Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketing turlari Tojimatova Gulbahor Talab har xil holatlarda qoʻllaniladigan marketing turlari: - Konversion marketing
- Ragʻbatlantiruvchi marketing
- Rivojlanuvchi marketing
- Remarketing
- Sinxromarketing
- Qoʻllab-quvvatlovchi
- Demarketing
- Qarama qarshi harakatlanuvchi marketing
Konversion marketing - Konversion marketing - salbiy talabni bosib oʻtishga yordam beradi, ya'ni yoʻq joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar toʻgʻrisidagi yolgʻon ma'lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo boʻldi. Xaridorlar buni tezda qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.
Ragʻbatlantiruvchi marketing - Ragʻbatlantiruvchi marketing - talabni uygʻotadi, tovarlar xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda oʻz qiymatini yoʻqotgan boʻlsa, tovarlar notoʻgʻri joylashtirilgan boʻlsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud boʻlmasligi mumkin. Bunday sharoitda ragʻbatlantiruvchi marketingning maqsadi iste'molchi bilan tovar oʻrtasida foydali oʻzaro aloqa oʻrnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va talabni yaratishdan iboratdir.
Rivojlanuvchi marketing - Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya'ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
Remarketing - Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya'ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
Sinxromarketing - Talab oʻzgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me'yorini tekislashdan iborat.
Qoʻllab-quvvatlovchi - Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda boʻlishiga erishish kerak. Bu sharoitda qoʻllab-quvvatlovchi marketing turidan foydalaniladi. Qoʻllab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini toʻldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud boʻlgan talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi.
Demarketing - Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingning maqsadi narxni koʻtarish, servisni qisqartirish yoʻli bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat.
- Nosogʻlom talab sogʻliq uchun zararli boʻlgan tovarlarga nisbatan paydo boʻladi. Bunda qarama qarshi harakatlanuvchi marketing norasional ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga boʻlgan talabni kamaytirish yoki butunlay yoʻq qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |