Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telemarketing
- Tovar variasiyasi
Strategik rejalashtirish - firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi potensial imkoniyatlari oʻrtasidagi strategik muvozanatni yaratish va qoʻllab-quvvatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning aniq shakllantirilgan dasturi, qoʻshimcha vazifa va maqsadlarni ifodalash, sogʻlom xoʻjalik portfeli va oʻsish strategiyasiga asoslanadi.
Talab - tovar xoʻjaligiga xos boʻlgan va savdo, ayirboshlash sohasida koʻzga tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks ettirilgan, iste'molchilarning bir-biridan farq qiluvchi koʻp sonli ehtiyojlaridan tarkib topuvchi, doimiy ravishda oʻzgarib turuvchi jamoatchilik ehtiyojlari majmuasini aks ettiradi. Telemarketing - marketing turi boʻlib, uni amalga oshirish potensial iste'molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish imkonini beruvchi telekommunikasiya vositalari va Internet tarmogʻidan foydalaniladi. Tijoratlashtirish - yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichi; bozorga kirib borish vaqtini toʻgʻri tanlash, turli bozorlarda faoliyat koʻrsatish hajmi va ketma-ketligi, mahsulotni operativ harakatlantirish va taqsimlash boʻyicha samarali usullar, shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni. Tovar - 1) eng umumiy koʻrinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida ifodalanishi mumkin boʻlgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob'ekti; 2) mahsulotning ma'lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste'molchilik tavsifnomalari majmui; 3) iste'molchiga koʻrsatiladigan, mahsulotni toʻldiruvchi va uni sotishni engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit» (mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi). Tovar variasiyasi - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud boʻlgan tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki koʻrsatkichlarini oʻzgartirish yoʻli bilan modifikasiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi, shakli), simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xususiyatlari oʻzgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar modifikasiyasining muhim strategiyasi boʻlishi mumkin. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling