Ishlash tartibi. Yopishqoqligi aniqlanmoqchi bo’lgan tuproq N. A.
Kachinskiy tarozisining chap tomonidagi yassi metall pallaning tagiga
qo’yiladi va ustiga (tuproq qarshilik
ko’rsatguncha) tosh qo’yiladi, bir
minutdan so’ng toshlar olinadi. Tarozining o’ng pallasiga qum tashlab
turiladi, bu esa yassi pallaning tuproqdan ajralish paytigacha davom
ettiriladi, so’ng qumning og’irligi (g hisobida) aniqlanib, tuproqning
yopishqoqlik darajasi topiladi.
Kerakli asboblar: N. A. Kachinskiy tarozisi (toshlari bilan), qum,
tuproq.
Do'stlaringiz bilan baham: |