Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet110/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Tovar innovasiyasi - 1) mahsulotni takomillashtirishning original, sifati yaxshilangan va modifikasiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va korxonaning rentabelligini ta'minlovchi choora-tadbirlar ichida alohida oʻringa ega. Oʻz ichiga mahsulotni differensiyalash va diversifikasiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish. Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga yoʻnaltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovasiya), bozorda mavjud boʻlgan tovarlarni zamonaviylashtirish (variasiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan tovar ishlab chiqarishni chiqarib tashlash (eliminasiya), shuningdek,
assortiment siyosatidan iborat.
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror boʻlishini ta'minlashi mumkin boʻlgan asosiy prinsipial yoʻnalishlari. Tovar strategiyasining asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovasiyasi, variasiyasi, eliminasiyasi; 2) tovar nomenklaturasini optimallashtirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning samarali faoliyat koʻrsatishi va raqobatbardoshligini ta'minlash uchun sharoitlar yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.
Tovarni bozorda joylashtirish - tovarlarning bozordagi raqobatbardoshligini ta'minlash va mos keluvchi marketing majmuasini ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar.
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to bozorga olib kirishgacha boʻlgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma'lum bir vaqt davri; sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bogʻliq boʻladi. Tovarni sotish va foyda olish jarayonida
besh bosqich ajratib koʻrsatiladi: tovarni ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, tovarni sotish hajmining oʻsish bosqichi, etuklik (toʻyinganlik) bosqichi, tovarning susayish bosqichi yoki tovar eliminasiyasi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling