Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
- rasm. Suyak sinishi turlari va immobilizatsiyani ta’minlash vositalari
Download 2.02 Mb.
|
HFX LABORATORIYA Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuyganda birinchi yordam koʻrsatish
9.1 - rasm. Suyak sinishi turlari va immobilizatsiyani ta’minlash vositalariYuqoridagi holatlar kuzatilganda quyidagi tartibda harakat qilish lozim: Jabrlanuvchi chalqanchasiga qattiq yuzaga yotqiziladi. Biror kiyimi dumaloqlanib boʻyni tagiga qoʻyiladi. Boshini orqaga egib, ogʻzi yopiladi. ―Ogʻizdan-ogʻizga‖ yoki ―ogʻizdan-burunga‖ usulida Sun’iy nafas beriladi. Yurak bilvosita massaj qilinadi. Agar jarohatlangan shaxsning koʻz qorachigʻi kengaygan va puls urishi sezilmasa, qon aylanishini tiklash maqsadida Sun’iy nafas berish bilan bir vaqtda yurak uqalanishi qilish lozim. Uqalashda oʻng qoʻlning kafti jarohatlangan shaxsning koʻkragiga qoʻyiladi va tez-tez (minutiga 60 marta) bosiladi. Tananing pastki qismlari joylashgan vena qon tomirlaridagi qonni yurakka kelishini tezlatish maqsadida oyoqni 0,5 m gacha yuqoriga koʻtarib qoʻyish mumkin. Agar bu yordamlarni bir kishi bajarayotgan boʻlsa, 2-3 marta sun’iy nafas bergach, 10-12 marta yurakni tashqi uqalash tavsiya etiladi. Jarohatlangan shaxsning oʻziga kelganini nafas olishini tiklanishi, rangini qizarishi, koʻz qorachigʻini qisqarishi kabi belgilardan bilib olish mumkin. Buni tekshirish uchun massajni 2-3 sek toʻxtatib turish mumkin. Agar jarohatlangan shaxsda oʻziga kelish holatlari kuzatilmasa, Sun’iy nafas berish va yurakni uqalashni vrach kelgunga qadar davom ettirish kerak. Kuyganda birinchi yordam koʻrsatishKuyish termik, kimyoviy va elektrik boʻlishi mumkin. Ular ogʻirlik darajasiga koʻra 4 darajaga boʻlinadi: 1-darajali kuyishda teri qizarib, shishadi; 2-darajali kuyishda suv pufaklari hosil boʻladi; 3-darajali kuyishda teri jonsiz, ya’ni sezish qobiliyatini yoʻqotgan holda boʻladi; 4- darajali kuyishda – teri qorayadi, muskullar va suyak shikastlanadi, qurib qoladi. Termik va elektrik kuyishda kuygan joyga qoʻl tegizish, maz, yogʻ, ichimlik sodasi surtish, yopishib qolgan kiyim parchasini yoʻlib olish, hosil boʻlgan pufaklarni yorish mumkin emas. Birinchi darajali kuyishda kuygan joyni sterillangan bogʻich bilan bogʻlash kerak. Tana ogʻir kuyganda kuygan kishini toza choyshab bilan oʻrash, choy ichirish va vrach kelguncha tinchlik berish kerak. Agar kuygan kishining puls urishi sekinlashsa 15-20 tomchi valerʻyanka ichirish kerak. Kuygan yuzni sterillangan marli bilan yopib qoʻyish kerak. Koʻz kuyganda 1 stakan suvga 1 choy qoshiq bor kislotasi solib, sovuq holda koʻzga bosish kerak. Kimyoviy kuyish oqibati koʻpincha kuydiruvchi kimyoviy moddani ta’sir etish vaqtiga bogʻliq boʻladi. Shu sababli bunday kuyganga birinchi yordam koʻrsatishda dastlab ushbu modda konsentratsiyasini va ta’sirini susaytirish lozim. Buning uchun kislota yoki ishqor ta’sir etgan joy 15-20 minut toza suvda yuvilishi kerak. Agar kuyish kislota ta’sirida boʻlsa bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi, ishqor ta’sirida boʻlsa bir stakan suvga bir choy qoshiq bor kislotasi solingan eritma bilan bogʻich namlanib bogʻlanishi kerak. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling