Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Zaharlanganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish
Download 2.02 Mb.
|
HFX LABORATORIYA Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Singanda, boʻgʻimlar chiqqanda, paylar choʻzilganda birinchi yordam koʻrsatish
Zaharlanganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatishZaharli kimyoviy moddalar kishi organizmiga nafas olish yoʻllari, teri va ogʻiz orqali ta’sir etishi mumkin. Zaharlanishning tashqi belgilari kimyoviy moddalarning zaharlilik xususiyatiga bogʻliq. Koʻpincha zaharlanishda oshqozon ogʻrishi, qayd qilish, muskullarni ixtiyorsiz qisqarishi, bosh ogʻrigʻi, umumiy kamdarmonlik, hushdan ketish kabi holatlar kuzatiladi. Zaharlanganda birinchi navbatda zaharli moddalar ta’sirini bartaraf etish, jarohatlangan shaxsni siqib turgan kiyimlarini yechish, toza havoga olib chiqish va vrachga xabar berish lozim. Agar zaharli modda ogʻiz orqali oshqozonga tushgan boʻlsa kaliy permanganat (―margansovka‖) ning iliq suvdagi kuchsiz eritmasidan bir necha stakan ichirish va qayd qildirish (2-3 marta) kerak. Yoki 1-2 osh qoshiq suyuq magneziyani bir stakan suvga solib ichirish kerak. Qorinda qattiq ogʻriq boʻlsa isitkich (―grelka‖) qoʻyish kerak. Agar zaxarli modda teriga tushsa, uni yumshoq material bilan artib tozalab, suv bilan yuvib, ichimlik sodasining 2% li eritmasi yordamida ishlov berish kerak. Zaharli gazlar masalan uglerod oksidi, atsetelin, benzin bugʻi va boshqalar kishi organizmiga nafas olish yoʻllari orqali ta’sir etsa bosh ogʻrigʻi, quloqda shovqin, bosh aylanishi, qayd qilish, koʻngil aynishi, nafas olish ogʻirlashishi, koʻz qorachigʻi kengayishi, hushdan ketish hollari yuz berishi mumkin. Bunday vaqtlarda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, kislorodli yostiqdan kislorod berish kerak. Nafas olishi sezilmaganda esa Sun’iy nafas berish zarur. Zaharlangan shaxsda kuchli yoʻtal kuzatilsa novshadil spirt hidlatish, ichimlik sodasi qoʻshilgan sut, achchiq shirin choy yoki nafas berish, agar iloji boʻlsa koʻkrakga ―gorchichnik‖ qoʻyish kerak. Agar zaharli modda koʻzga tushsa bir stakan suvga bir choy qoshiq soda solib koʻzni yuvish lozim. Singanda, boʻgʻimlar chiqqanda, paylar choʻzilganda birinchi yordam koʻrsatishSinish, chiqish yoki pay choʻzilishi singan joyning notabiiy holda egilishi, boʻgʻimning shishishi va ogʻriq paydo boʻlishi orqali bilinadi. Bunday hollarda birinchi navbatda shikastlangan kishiga tinchlik berish va shikastlangan joyga sovuq bosish kerak. Qovurgʻa suyagi singanda yoʻtalganda, nafas olganda va harakatlanganda ogʻriq paydo boʻladi. Bunday vaqtda koʻkrak nafas chiqarish vaqtida bint bilan qattiq qilib bogʻlab qoʻyiladi. Lat yegan joyga sovuqlik qoʻyib keyin artish, yod surtish yoki issiq kompress qoʻyish taqiqlanadi. Chunki bular ogʻriqni kuchaytiradi. Pay choʻzilganda ham lat yeyishidagidek yordamlar koʻrsatiladi. Boshning lat yeyishi natijasida miya chayqalishi, bosh suyagining sinishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Miya chayqalgan hollarda koʻpincha bosh ogʻrigʻi, nafas siqilishi va koʻngil aynish holatlari ham uchraydi. Bosh suyakning singanini quloqlar va ogʻizdan qon ketishi orqali bilish mumkin. Bu holatlarda jabrlanuvchi hushsiz holatda boʻladi. Vrach kelishiga qadar lat yegan joyga sovuq, ya’ni muz qoʻyib sovuq holatda ushlash kerak. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling