O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Kam ahamiyatli qilmishlar
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
13.2. Kam ahamiyatli qilmishlar
Hayotda shunday qilmishlar uchraydiki, unda qonunda nazarda tutilgan alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfliligi juda kam bo‘ladi, jabrlanuvchi uchun yetkazilgan zararning miqdori deyarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Shuni e’tiborga olib, Jinoyat kodeksining 36-moddasida kam ahamiyatli qilmishlar tushunchasi berilib, bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan. Kam ahamiyatli qilmishlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan bo‘lsa-da, huquqqa xilofligi, aybning mavjudligiga ko‘ra boshqa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlardan farq qiladi, boshqa turlariga bunday xususiyatlar xos emas va ular ijtimoiy foydali huquqiy harakatlardir. Kam ahamiyatli qilmish sodir etilganida ijtimoiy xavfli oqibat yuz bermaydi yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga juda oz zarar yetkaziladi. Qilmishni kam ahamiyatli deb hisoblashda obyektiv (qilmishni sodir qilish sharoiti, kelib chiqqan oqibatning jabrlanuvchi uchun ahamiyatga ega emasligi yoki oqibat kelib chiqmaganligi) va subyektiv (aybning darajasi, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga nisbatan jiddiy zarar yetkazish maqsadining yo‘qligi, harakatning aynan oz miqdorda zarar yetkazishga qaratilganligi va h.k) holatlarning jami e’tiborga olinishi kerak. Masalan, voyaga yetmagan shaxsning birovning bog‘idan o‘zi iste’mol qilishi uchun oz miqdorda meva o‘g‘irlashi, gullarni uzib olishi, zotli hisoblanmagan kaptar o‘g‘irlashi, sho‘xlik, o‘zini ko‘rsatish kabi harakatlar shular jumlasidandir. Qilmishni kam ahamiyatli, deb topish uchun bunday qilmish bilan bog‘liq barcha holatlar (ayb shakli, jinoyat sodir etish usuli, motiv, vaziyat va jinoyat sodir etish bosqichlari, jinoiy oqibat og‘irligi, jinoyat ishtirokchilari, ularning ishtiroki darajasi va harakati)ni tahlil qilib chiqish kerak. Qilmishni kam ahamiyatli, deb topishda, asosan, uning ijtimoiy xavflilik darajasiga e’tibor berish kerak. Masalan, shaxs jabrlanuvchini o‘ldirishga harakat qilsa-da, unga hech qanday zarar yetkazmasa, shaxsning bunday qilmishi kam ahamiyatli, deb topilmay, balki odam o‘ldirishga suiqasd, deb topilishi kerak. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi, 1-qismi, 2-bandiga binoan ish bekor qilinadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling