I sh l a sh t a r t i b i. Namligi aniqlanmoqchi bo’lgan tuproqdan
10—20 g olib oldindan tayyorlab qo’yilgan, og’irligi ma’lum bo’lgan aluminiy
stakanga (
qopqog’i yaxshi yopiladigan) solinadi.
So’ngra stakanning tuproq bilan birgalikdagi og’irligi aniqlanadi.
Shundan keyin tuproq termostatda 100 — 105°C issiqda 3 — 4 soat
quritiladi (stakanning qopqog’i
ochib qo’yiladi). Tuproq qurigach (stakan
qopqog’ini
yopib) eksikatorda 30 — 40 minut sovitiladi. So’ngra tuproqning
og’irligi aniqlanadi. Tuproq namligi tubandagi formula bilan hisoblanib,
uning natijalari jadvalga (9-jadval) yoziladi.
H
b
a
X
100
X — tuproq namligining foiz miqdori;
a — aluminiy stakanning quritilmagan quruq tuproq bilan birga
og’irligi, g hisobida;
b — aluminiy stakanning quritilgan tuproq bilan birga og’irligi, g
hisobida;
H — tuproqning og’irligi, g hisobida.
Masalan, a— 42,36 g, b — 38,14 g, H- 19, 56 g bo’lsa, tuproq
namligi 21,57% ga teng.
X = (42,36 – 38,14) * 100 = 21,57%
19,56
Do'stlaringiz bilan baham: |