О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta
Download 6.27 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Qushlar sinfi vakillariga tavsifnoma .
Ishning ahamiyati. Bu turkum vakillari yer yuzida keng tarqalgan o’rtacha kattalikdagi qushlar bulib, o’simlik ozuqasi bilan oziqlanadi. Ularning gavdasi pishiq oyoqlari va tirnoqlarining kuchli rivojganligi bilan ajralib yerni kovlashga moslashganligi hamda qanoti kalta va serbar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Tumshugi baquvvat qanotlari kalta va keng, jig’ildoni va muskulli oshqozoni yaxshi rivojlangan. Ularning to’rtta barmog’I bo’lib, 3tasi oldinga va 1tasi orqaga qaragan. Barmoqlari orasida suzgich pardalari yo’q, asosan o’troq xolda yashaydi va yer yuzida keng tarqalgan. 280 dan ortiq turlari bor.
MDH da 20 ta turi, shu jumladan O’zbekistonda 8 ta turi uchraydi. Ular asosan o’simliklarning vegetative qismi, mevasi, urug’I va har xil umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Har bir hayvonni yoki qush turlarini foydali yoki zararli ekanligini aniqlash uchun uning hayot faoliyatini o’rganish muhimdir. Aslida esa xo’jalik uchun u zararidan ko’ra ko’proq foyda keltiradi. Ishning hajmi va tarkibi. Malakaviy ishim 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Chо‘lda yashaydigan ba’zi qushlar, tuvaloqda bu bez bо‘lmaydi. qushlarning jag‘ suyaklari tishsiz bо‘ladi. Tumshug‘ni hosil qiladigan shoxsimon g‘ilofga о‘ralgan bо‘ladi. Bu g‘ilofning yuqori tumshuq usti pastki qismi tumshuq osti deb ataladi. Tabiatda uchraydigan qushlarning dunyo bо‘yicha 8600 yuzdan ortiq turi bо‘lib, ular tabiatning deyarli hamma joylarida tarqalgan. Tabiat uchun, inson uchun ularni ahamiyati benihoyatda kattadir. Ayrimlari о‘simliklar urug‘larini kо‘payishida muhim ahamiyat kasb etadi. Azaldan insonlar qushlarning patlaridan, parlaridan foydalanib kelishgan. Hozirgi kunda insonning gо‘shtga, tuxumga bо‘lgan talabini qondirishga, manzara beradigan inson zavq oladigan qushlar turlarini kо‘paytirish maqsadga muvofiqdir. I. Qushlar sinfi vakillariga tavsifnoma . Qushlar (Aves) gomoyterm (issiq qonli), ya'ni tana temperaturasini doimo bir xilda saqlab turadigan hayvonlar jumlasiga kiradi. Qushlar tanasining temperaturasi o’rtacha 430 atrofida. Bu hol moddalar almashinuvining yuksak darajada bo’lib turishiga bog’liq. Mana shunday xususiyat uchish vaqtida energiya sarfi ko’p bo’lishidan kelib chiqadi. Qushlar soatiga 100 km.gacha tezlikda uchishi mumkin. (lochinlar). Evolyutsiya prosessida qushlar yerni o’rab turadigan atmosferada aktiv harakatlanishga yaxshi moslashib olgan. Qushlar bosh skeletining oldingi qismi cho’zilib, uchish vaqtida havoni kesib boradigan tumshuqqa aylangan. Tishlari yo’q, bu narsa boshining og’irligini kamaytiradi. Gavdasining ko’pgina suyaklari yengil, ularda hatto o’pka bilan tutashib turadigan havoli bo’shliqlar bo’ladi. Havo xaltachalari (o’pka pardalarining o’simtalari) ham uchishga qulaylik tuldiruvchi moslamadir. Qush nechog’li tez qanot qoqadigan bo’lsa, o’pkasi orqali havo shuncha jadallik bilan aylanadi. Qushlarning oldingi oyoqlari uchish organlariga – qanotlariga aylangan. Uchish paytida rul vazifasini bajaruvchi dumi kalta tortgan. Tanasi par va pat bilan qoplangan. Par va patlari issiqlikni kam o’tkazadi, issiqni yaxshi saqlab qoladi va sovuqdan asraydi. Patlar repteliya ajdodlari tangachalaridan saqlanib qolgan. Qushlarda ter bezlari deyarli bo’lmaydi. Ba'zi qushlarda faqat patlar uchun moy ishlab chiqaradigan dumg’aza bezi bor, xolos. Mana shu bezdan ishlanib chiqadigan moy tufayli patlar suv bilan ho’llanmaydi; bu narsa suv parrandalari uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Suv parrandalarida xususan ko’p moy chiqib turadi. Qushlar yog’ sekretini tumshug’i bilan ezib chiqaradi va uni o’zining hamma patlariga surtadi. To’rt kamerali yuragi borligi qushlar sinfining progressiv xususiyatlari jumlasiga kiradi, yuragining o’ng yarmi bilan chap yarmi o’rtasida to’sig’i bor. Qushlarning nerv sistemasi bilan sezgi organlari yuksak darajada rivojlangan. Muvozanatni boshqarib boradigan miya bo’limi-miyacha juda katta bo’lib ketgan. Ko’ruv organi ayniqsa yaxshi rivojlangan: ko’pchilik qushlar juda uzoqdan ko’radi, ularning ko’rgan narsalarini xotirada olib qolish layoqati va fazoda mo’ljal olish xususiyati zo’r. Qushlarning katta-kichikligi juda har xil. Eng mayda qushlar kolibrilardir. Ularning ba'zilari 2 g keladi, ya'ni tukli aridan sal kattaroq bo’ladi; uyasi yarimta yong’oq kattaligicha keladi: ular har biri 0,2 g (ko’pi bilan no’xatdek) 1-2 ta tuxum qo’yadi. Eng yirik qushlar Afrika tuyaqushlaridir: ularning bo’yi 2 m atrofida, massasi 90 kg.gacha. Qushlar sinfi tarkibiga 8600 ga yaqin zamonaviy qushlar turini birlashtiruvchi 38 ta turkum kiradi. Qushlarning juda ko’pchiligi foydali. Ularning aksariyati uy parrandalari va ovlanadigan qushlar bo’lib hisoblanadi. Mazali, to’yimli go’sht va tuxum, shuningdek, par va pat beradi. Yovvoyi qushlar bog’lar, ekinzorlar, dalalar va o’rmonlardagi zararkunandalarni – hasharotlar bilan kemiruvchilar qiradi. Nisbatan ozchilikni tashkil qiladigan donxo’r qushlar qishloq xo’jaligi zararkunandalaridir, lekin bular ham nuqul zarar beravermaydi. Chunonchi, chumchuqlar don eydi, lekin jish bolalarini mayda hasharotlar bilan boqadi. . Qushlarning ko’pgina turlari odam uchun patogen bo’lgan ba'zi mikroorganizmlar ta'siriga beriluvchandir. Ular kasallik qo’zatuvchilarini to’g’ridan-to’g’ri o’z tanasida saqlab, naslidan nasliga o’tkazib borishi, shuningdek yuqumli ektoparazitlar, masalan, kanalar bilan burgalarni tashib yurishi mumkin. Hozirgi vaqtda qushlar tufayli yuqadigan odam infeksion va parazitlar kasalliklarining 50 tasidan ko’ra ko’prog’i ma'lum. Qushlarning bir o’lkadan boshqa o’lkalarga uchib borishi infeksiyalarning olis-olislarga, aksari bir qit'adan boshqa qit'aga o’tib qolishiga sabab bo’ladi. Qushlar bir qancha kasalliklarning tabiiy rezervuari va tarqatuvchisi bo’lib xizmat qiladi, bularga virus kasalliklari, masalan, ornitozlar, yapon bahorgi-yozgi ensefaliti, bakterial kasalliklar (brusellyoz, tulyaremiya, toun, sil), protozoonlar (toksoplazmoz), mikrozlar (parazit zamburug’lardan paydo bo’ladigan kasalliklar) va gelmintozlar kiradi. Qushlarni parvarish qiladigan odamlar ornitozlar bilan ayniqsa ko’p og’riydi. Kasal qushning qurib qolgan axlatidan mayda chang bilan birga ifloslangan qo’llar, buyumlardan (dastro’mollar, sochiq va boshqalardan) virus nafas organlari shilliq pardalariga tushadi. Qushlarni qo’lga olish va ba'zi kaptarvozlar singari ularga og’izdan ovqat berish ayniqsa xavfli. Turar joylarning balkonlari va deraza tokchalarida kaptar boqishdek so’nggi vaqtda rasm bo’lgan odat ham ornitozlar tarqalishida katta ahamiyatga ega. Toksoplazmoz bilan kasallangan tovuqlar tuxumidan ham kasallik qo’zatuvchisini ajratib olish mumkin bo’ladi. Shu munosabat bilan xom tuxumni yeyish xatarsiz emas. Yovvoyi qushlar, shuningdek, har xil narsalarni yeyaveradigan tovuqlar muskul trixinellalari yuqqan to’qimalarni eyar va axlat bilan shikastlanmagan lichinkalarini chiqarib turar ekan (qushlarda ovqat massasi hazm bo’ladigan tez o’tadi), trixinellyoz orqali sut emizuvchi hayvon (masalan, cho’chqa) tanasiga tushadi. Qushlar anatomik tuzilishi jihatidan o’zlarining bevosita ajdodlariga, ya‘ni sudralib yuruvchilarga juda yaqin bo’lib, o’sha hayvonlarning tana temperaturasi doimiy va uchishga layoqatlangan progressiv bir shoxchasidir. Download 6.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling