O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
13.5. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni
ushlash vaqtida zarar yetkazish Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash odil sudlovning amalga oshirilishini ta’minlash, jinoyat qonunchiligi oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan. Shuning uchun ham qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazgan shaxsni ushlash ijtimoiy foydali hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash shaxsning majburiyati emas, balki burchi hisoblanadi. Shaxs, huquqni muhofaza qiluvchi davlat hokimiyati organlari, mahalla qo‘mitalari, boshqa shaxslarga yordam so‘rab murojaat qilish imkoniyati mavjudligidan qat’iy nazar, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlab berish huquqiga egadir. Jinoyat kodeksining 39-moddasida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish tushunchasi berilgan bo‘lib, uning 1-qismida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat, deb topilmasligi ko‘rsatilgan. Jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning quyidagi asosiy jihatlari (aspektlari) mavjud:
2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash hokimiyat organlari ayrim mansabdor shaxslarining burchi ekanligi respublika qonunlari va boshqa normativ hujjatlarida aniq ko‘rsatib o‘tilgan; 3) bunday harakatlar ijtimoiy foydali, deb topiladi, shuningdek, qonuniylik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiрlaridan kelib chiqadi; 4) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash bunday shaxsning jinoiy faoliyatini to‘xtatish va yangi jinoyat sodir etish imkoniyatlarini bartaraf etishning asosiy huquqiy vositasi hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning huquqiyligi shartlari bir tomondan, ushlash huquqining amalga oshirilishini, ikkinchi tomondan g‘ayriqonuniy qilmishlarni bartaraf etilishini kafolatlaydi. Bunday shartlar ikki institutga: ushlashga va ushlash vaqtida yetkazilgan zararga tegishlidir. Ushbu shartlarning huquqiyligi: ushlash uchun asoslarning mavjudligi va subyektlari; uni amalga oshirish usul va vositalari; ushlashning maqsadi va vaqti; uning bajarilgan, deb hisoblanishi kabi elementlarning mavjudligiga bog‘liqdir. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash uchun quyidagi asoslar bo‘lishi kerak: 1) shaxsning jinoyat sodir etganligi. Bunday asos bo‘lib ayrim hollarda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi xizmat qilsa, ba’zi hollarda jinoyat sodir etish faktining o‘zi yetarli hisoblanadi. 2) jinoyat sodir etgan shaxsning uni huquqni muhofaza qiluvchi organga topshirmoqchi bo‘lgan shaxsdan qochishi hisoblanadi. Ushlash jinoyat-protsessual xususiyatga ham ega bo‘lib, shaxsni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan, deb topishning asoslari: shaxsning jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushganligi; jinoyat shohidlari, shu jumladan, jabrlanuvchilar tomonidan jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilganligi; uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilganligi; shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlarning mavjudligi, uning qochmoqchi bo‘lganligi yoki doimiy yashash joyining yo‘qligi yoxud shaxsining aniqlanmaganligi hisoblanadi (Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi).
Albatta, jinoyatchini ushlab berish huquqi jinoyatchilikka qarshi kurashning foydali vositalardan biridir. Agar fuqarolarimiz jinoyat sodir qilgan shaxslarni ushlab berish huquqidan faol foydalanishsa, qonunga xilof qilmishlarga ko‘z yumib turmasalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi oshadi. Jinoyatchini ushlash huquqi, aniqrog‘i, burchi jinoyatchilikka qarshi kurash kasbi bilan bog‘liq majburiyat hisoblangan shaxslar (ichki ishlar, prokuratura, MXX organlari xodimlari)ga yuklatiladi. Jinoyat-protsessual kodeksining 222-moddasiga muvofiq, militsiya yoki boshqa surishtiruv organlari xodimi, shuningdek, muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday shaxs ushbu kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi militsiya yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir. Jinoyat kodeksining 39-moddasi, 4-qismida: «Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar», deb ta’kidlanadi. Jinoyat kodeksining 39-moddasida: «Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi», deb ko‘rsatilgan. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning huquqiyligi elemetlaridan biri – ushlash vaqtida belgilangan (huquqiy) uslub va vositalardan foydalanish. Ushlash uslubi deganda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash maqsadida unga ta’sir etishning turli xil taktik usullari (masalan, jismoniy yoki ruhiy zurlik ishlatib, aldash yoki ishontirish yo‘li bilan) tushunilsa, ushlash vositalari esa, ushlash jarayonida ishlatiladigan turli xil qurollar, predmetlar va texnik anjomlar yig‘indisidan (o‘qotar qurol, qo‘l kishani, arqon va h.k.) iboratdir. U yoki bu usul yoki vositalardan foydalanish shakli va darajasi – aniq hollarda ijtimoiy xavflilik darajasi, shaxsning ijtimoiy xavfliligi hamda ushlashdagi vaziyat va shart-sharoitlar bilan bog‘liq. Masalan, og‘ir yoki o‘ta og‘ir (odam o‘ldirish, bosqinchilik va h.k.) jinoyatni sodir etgan shaxslarni ushlashda qo‘liga kishan solinishi mumkin, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan bu usul qo‘llanilmaydi. Ushlash vositalari va usullari yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarga mos kelmagan taqdirda ushlash g‘ayriqonuniy deb, qarshilik ko‘rsatuvchi shaxsning qilmishi esa jinoiy emas, deb baholanishi mumkin. Shaxsning erkinligini qisqa muddatga cheklash tarzidagi ushlab turish shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida amalga oshirilganida qonuniy hisoblanadi, boshqa maqsad (masalan, o‘g‘irlangan mulkni qaytarib olish maqsadida ushlab turish) ko‘zlangan taqdirda shaxsning bunday qilmishi jinoyat, deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash elementlaridan yana biri ushlashni amalga oshirish vaqti hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo‘lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish tugallanishi bilan vujudga keladi va jinoiy javobgarlikka tortish muddatining yoki ayblov hukmini ijro etish muddatining o‘tib ketishi bilan to‘xtaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo‘lgan huquq jinoyat ishini yuritishga to‘sqinlik qiladigan quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda hisobga olinmaydi: 1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa; 2) shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa; 3) shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa; 4) e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor bo‘lsa; 5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori bo‘lsa; 6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atilgan hollarda uning shikoyati bo‘lmasa, Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan bo‘lsa (Jinoyat-protsessual kodeksining 83 va 84-moddalari, 1-qismi). Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning huquqiyligi elementlarini izohlash bilan birga, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, aybning shakli, jinoyatning tugallangan yoki tugallanmaganligi, shuningdek, ishtirokchilik shakli ham inobatga olinishi lozim. Ijtimoiy xavfli hisoblanmagan ma’muriy huquqbuzarlik yoki intizomiy qilmish sodir etgan shaxsni, shuningdek, jinoyat sodir etish o‘yida bo‘lgan shaxsga ushlash vaqtida zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Albatta, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning qonuniylik darajasini belgilovchi bir qancha shartlari bor. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling