О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


-rasm Bedana – (Coturnix)


Download 6.27 Mb.
bet4/10
Sana16.10.2023
Hajmi6.27 Mb.
#1705062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-rasm Bedana – (Coturnix)
Qushlar (Aves) gomoyterm (issiq qonli), ya'ni tana temperaturasini doimo bir xilda saqlab turadigan hayvonlar jumlasiga kiradi.
Qushlar tanasining temperaturasi o'rtacha 430 atrofida. Bu hol moddalar almashinuvining yuksak darajada bo'lib turishiga bog'liq. Mana shunday xususiyat uchish vaqtida energiya sarfi ko'p bo'lishidan kelib chiqadi. Qushlar soatiga 100 km.gacha tezlikda uchishi mumkin. (lochinlar).
Evolyusiya prosessida qushlar erni o'rab turadigan atmosferada aktiv harakatlanishga yaxshi moslashib olgan. Qushlar bosh skeletining oldingi qismi cho'zilib, uchish vaqtida havoni kesib boradigan tumshuqqa aylangan. Tishlari yo'q, bu narsa boshining og'irligini kamaytiradi. Gavdasining ko'pgina suyaklari engil, ularda hatto o'pka bilan tutashib turadigan havoli bo'shliqlar bo'ladi. Havo xaltachalari (o'pka pardalarining o'simtalari) ham uchishga qulaylik tug'diruvchi moslamadir. Qush nechog'li tez qanot qoqadigan bo'lsa, o'pkasi orqali havo shuncha jadallik bilan aylanadi.
Qushlarning oldingi oyoqlari uchish organlariga – qanotlariga aylangan. Uchish paytida rul vazifasini bajaruvchi dumi kalta tortgan. Tanasi par va pat bilan qoplangan. Par va patlari issiqlikni kam o'tkazadi, issiqni yaxshi saqlab qoladi va sovuqdan asraydi. Patlar repteliya ajdodlari tangachalaridan saqlanib qolgan. Qushlarda ter bezlari deyarli bo'lmaydi. Ba'zi qushlarda faqat patlar uchun moy ishlab chiqaradigan dumg'aza bezi bor, xolos. Mana shu bezdan ishlanib chiqadigan moy tufayli patlar suv bilan ho'llanmaydi; bu narsa suv parrandalari uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Suv parandalarida xususan ko'p moy chiqib turadi. Qushlar yog' sekretini tumshug'i bilan ezib chiqaradi va uni o'zining hamma patlariga surtadi.
To'rt kamerali yuragi borligi qushlar sinfining progressiv xususiyatlari jumlasiga kiradi, yuragining o'ng yarmi bilan chap yarmi o'rtasida to'sig'i bor. Qushlarning nerv sistemasi bilan sezgi organlari issiq darajada rivojlangan. Muvozanatni boshqarib boradigan miya bo'limi-miyacha juda katta bo'lib ketgan.
Ko'ruv organi ayniqsa yaxshi rivojlangan: ko'pchilik qushlar juda uzoqdan ko'radi, ularning ko'rgan narsalarini xotirada olib qolish layoqati va fazoda mo'ljal olish xususiyati zo'r.
Qushlarning katta-kichikligi juda har xil. Eng mayda qushlar kolibrilardir. Ularning ba'zilari 2 g keladi, ya'ni tukli aridan sal kattaroq bo'ladi; uyasi yarimta yong'oq kattaligicha keladi: ular har biri 0,2 g (ko'pi bilan no'xatdek) 1-2 ta tuxum qo'yadi. Eng yirik qushlar AFrika tuyaqushlaridir: ularning bo'yi 2 m atrofida, massasi 90 kg.gacha.
Qushlar sinfi tarkibiga 8600 ga yaqin zamonaviy qushlar turini birlashtiruvchi 38 ta turkum kiradi. Qushlarning juda ko'pchiligi foydali. Ularning aksariyati uy parrandalari va ovlanadigan qushlar bo'lib hisoblanadi. Mazali, to'yimli go'sht va tuxum, shuningdek, par va pat beradi. Yovvoyi qushlar bog'lar, ekinzorlar, dalalar va o'rmonlardagi zararkunandalarni – hasharotlar bilan kemiruvchilar kiradi.
Nisbatan ozchilikni tashkil qiladigan donxo'r qushlar qishloq xo'jaligi zararkunandalaridir, lekin bular ham nuqul zarar beravermaydi. Chunonchi, chumchuqlar don eydi, lekin jish bolalarini mayda hasharotlar bilan boqadi.

Qushlar – odam kasalliklarini tarqatuvchilardir.


Qushlarning ko'pgina turlari odam uchun patogen bo'lgan ba'zi mikrorganizmlar ta'siriga beriluvchandir. Ular kasallik qo'zg'atuvchilarini to'g'ridan-to'g'ri o'z tanasida saqlab, naslidan nasliga o'tkazib borishi, shuningdek yuqumli ektoparazitlar, masalan, kanalar bilan burgalarni tashib yurishi mumkin. Hozirgi vaqtda qushlar tufayi yuqadigan odam infeksion va parazitlar kasalliklarining 50 tasidan ko'ra ko'prog'i ma'lum. Qushlarning bir o'lkadan boshqa o'lkalarga uchib borishi infeesiyalarning olis-olislarga, aksari bir qit'adan boshqa qit'aga o'tib qolishiga sabab bo'ladi.


Qushlar bir qancha kasalliklarning tabiiy rezervuari va tarqatuvchisi bo'lib xizmat qiladi, bularga virus kasalliklari, masalan, ornitozlar, yapon bahorgi-yozgi ensefaliti, bakterial kasalliklar (brusellyoz, tulyaremiya, toun, sil), protozoonlar (toksoplazmoz), mikrozlar (parazit zamburug'lardan paydo bo'ladigan kasalliklar) va gelmintozlar kiradi. XIX asrning 70-80 yillarida Germaniya bilan Shvesariyada birdan boshlanib,umumiy zaharlanish hodisa, pnevmoniya, bosh, tomoq. Ko'krakning simillab og'rib turishi, yo'tal, ishtaha yo'qolishi, tempratura ko'tarilishi, qaltirash bilan o'tadigan va 25 % hollarda o'lim bilan tugaydigan kasalik paydo bo'ldi. Bu kasallikni to'tiqushlar yuqtirishi aniqlandi, shundan keyin unga psittakoz (to'tiqush kasalligi) degan nom berildi. So'ngra to'tiqushlardan tashqari ko'pgina boshqa turdagi qushlar, jumladan kaptarlar, o'rdaklar, kurkalar va boshqalar ham psikattakozga o'xshab ketadigan ornitozlar degan umumiy nom bilan birlashtiriladigan kasallik tarqatuvchilari bo'lib chiqdi.
Qushlarni parvarish qiladigan odamlar ornitozlar bilan ayniqsa ko'p og'riydi. Kasal qushning qurib qolgan axlatidan mayda changbilan birga ifloslangan qo'llar, buyumlardan (dastro'mollar, sochiq va boshqalardan) virus nafas olganlari shilliq pardalariga tushadi. Qushlarni qo'lga olish va ba'zi kaptarvozlar singari ularga og'izdan ovqat berish ayniqsa xavfli. Turarjoylarning balkonlari va deraza tokchalarida kaptar boqishdek so'nggi vaqtda rasm bo'lgan odat ham ornitozlar tarqalishida katta ahamiyatga ega.
Toksoplazmoz bilan kasallangan tovuqlar tuxumidan xam kasallik qo'zg'atuvchisini ajratib olish mumkin bo'ladi. Shu munosabat bilan xom tuxumni eyish xatarsiz emas.
Yovvoyi qushlar, shuningdek, har xil narsalarni eyaberadigan tovuqlar muskul trixinellalari yuqqan to'qimalarni eyar va axlat bilan shikastlanmagan lichinkalarini chiqarib turar ekan (qushlarda ovqat massasi hazm bo'ladigan tez o'tadi), trixinellyoz orqali sut emizuvchi hayvon (masalan, cho'chqa) tanasiga tushadi.
Suv parrandalari odam uchun xavfli bo'lmasa ham, lekin ko'ngilsiz kasallik paydo bo'lishiga bir sabab bo'lishi mumkin. Ba'zi o'rdak trematodalarining serkariylari cho'milish vaqtida odam terisiga aktiv ravishda kirib olib, toshma toshishiga va qichishtiradigan qattiq og'rib turishiga sabab bo'lishi mumkin. Shu munosabat bilan suv parrandalari ko'p suvlarda cho'milish tavsiya etilmaydi. Bu trematodalarning lichinkalari venoz sistema orqali odam o'pkasiga etib borishi mumkin (migrasiya). Biroq keyin parazit etuk bosqichiga qadar rivojlanmaydi.
Qushlar anatomik tuzilishi jihatidan o’zlarining bevosita ajdodlariga, ya‘ni sudralib yuruvchilarga juda yaqin bo’lib, o’sha hayvonlarning tana temperaturasi doimiy va uchishga layoqatlangan progressiv bir shoxchasidir.
Qushlarni sudralib yuruvchilarga uxshatib turadigan eng asosiy belgilar teri bezlarining yo’qligi, ensa bertmasining faqat bitta bo’lishi, oyoqlaridagi tovonlararo va kaftaro bo’g’imlarining bir xilligi ung aorta yoyida arterial qon oqishi, butun siydik tanosil sistemasining bir xilda tuzilganligi, embrionning xuddi repteliyalar embrion singari rivojlanishi va allantoesning tashlandiq mahsulotlar uchun rezirvuar hamda embrion uchun nafas organi sifatida ishlab, dastlabki funktsiyasini saqlab qolishidir.



Download 6.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling