Tuproqning ko’pchishini aniqlash. Tuproqning ko’pchishi deb,
uning suv ta’sirida o’z hajmini oshirish xossasiga aytiladi. Tuproqning bu
xossasi ilashimlik va plastiklik xususiyatiga ega bo’lgan mayda zarrali soz
va qumoq tuproqlardagina bo’ladi. Ko’pchiydigan tuproq tezda quriy
boshlaydi va uning yuzi yoriladi. Natijada tuproqdagi namlik tezda
bug’lanib ketib, o’simliklar uchun nam yetishmay qoladi. Shuning uchun
tuproqning ilashimlik, plastiklik, yopishqoqlik va ko’pchish xossalari
o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga yomon ta’sir etmasligi maqsadida
ekin ekiladigan yerlarning tuprog’i doimo donador strukturali bo’lishi
choralarini ko’rish kerak.
Tuproqning ko’pchishini aniqlash tartibi turlicha. Biz quyida ana
shulardan eng oson va qulay usuli bilan tanishib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |