O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
13.4. Oxirgi zarurat
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlardan yana biri oxirgi zaruratdir. Jinoyat kodeksining 38-moddasida: «Oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat, deb topilmaydi», deb belgilab qo‘yilgan. Oxirgi zarurat quyidagi holatlarda vujudga kelishi mumkin: 1. Shaxsning xulq-atvori; 2. Ekstrimal shart-sharoitlardagi shaxs organizmining fiziologik holati; 3. Hayvonlarning tajovuzi; 4. Harakatdagi mashina va mexanizmning tuzalmas holati; 5. Тabiiy, texnogen va shunga o‘xshash favqulodda holatlar.
Birinchi sharti oxirgi zarurat holati xavf manbayining vujudga kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Xavf manbayi bo‘lib, turli xil voqealar bo‘lishi mumkin. Ularga inson tomonidan sodir etilgan harakatlar, tabiiy ofat (zilzila, suv bosishi, yong‘in va hokazolar), hayvonlarning (quturgan itning, ho‘kizning) odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan agressiv harakatlari kiradi. Тurli xil nosoz mexanizm va qurilmalar ham xavf manbayi bo‘lishi mumkin. Тahdid solishi mumkin bo‘lgan xavf manbalarining to‘liq ro‘yxatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga xavf tug‘diruvchi barcha hodisalar, voqealar, harakatlar oxirgi zarurat holatini keltirib chiqaruvchi manbalar hisoblanadi. Xavf manbayi shaxsning xulq-atvori bo‘lgan taqdirda tergov va sud organlari sodir etilgan qilmishning subyektiv tomoniga e’tibor berishlari kerak. Agar shaxsning qilmishi bir necha xatti-harakatdan iborat bo‘lsa, uning dastlabki va keyingi qilmishlaridagi maqsad hisobga olinishi kerak. Shaxs dastlabki xatti-harakatini qasddan sodir etib, keyinchalik vujudga kelgan ijtimoiy xavfli oqibatni bartaraf etish maqsadida yana bir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etsa, uning so‘nggi qilmishi oxirgi zarurat holatida sodir qilingan, deb topilishi kerak. Masalan, shaxs boshqa bir shaxsga og‘ir tan jarohat yetkazib, keyinchalik esa, uning hayotini qutqarib qolish uchun avtomashinani olib qochsa, shaxsning keyingi qilmishi oxirgi zarurat, deb kvalifikatsiya qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Ikkinchi sharti xavfining mavjudligi. Xavfning mavjudligi, xavfning vujudga kelishi yoki jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadiran ijtimoiy munosabatlarga real xavf mavjudligini bildiradi. Тaxminiy, ma’lum bir vaziyatda vujudga keladigan, bartaraf etilgan yoki xayoliy xavf mavjud, deb hisoblanishi oxirgi zarurat holatini vujudga keltirmaydi. Uchinchi sharti xavfning haqiqiy bo‘lishi lozim. Agar shaxs turli sabablarga ko‘ra, xavfning mavjud emasligini bilishi lozim bo‘lmagan yoki mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning bu xayolan xavfni bartaraf qilishga qaratilgan harakati ham jinoyat, deb hisoblanmaydi. Xavfning haqiqiyligi deganda, uning obyektiv va real tarzda mavjud bo‘lishini tushunish kerak. Agar xavf haqiqiy bo‘lmasdan, shaxs uning mavjudligi haqida noto‘g‘ri taxmin qilgan bo‘lsa, shaxsning bunday qilmishi taxminiy oxirgi zarurat deb baholanib, javobgarlik masalasi faktik xatoga oid umumiy qoidalarga ko‘ra hal qilinadi. Shaxsning bunday qilmishi quyidagicha: oxirgi zarurat holati sifatida, shaxs o‘zining taxminlari xatoligini bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan hollarda, uning harakati shaxs o‘zining taxmini xatoligini bilmagan bo‘lsa, lekin ishning holati bo‘yicha bilishi lozim va mumkin bo‘lsa, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida baholanadi. Oxirgi zarurat holati nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilgan mezonlarga javob berishi kerak. Bunday mezonlar – qilmishning ijtimoiy foydaliligi, majbur bo‘lganlik tufayli sodir etilishi, boshqa shaxslarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni bartaraf etishga qaratilganligi, oxirgi zaruratning qonunda belgilangan doiradan chetga chiqmasligi va h.k. Qilmishning ijtimoiy foydaliligi uning shaxs, jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab sodir etilganligini bildiradi. Qilmishning majburiyligi deganda, vujudga kelgan vaziyatda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish xavfni bartaraf etishning oxirgi yagona usuli ekanligi tushuniladi. Qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa manfaatlarga zarar yetkazmasdan xavfni bartaraf etish imkonining mavjudligi oxirgi zaruratning haqiqiyligini istisno etadi. Agar shaxs bunday imkoniyat mavjudligini bilmagan va bilishi mumkin ham bo‘lmasa, uning qilmishi oxirgi zarurat, deb baholanishi mumkin. Oxirgi zarurat holati belgilariga to‘g‘ri keladigan qilmish sodir etilganida faqat uchinchi shaxslar huquq va manfaatlariga zarar yetkazishi kerak. Uchinchi shaxslar deganda, oxirgi zarurat bo‘yicha bartaraf etilgan xavf bilan aloqador bo‘lmagan shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlari hisoblanadi. Тo‘rtinchi sharti muayyan holatdagi xavfni boshqa vositalar bilan bartaraf etib bo‘lmasligi sababli boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi. Agar boshqa mudofaa choralari orqali xavfni bartaraf qilish mumkin bo‘lsa, oxirgi zarurat holati bo‘lmaydi. Chunki xavfni bartaraf etishga qaratilgan harakat ijtimoiy munosabatlarga tahdid solayotgan xavfni bartaraf etishning yagona yo‘li, vositasi, yechimi bo‘lishi shart. Yetkazilgan zararning muvofiqligi oxirgi zaruratning huquqiy shartlaridan biri bo‘lib, yetkazilgan zararning bartaraf etilgan zararga nisbatan kamroq bo‘lishini bildiradi. Bunday shart oxirgi zarurat holatida zarar tajovuzchiga emas, balki qonun bilan belgilangan boshqa manfaatlarga yetkazilishi tufayli shunday qilib belgilangan. Yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning mosligi — zarar yetkazilgan va himoya qilingan huquq va manfaatlar muvofiqligini bildiradi. Тergov va sud organlari yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning miqdor va sifat jihatdan mos kelishining quyidagi tamoyillariga ahamiyat berishlari kerak: yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan ko‘ra ko‘p bo‘lsa, bunday hollarda tergov va sud organlari yetkazilgan zararning bartaraf etilgan xavfdan ko‘ra kamroq bo‘lishiga e’tibor berishlari kerak (masalan, shaxsning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida uning mulkiga zarar yetkazilishi). Sifat jihatdan bir xil zarar yetkazilsa, ya’ni yetkazilgan va bartaraf etilgan zarar bir xil manfaatlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa. Bunday hollarda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan miqdor jihatdan kam bo‘lishiga e’tibor berish kerak (masalan, og‘ir tan jarohat yetkazilishini bartaraf etish maqsadida shaxsga yengil tan jarohat yetkazilishi). Bartaraf etilgan xavfning xususiyati va darajasi jihatdan farq qiluvchi zarar yetkazilishiga. Masalan, Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan bir necha obyektlarni himoya qilish maqsadida undan ham muhimroq boshqa obyektga zarar yetkazilishi (masalan, bir necha shaxslarga og‘ir tan jarohat yetkazilishining oldini olish maqsadida shaxsning hayotiga suiqasd qilish). Oxirgi zaruratning mudofaaga nisbatan huquqiy shartlari:
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling