Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Talabning holati va rivojlanishiga koʻra marketingning turlari


Download 2.86 Mb.
bet16/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Talabning holati va rivojlanishiga koʻra marketingning turlari


Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat boʻlibgina qolmay, balki talabga ta'sir ham qilishdir. Xoʻsh, bu ta'sir qanday boʻlishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga oʻtish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud boʻlgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning oʻz iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga


kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha strategiyasini alohida ajratib koʻrsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos keluvchi marketing strategiyasini koʻrib chiqamiz.

      1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning koʻpchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida boʻladi. Marketing xizmatlarining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali tovarga boʻlgan qarashlarni oʻzgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qoʻllab-quvvatlashdir.

      2. Mavjud boʻlmagan talab. Iste'molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e'tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qiziqish uygʻotishdir.

      3. Yashirin talab. Koʻpgina iste'molchilar bozorda mavjud boʻlgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin boʻlmagan talabga ega boʻladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir boʻlgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.

      4. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga boʻlgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda kon'yunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar topish yoʻli bilan, tovar xususiyatlarini oʻzgartirish yoki yanada samarali aloqalar (kommunikasiya) oʻrnatish bilan tovar etkazib berishni ragʻbatlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu erda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.

      5. Doimiy boʻlgan talab. Koʻpchilik korxonalarda tovar etkazib berish mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini kam yoki koʻp yuklash muammosini tugʻdiradi. Masalan, jamoa transportining asosiy qismida «tigʻiz vaqtda» yoʻlovchilar haddan ziyod koʻp boʻladi. Bu vaziyatda marketingning vazifasi - oʻzgaruvchan (egiluvchan) narxlar yordamida, ragʻbatlantirish va boshqa ta'sir qilish usullari orqali talabning vaqt boʻyicha tebranishini tekislash yoʻllarini izlashi lozim.

      6. Toʻlaqonli talab. Bu talab toʻgʻrisida tadbirkorlar oʻz savdo tushumlaridan, foydalaridan toʻliq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketing vazifasi iste'molchilarning tovarni ustun koʻrishi va raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitida tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, tovarning iste'molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi oʻringa chiqadi.

      7. Haddan tashqari yuqori boʻlgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin boʻlgan darajadan talab darajasi yuqori boʻladi. Bu holda marketingning vazifasi - talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda

pasaytirish yoʻlini izlab topishdir. Bu vaziyatda narxlarni koʻtarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan ragʻbatlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari yuqori boʻlgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning maqsadi - talabni butunlay yoʻq qilish emas, balki faqatgina uning darajasini pasaytirishdan iborat.

      1. Norasional talab. Tovarga boʻlgan talabga qarshi harakat qilish, sogʻliqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar oʻtkaziladi. Marketingni vazifasi mahsulot zarari toʻgʻrisida ma'lumotlar tarqatish, narxlarni koʻtarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste'molchilarni oʻz odatlaridan voz kechishga ishontirish.

Shunday qilib, talabning 8 holatiga toʻxtalib oʻtdik. Mana shu holatlarning har biriga toʻgʻri keladigan marketing turlari quyidagi 2.2-rasmda keltirilmoqda. Konversion marketing - salbiy talabni bosib oʻtishga yordam beradi, ya'ni yoʻq joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar toʻgʻrisidagi yolgʻon ma'lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo boʻldi. Xaridorlar buni tezda qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab
vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling