O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jazodan ko‘zlangan maqsad


Download 1.35 Mb.
bet90/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

14.2. Jazodan ko‘zlangan maqsad
Jinoiy jazo davlat majburlovining alohida shakli sifatida yuridik adabiyotlarda huquqiy kategoriya sifatida baholanadi. Jinoiy jazo o‘z mazmuni, funksiyasi, xususiyati va ta’sir qiluvchi obyektiga ko‘ra, jazo tayinlash, jazoni ijro etish va jazodan ozod qilish jarayo­nida vujudga keluvchi ijtiomiy munosabatlarga nisbatan kengroq hisoblanadi. Jinoiy jazo jinoyatchi shaxsi, jamiyatning boshqa a’zolari va jamiyatning o‘ziga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan majburlov choralarining jamidir. Bu davlatning jinoyat­chilikka qarshi siyosatini rejalashtirish va amalga oshirish, jinoyat va jinoyat-ijroiya qonuni talablarini bajarish imkonini beradi. Jinoiy jazoni ijtimoiy kategoriya sifatida o‘rganishning muhim muammosi, uniing ijtimoiy funksiyasi hisoblanadi. Jazoning muhim funksiya­laridan biri – jinoyat sodir etgan shaxsni unga nisbatan jazoni qo‘llash orqali uni ogohlantirishdir.

Jinoiy jazo umumiy va maxsus ijtimoiy nazorat funksiyasini amalga oshiradi. Ijtimoiy nazoratning samaradorligi jazoni jinoyatchilkka qarshi kurash vositasi sifatida qo‘llanishiga, ko‘pincha ijtimoiy o‘zgarishlarning qonunchilikda aks ettirilishiga va ijro etilishiga bog‘liqdir.



Jazoning maqsadini belgilash – jinoyat huquqining muhim masalalaridan biri. Uning hal qilinishiga, nafaqat, shu huquq sohasining institutlari, balki jinoyat qonuni normalarining qanday maqsadlarda qo‘llanishiga ham bog‘liqdir.

M. Usmonaliyevning fikriga ko‘ra, «Jinoiy jazo shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsitish, unga jismoniy azob berishni maqsad qilmasa-da, ammo jinoiy jazoga hukm qilingan shaxsning huquqini cheklash orqali ma’lum ma’noda jafo keltiriladi. Jafo keltirmaydigan jazoning o‘zi bo‘lmaydi. Aynan shu jafo keltirish bilan qo‘rqitib, fuqarolar tomonidan jinoyat sodir etilishining oldi olinadi»1, deb yozadi.

Jazoning maqsadidan ushbu maqsadga erishish yo‘lida muayyan masalalarni hal qiluvchi, oraliq natijalarga erishuvchi jazoning funksiyasini farqlash lozim. Jazoning maqsadi va tushunchalari funksiyalarini farqlamaslik holatlari yuridik ada­biyotlarda uchrab turadi. Bu, nafaqat, u yoki bu, balki jazoni ij­ti­moiy jihatdan tayinlash, jinoiy jazo siyosatini belgilab olish uchun xalaqit beradi. Masalan, jazoning maqsadi sifatida jazolash­ning o‘zini belgilash.

Jinoyat kodeksining 42-moddasida jazoning:


1) mahkumni axloqan tuzatish;

2) shaxsning jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish;

3) boshqa shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish kabi maqsadlari belgilab qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksining 42-moddasi, 2-qismida jazoning maqsadi belgilangan bo‘lib unga ko‘ra: «Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishga to‘sqinlik qilish hamda shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi».

Qonunda belgilangan jazoning maqsadi – ijtimoiy adolatni tiklash. Bu:


birinchidan, jazo sodir etilgan jinoyat va aybdorning shaxsiga muvofiq bo‘lishi, jabrlanuvchi va uning yaqinlari oldida, davlat va boshqa organlar hamda jamiyat oldida adolatni tiklashi, jinoyatning og‘irliligiga muvofiq kelishini anglatadi;

ikkinchidan, jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalashga qaratilgandir.


Ba’zi mualliflar jinoyat huquqiy jazo chorasini qayta tarbiyalash jarayoni bilan bog‘lamaslik lozim, deb hisoblaydilar. Ammo qonun chiqaruvchi jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalash, deb belgilaydi.

Jinoyatning maxsus oldini olish – jazo chorasini qo‘llash orqali mahkumning ruhiy holati va xulqini o‘zgartirish, uning ongidagi jinoyat sodir qilishga ta’sir etgan salbiy xislatlarni tugatish hamda shaxslarni qonunlar va axloq normalarini hurmat qilish, halol turmush kechirish va mehnat qilish ruhida tarbiyalashdir1.

Sud jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash maqsadlarini ko‘zda tutib, jazo belgilaganda, har bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, maqsadga muvofiq jazo chorasini tanlashi zarur. Ba’zan aybdorga jarima jazosini tayinlash, axloq tuzatish ishiga jalb qilish orqali jinoiy jazoning maqsadiga erishish ham mumkin. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi esa, ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qonunda takroran jinoyat sodir etganlik uchun og‘irroq jazo belgilanishi ham jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan muhim choralardan biridir.

Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash ozodlikdan mahrum qilingan yoki boshqa jazo chorasi qo‘llanilgan mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Bu tarbiyaviy choralardan muhimi – mahkumlarni mehnatga jalb qilish, ular bilan siyosiy tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning umumiy madaniy saviyalarini oshirish va boshqa tadbirlardan iborat.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash muassasalaridagi maxsus tartib ham bunda katta ahamiyatga ega. Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalashda davlat organlari bilan birga jamoyat tashkilotlari va mehnat jamoasining o‘rni ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Yangi jinoyat qonuni modelini yaratishda jinoiy jazoning maqsadlaridan biri, jinoyatning umumiy va maxsus oldini olish qilib belgilandi. Jinoyatni umumiy oldini olishda – sudlangan shaxs orqali boshqa shaxslarni ogohlantiriladi. Maxsus oldini olish esa, shaxsni qayta tarbiyalashga qaratilgandir.

Jazoning maqsadiga erishish mexanizmi uning jazolash xususiyati va mahkum tomonidan uni o‘talishida ifodalanadi. Agar jazoni qo‘llash natijasida mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldi olinishi, bunda individual oldini olish, deyiladi. Bu o‘rinda shaxsning o‘z aybini tan olganligi, jazoni o‘taganligi, azob chekkanligi, sharoitning o‘zgarganligi yoki shaxsning tuzal­gan­ligi katta ahamiyatga egadir.

Individual oldini olishning samaradorligi shundaki, u mah­kumning jazoni o‘tashi natijasida ichki ruhiyatida vujudga kelgan o‘zgarishni ifodalaydi. Bu maqsadga turli darajada erishtiruvchi jazolar bor. Masalan, o‘lim jazosini qo‘llash orqali bu maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning individual oldini olishda katta samara berib, bu holat jazoni o‘tash jarayonida ro‘y beradi. Ozodilikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo, ya’ni ijtimoiy nazoratni kuchaytirgan holda qo‘llanuvchi shartli hukm qilish ham individual oldini olish maqsadiga erishishga xizmat qiladi.

Jinoyatchilikning umumiy oldini olish tushunchasi haqida turli fikrlar bildirilgan. Ba’zi hollarda bu tushunchaga keng ma’noda qaralib, bu nuqtayi nazar umumiy ogohlantirish barcha fuqaro­larga, jamiyatning barcha a’zolariga qaratilgan, degan talqinga asoslanadi.

Jazoning jinoyat sodir etgan aniq bir shaxsga nisbatan qo‘llanishi, jinoyat huquqiy taqiqning buzilishi qanday oqibatga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida umumiy oldini olish jinoyat qonunchiligini buzish mumkin emasligi va jinoiy javobgarlikning muqarrarligiga ishontirish, aybdorning jazolanishi jamiyat a’zolariga tushuntirish orqali tarbiyaviy funk­siyani ham bajaradi.

Uncha xavfli bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan, ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lmagan shaxslarga qisqa muddatli ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari kabi jazolarni qo‘llash orqali ham maqsadga erishish mumkin.

Jinoyat qonuni muammolarini yechishda, jazoning maqsadi haqidagi jamoatchilikning fikri katta ahamiyatga ega. Тadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jamoatchilik fikri jinoiy javobgarlikni va qonundagi sanksiyalarni qat’iylashtirish zarurligini ko‘rsatib, bir vaqtning o‘zida ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish darajasi yuqori emas va jazoni ozodlikdan mahrum qilish joylarida o‘tagan shaxsni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va qayta tarbiyalash qiyin, fikri bildirilgan.

Jazoning maqsadlaridan yana biri mahkumning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilishdan iborat. Shaxsga jinoyat sodir qilganlik uchun u yoki bu turdagi jazo qo‘llanilganda, uning huquqi cheklanadi va xulqi nazorat ostiga olinadi. Ayniqsa, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkum qattiq nazorat ostiga olinadi va o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Davlat jinoiy jazoni qo‘llash bilan jinoyatchini o‘z fuqarolaridan izolatsiya qilgan holda undan himoya qiladi, boz ustiga jinoyat sodir etish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ma’lum darajada, bu, maxsus ogohlantirish choralari doirasiga kiradi. Ushbu maqsadning qonunda mustaqil ajratib ko‘rsatilganligi to‘g‘ri bo‘lgan.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling