Tayyorlangan bo’lakchalar 105°C issiqda termostatda o’zgarmas og’irlikka
kelgunga qadar quritiladi. So’ngra termostatdan olib, Atterberg asbobidagi
disk toshga qo’yiladi; disk ustiga sekin-asta tarozi toshi qo’yila beradi
Tuproqning toshni ko’tarishi uning ilashimlik darajasini ko’rsatadi.
E s l a t m a. Mexanikaviy tarkibiga qarab tuproqning ilashimlik
xossasi soz tuproqlarda taxminan 31—60 kg, og’ir qumoqli tuproqlarda
16—30 kg, yengil qumloq tuproqlarda 8—15 kg, qumli tuproqlarda esa 0,5
kg bo’ladi.
K e r a k l i a s b o b l a r: elakcha, termostat, Atterberg asbobi,
pichoq, tarozi va toshlari.
Do'stlaringiz bilan baham: