O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
Huquqqa xiloflilik ma’lum bir ijtimoiy xavfli qilmishga qarshi kurashish – davlatning mutlaq vakolati ekanligidan darak beradi. Ya’ni qilmishni huquqqa xilof deb topish, uning davlat tomonidan ijtimoiy xavfliligini rasman belgilanishini bildiradi. Qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanishi uning ma’lum darajada ijtimoiy xavfli, deb topilganligini anglatadi. Shuning uchun ham qonunda qilmishning jinoyat, deb belgilanishi uning huquqqa xiloflilik xususiyatini ko‘rsatadi.
Shaxsning unday yoki bunday xulq-atvori, uning shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, g‘ayriqonuniy, deb topilgunga qadar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisining mohiyati shundaki, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga u yoki bu vakolatli mansabdor shaxslar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari) tomonidan qanday baho berilishidan qat’iy nazar, bunday qilmish uchun qonunda javobgarlik belgilanmaguncha formal jihatdan ijtimoiy xavfli, deb hisoblanmaydi. Jinoyat kodeksida («Maxsus» qismi) belgilangan jinoyat qonunlarini shartli ravshda ikki guruhga bo‘lish mumkin:
2) jinoyat huquqiy jinoyatlar1. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ayrim moddalarida muayyan qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, jinoyat deb hisoblanadi. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 109-moddasi), pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat kodeksining 130-moddasi), tuhmat (Jinoyat kodeksining 139-moddasi), haqorat qilish (Jinoyat kodeksining 140-moddasi) va hokazolar. Bunday qilmishlar birinchi marta sodir qilinsa, jinoiy qilmish darajasidagi ijtimoiy xavfli tus olmaydi. Ammo bunday qilmish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, ijtimoiy xavfli tus oladi va jinoyat, deb hisoblanadi. Huquqqa xiloflilikni belgilashda Jinoyat kodeksining faqat «Maxsus» qismi normalariga tayanmasdan, «Umumiy» qism institutlari ham e’tiborga olinishi shart. «Umumiy» qism normalari «Maxsus» qism normalarini mustahkamlab, «Maxsus» qism normalarining buzilishi «Umumiy» qism normalarining buzilishiga olib keladi. Jinoyat tushunchasini izohlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflilik jinoyatning asosiy va bir-biriga aloqador belgilari ekanligini ko‘rish mumkin. Jinoyatda ijtimoiy xavflilik belgisining mavjud emasligi o‘z navbatida huquqqa xiloflilikning mavjud emasligini bildiradi, ya’ni faqat jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli, deb topilgan qilmishlargina huquqqa xilof hisoblanadi.
Shaxs faqat aybli ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi. Aybdorlik tushunchasi Jinoyat kodeksining 20-moddasi mazmuniga ko‘ra, «Ushbu kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilishi mumkin»ligidan kelib chiqadi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling