O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
4.5. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari
Jinoyat tarkibining tomonlari va Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismining moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar tarkibining bir xil emasligini ko‘ramiz. «Maxsus» qismning ayrim moddalarida o‘sha jinoyat tarkibining barcha belgilari batafsil ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqa bir moddasida o‘sha jinoyat uchun zarur bo‘lgan eng asosiy belgilari ko‘rsatilgan. Jinoyat huquqida alohida jinoyatlar tarkibini tahlil qilib va umumlashtirib jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi umumiy ta’limot va ana shu asosida jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi umumiy qoidalari ishlab chiqilgan. Jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi qoidalar jinoyat huquqining bosh masalalaridan biri bo‘lib, qilmishni jinoyat, deb hisoblashning, jinoiy qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning, javobgarlikning asoslarini belgilashning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Shunga ko‘ra, har bir huquqni himoya qiluvchi va huquqni amalda qo‘llovchi organlar xodimlari jinoyat tarkibiga tegishli masalalarni chuqur o‘zlashtirib olishlari kerak. Jinoyat tarkibining umumiy belgilarini ikkiga bo‘lish mumkin, bular:
b) jinoyat tarkibining fakultativ belgilari. Jinoyat tarkibining zaruriy belgilari Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan barcha jinoyatlar uchun zarur bo‘lgan belgilardir. Bu belgilar barcha jinoyatlar tarkibi uchun shart bo‘lgan eng kam belgilardir. Har qanday jinoyat tarkibini ishlab chiqishda ana shu belgilar asosiy belgi sifatida olinadi. Ko‘pchilik jinoyat tarkiblari uchun ana shu zaruriy belgilaridan boshqa belgilar jinoyat tarkibidan tashqarida bo‘lgan belgilar bo‘lib qoladi. Zaruriy belgilar barcha jinoyatlar uchun shart bo‘lib, «Maxsus» qism moddalarida yoki «Umumiy» qismda asosiy qoida tariqasida nazarda tutiladi. Jinoyat tarkibi barcha tomonlari (elementlari) uchun zaruriy bo‘lgan belgilar quyidagilardir: a) jinoyatning obyektini – ijtimoiy munosabatni tavsiflovchi belgilar; b) obyektiv tomonini, ya’ni ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikni tavsiflovchi belgilar; d) subyektiv tomonini, ya’ni aybni tavsiflovchi belgilar; e) subyektni, ya’ni jismoniy shaxsning aqli rasoligi, muayyan jinoyat uchun javobgarlikka tortilish yoshini tavsiflovchi belgilar. Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari barcha jinoyatlar uchun zaruriy bo‘lmagan, ammo «Maxsus» qismning bir qancha moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblari uchungina zaruriy hisoblangan belgilardir. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida shunday jinoyatlar borki, qilmishni o‘sha modda bilan kvalifikatsiya qilish uchun jinoyat tarkibining umumiy belgilari kamlik qiladi. Qonun chiqaruvchi organ ana shunday tarkibli jinoyatlarni ajratib, yana boshqa belgilarning ham bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib, o‘sha moddani tuzib chiqqan. Fakultativ belgilar qandaydir qo‘shimcha belgi bo‘lmasdan, bu belgilarsiz qilmishni o‘sha modda bilan kvalifikatsiya qilib bo‘lmaydi. Demak, fakultativ belgilar ham muayyan jinoyatlar uchun jinoyat tarkibi doirasiga kiradigan, qilmishni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi hisoblanadi. Masalan, qilmishni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan kvalifikatsiya qilish uchun subyekt mansabdor shaxs bo‘lishi kerak. Uy-joyga kirib talonchilik qilishda (166-moddaning 3-qismi, «b» bandi) ayblash uchun shu jinoyat tarkibi obyektiv tomoni uchun fakultativ belgi hisoblangan jinoyat joyi, ya’ni uy-joyga kirib, talonchilik qilish sodir etilgan bo‘lishi kerak. Demak, jinoyat tarkibining fakultativ belgilari jinoyat tarkibining umumiy belgilari nuqtayi nazardan olganda fakultativ belgi, bir norma jinoyat tarkibi nuqtayi nazardan olganda fakultativ belgilar zaruriy belgi sifatida jinoyat tarkibi doirasiga kiradi. Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari: a) jinoyatning obyektini tavsiflovchi belgilar, ya’ni qo‘shimcha obyektli jinoyatlar (masalan, bosqinchilik, bezorilik va hokazolar); b) obyektiv tomonini tavsiflovchi belgilar, ya’ni jinoyat joyi, usuli, sharoiti, quroli va hokazolar; d) subyektiv tomonini tavsiflovchi belgilar, ya’ni jinoyatning motivi, maqsadi; e) jinoyat subyektini tavsiflovchi belgilar, ya’ni maxsus subyektlar (mansabdor shaxs ekanligi, o‘ta xavfli retsidivistlik va hokazo). Jinoyat ijtimoiy hayotning turli jabhalarida sodir etilishi mumkin va shunga ko‘ra, bu jinoyatlar mazmuniga ko‘ra yetkazilgan zararning miqdori turlicha, ijtimoiy munosabatning ahamiyati jihatidan ham har xil bo‘ladi. Jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir necha ijtimoiy munosabatga (obyektga) nisbatan tajovuz qilinishi, bu ijtimoiy munosabatlar bir xil yoki har xil bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tajovuz qilingan ijtimoiy munosabatlarning biri asosiy obyekt, boshqasi esa qo‘shimcha obyekt bo‘lishi mumkin. Masalan, bosqinchilik jinoyati (Jinoyat kodeksining 164-moddasi) shaxsning hayoti yoki sog‘liqqa xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib sodir etiladi. Ammo qonun chiqaruvchi organ bu jinoyatni mulkiy jinoyatlar guruhiga kiritgan. Chunki shaxs o‘zganing mulkini g‘ayriqonuniy ravishda egallash uchun hujum qiladi. Subyektning asosiy maqsadi shaxsni hayotdan mahrum qilish yoki badaniga shikast yetkazish emas, balki o‘zganing mulkini g‘ayriqonuniy yo‘l bilan egallashning eng xavfli usulini tanlagan va bunda mulk egasining qarshiligini sindirish maqsadida uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatadi. Shunga ko‘ra, bosqinchilik jinoyatida mulk asosiy obyekt sifatida qatnashadi. Jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan hujum bosqinchilik jinoyatini tashkil qilmaydi va hokazolar. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida shunday jinoyatlar borki, bu jinoyatlar tarkibi uchun jinoyat predmeti ushbu jinoyat tarkibi uchun zaruriy belgi sifatida jinoyat tarkibi doirasiga kiradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 176-moddasida qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish jinoyatlarida bu narsalar jinoyatning predmeti sifatida shu jinoyat tarkibi doirasiga kiruvchi zaruriy belgi hisoblanadi. «Maxsus» qismdagi bir qator jinoyatlar tarkibi uchun jinoyat sodir qilish vaqti, joyi, usuli va hokazolar jinoyat tarkibi doirasiga kiritilib, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismi, «j» bandida o‘ta shafqatsizlik bilan, «l» bandida bezorilik oqibatida odam o‘ldirish nazarda tutilib, usul zaruriy belgi sifatida qatnashmoqda. Odam o‘ldirishni («e» bandi) ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir qilganlik uchun javobgarlik belgilanib, vaqt zaruriy belgi sifatida qatnashmoqda, uy-joyga kirib bosqinchilik, talonchilik yoki o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilish jinoyatida jinoyat joyi jinoyat tarkibi doirasiga kiritilib qilmishni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida qatnashmoqda. «Maxsus» qismning asosiy ko‘pchilik moddalarida jinoiy oqibatning miqdori yoki darajasi jinoyat tarkibi doirasiga zaruriy belgi sifatida kiritilgan. Masalan, talonchilik (Jinoyat kodeksining 166-moddasi) ancha miqdorda qilinsa, ushbu moddaning 2-qismi («b» bandi), ko‘p miqdorda qilinsa, 3-qismi («v» bandi), juda ko‘p miqdorda qilinsa, 4-qismi («a» bandi) bilan javobgarlik belgilangan. «Maxsus» qismning bir qancha moddalarida jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblangan jinoyatning motivi va maqsadi zaruriy belgi sifatida jinoyat tarkibi doirasiga zaruriy belgi sifatida kiritilgan. Jumladan, 97-moddaning 2-qismi, «i» bandida g‘araz maqsadlarda odam o‘ldirish, 133-moddaning 2-qismi, «a» bandida o‘lgan odamning a’zolarini g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda ajratib olish uchun, 139-moddaning 3-qismi, «g» bandida tuhmat, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir qilganlik uchun javobgarlik belgilangan va hokazolar. Subyektning fakultativ belgilari sifatida shaxsning individual xususiyatlari hisobga olinishi mumkin. Masalan, subyektning tibbiyot xodimi, mansabdor shaxs ekanligi, xavfli yoki o‘ta xavfli retsidivist ekanligi va hokazolar. Yuridik adabiyotlarda jinoyat tarkibi fakultativ belgilar ahamiyatining uch jihatini ko‘rsatadi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling