huquqiy ahamiyatga ega.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling