O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
Birinchi shart. Oxirgi zarurat holatida shaxsning huquq va manfaatlari himoyalanishi kabi boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning ham manfaatlari mudofaalanadi.
Ikkinchi shart. Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lishi kerak. Oldi olingan zararga nisbatan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar teng yoki haddan ortiq bo‘lsa, shaxs oxirgi zarurat holati chegarasidan chetga chiqqan hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 38-moddasi, 2-qismida: «Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, qonuniy, deb topiladi», deb qayd etilgan. Uchinchi shart. Oxirgi zaruratning zaruriy mudofaa holatidan farqi birinchi holatda zararning uchinchi shaxs manfaatlariga yetkazilishi zaruriy shart hisoblanadi. Amaldagi jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksining 38-moddasi, 3-qismi) oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish tushunchasi berildi. Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa yoki yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish, deb topiladi. Shaxsning qilmishni oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmasdan sodir etishini oxirgi zaruratning huquqiyligi shartlaridan biri, deb hisoblash mumkin. Qilmishni oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish, deb topish borasida tergov va sud organlari oxirgi zarurat holatining mavjudligi, «majburiylik» va «muvofiqlik» belgilaridan tashqari yuqorida sanab o‘tilgan barcha huquqiy shartlar mavjudligiga e’tibor berishlari kerak. Bundan tashqari oxirgi zarurat doirasidan chetga chiqish, deb kvalifikatsiya qilish uchun shaxs qilmishining subyektiv tomonini ham inobatga olish zarur. Kuchli ruhiy hayajonlanishda shaxs o‘zining qilmishini har doim ham to‘g‘ri baholay olmasligi mumkin. Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda shaxs qilmishi subyektiv tomonining maqsadi ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lib, kamroq zarar yetkazish vositasida ko‘p miqdordagi zararni bartaraf etishni bildiradi. Oxirgi zaruratni amalga oshirish barcha shaxslarning subyektiv huquqidir. Bu borada qonunda hech qanday cheklov mavjud emas. Ayni vaqtda xavfni bartaraf etish ma’lum bir shaxslarning xizmat majburiyati hisoblanadi. Masalan, militsiya, MXX, davlat yong‘inni nazorat qilish organlari xodimlari va h.k. Bunday hollarda ushbu shaxslarning qilmishlari umumiy qoidalar bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim bo‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz bergan vaqtning yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsdagi mavjud imkoniyatlar, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi. Sud-tergov amaliyotida ruhiy yoki jismoniy zo‘rlik ta’siri ostida jinoyat sodir etish hollari ham uchrab turadi. Jinoyat qonunchiligi tarixida birinchi marta bunday holatlarning qonuniy yechimi Jinoyat kodeksining 38-moddasi, 5-qismida aks ettirildi, jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik natijasida huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilganlik uchun javobgarlik masalasi sud tomonidan oxirgi zarurat holatini hisobga olgan holda hal qilinadi. Majburlash deganda, shaxsning o‘z xohishiga qarshi biron-bir qilmishni sodir etishga majbur etish maqsadida amalga oshiriladigan barcha ruhiy yoki jismoniy ta’sir choralari tushunilishi lozim. Agar shaxs jismoniy yoki ruhiy majburlash ta’siri ostida jinoyat sodir etsa-yu, ammo oxirgi zaruratning barcha shartlariga amal qilsa, uning qilmishlari jinoyat, deb topilmaydi. Jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazuvchi majburlov ostidagi shaxsning erkin xulq-atvoriga turli xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, shaxsning o‘zi harakatlarini tanlash erkinligi butunlay cheklangan yoki bunday cheklanganlik nisbiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shaxs faoliyatining turli xususiyatdaligi ularni har xil huquqiy baholashga olib keladi. Xususan, agar shaxs o‘zining xatti-harakatini boshqara olmagan (masalan, to‘liq izolatsiya yoki giрnoz ostida bo‘lish) hollarda majburlanuvchi shaxs qo‘l ostidagi jinoyat quroli bo‘lib, u o‘z harakatlarini tanlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va shuning uchun ham u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Agar shaxs o‘zi xatti-harakatini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa (masalan, zarar yetkazish xavfi mavjud bo‘lganda), majburlangan shaxsning qilmishi oxirgi zarurat bo‘yicha baholanishi lozim. Agar shaxsning qilmishi oxirgi zaruratning huquqiy shartlariga mos kelmasa yoki uning chegarasidan chetga chiqqan bo‘lsa, majburlangan shaxsning xatti-harakati mustaqil tarkibli jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday vaziyatda shaxsning majburlov ostida sodir etgan qilmishi jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida ko‘rilishi kerak (Jinoyat kodeksining 55-moddasi, 5-qismi). Sud yoki tergov amaliyotida u yoki bu qilmishni o‘xshash institutlar hisoblangan oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa, deb kvalifikatsiya qilish masalasida ma’lum bir qiyinchiliklar mavjud. Bu borada qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish jinoyat qonunchiligi oldida turgan vazifalarni bajarish, zarar yetkazgan qilmish huquqiyligi chegarasini belgilash hamda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muhimdir. Oxirgi zarurat va zaruriy mudofaaning farqlari:
Yetkazilgan zarar (subyekti): zaruriy mudofaa zarar faqat tajovuz qiluvchi shaxsga yetkaziladi, oxirgi zaruratda esa, zarar uchinchi shaxsga yetkaziladi. Yetkaziladigan va bartaraf etiladigan zararning o‘zaro munosabatiga ko‘ra, ya’ni zaruriy mudofaada yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarar bilan teng yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin, oxirgi zaruratda esa, ko‘proq zararni bartaraf etish maqsadida kamroq zarar yetkazish hisoblanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling