O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
12.3. Jinoyatlar majmuyi
Jinoyatlar majmuyi jinoyat huquqining muhim va murakkab muammolaridan biri hisoblanib, bir qator munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Jinoyatlar majmuyi tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lib, ikki yoki undan ortiq jinoiy qilmishlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham oddiy, yagona jinoyatlarni tavsif qilishga qaraganda ularga huquqiy baho berish ancha mushkul masala hisobanadi. Jinoyatlar majmuyi uchun jazo tayinlashning mazmunini ochib berishdan oldin jinoyatlar majmuyi o‘zi nima ekanligini tushunib olish lozim. Jinoyat kodeksining 33-moddasi, 1-qismiga ko‘ra, «Ushbu kodeksning «Maxsus» qismi turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda, ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmuyi, deb topiladi», deyilgan. Ko‘pchilik huquqshunos olimlarning fikricha, ushbu institutning shakllanishi XIX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida o‘sha davrda O‘rta Osiyoda hukmron bo‘lgan chor Rossiyasi imperiyasining mustamlakachilik tizimi qonunchiligi bilan bog‘liqdir. Jinoyatlar majmuyi tushunchasi birinchi marta 1845-yili jazolar to‘g‘risidagi qonunnomada keltirilagan. Unga ko‘ra, jinoyatlar majmuyi aybdor tomonidan bir necha qilmishlarni bir vaqtning o‘zida yoki turli vaqtlarda sodir etilishi sifatida tan olinar edi. Jinoyatlar majmuyi tariqasida sodir etilgan jinoyat, deb topish uchun shaxs birorta qilmishi uchun ham jazoga tortilmagan, umumiy va yakka tartibda avf etilmagan bo‘lishi lozim edi. Sobiq Ittifoq davrida jinoyatlar majmuyi turlarga bo‘linib, bu holatlar birinchi marta RSFSRning 1922-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksida mustahkamlangan edi. Unda jinoyatlar majmuyi to‘g‘risida ikki modda bo‘lib, ularda jinoyat majmuyining turlari jinoyatlarning ideal va real jami uchun jazo mustahkamlangan edi. O‘zbekiston Respublikasining 1959-yildagi Jinoyat kodeksida ham jinoyatlar majmuyi tushunchasi ifoda etilmagan. Bu esa, amaliyotda bir qancha jinoyatlar borasidagi muammolarni hal etishda ma’lum qiyinchiliklarga olib kelar edi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 27-sentabrda qabul qilingan yangi Jinoyat kodeksida jinoyatlar majumuyiga oid barcha qoidalar tizimlashtirildi. Ya’ni jinoyatlar majmuyini tartibga soluvchi umumiy qoidalar alohida modda sifatida shakllantirildi. Umumiy qoidaning maxsus normalar bilan muvofiqligi ta’minlandi. U o‘zining tabiatiga ko‘ra, bir qancha jinoyatlar sodir etishning shakli bo‘lganligi uchun bir qancha jinoyat sodir etishni tartibga soluvchi Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi VIII bobiga kiritildi. Yangi huquqiy normalarni shakllantirishda jinoyat huquqi nazariyasida mazkur muammo yuzasidan to‘plangan tajriba va erishilgan yutuqlar inobatga olindi. Amaldagi Jinoyat kodeksining 33-moddasida ushbu masala, ya’ni jinoyatlar majmuyi ilk bor mustahkamlandi. Unga ko‘ra, «Maxsus» qismning turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka toritiladigan ikki yoki bir nechta jinoiy qilmishni sodir etish, agarda, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmuyi, deb topiladi. Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuyining quyidagi huquqiy belgilarini ajratish mumkin:
b) sodir etilgan qilmishlar Jinoyat qonuni «Maxsus» qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan bo‘ladi; d) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlanmagan bo‘lishi lozim.
Jinoyatlar majmuyiga ta’rif berishda «Javobgarlikka tortiladigan» so‘z birkmasi O‘zbekistan Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida shaxsni javobgarlikka tortish uchun monelik qiladigan holatlar belgilanganligi, jinoyat ishini tekshirish jarayonida bunday holatlar aniqlanganda, shaxs tegishli qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi, jinoyat-huquqiy oqibatlar vujudga kelmasligi nazarda tutilgan. Xulosa qilib aytganda, shaxsni jinoyatlar majmuyi bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun jinoyatlar majmuyini tashkil qiluvchi har bir qilmish yuzasidan jinoiy javobgarlik asoslari mavjud bo‘lishi va javobgarlikka tortish uchun monelik qiluvchi holatlar bo‘lmasligi kerak. Sodir etilgan jinoiy qilmishlarning Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilishi ushbu jinoyatlarning muhim huquqiy belgilaridan birini tashkil etadi. Jinoyatlar majmuyining uchinchi huquqiy belgisi shundan iboratki, unga ko‘ra, jinoyatlar majmuyini tashkil qiluvchi yoki bir necha jinoyatlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmaydi, ya’ni jinoyatlar jamiga kiruvchi qilmishlarning har biri sudlangunga qadar sodir etiladi, hali sud tomonidan muhokama qilinmagan va uning yuzasidan ayblov hukmi chiqarilmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham shaxs bir vaqtning o‘zida, bir jinoyat protsessida jinoyatlar majmuyini tashkil qiluvchi bir necha jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladi. Jinoyatlar jami, deb hisoblashning yana bir muhim sharti shuki, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ikki moddasi yoki bir moddasining turli qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarning turli vaqtda yoki bir vaqtning o‘zida (real va ideal jami) sodir qilinganligining ahamiyati yo‘q. Bir vaqtning o‘zida ikkita jinoyat sodir etilib, «Maxsus» qismning turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilingan taqdirda ham jinoyatlar majmuyini tashkil qilaveradi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlar majmuyining ushbu ko‘rinishi jinoyatning ideal jami, deb yuritiladi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling