O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tijorat amaliyotida investisiyalarning quyidagi uch shakli o‘zaro farqlanadi


Download 178.83 Kb.
bet3/6
Sana01.11.2023
Hajmi178.83 Kb.
#1737812
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Investitsiyalarni boshqarish fani

Tijorat amaliyotida investisiyalarning quyidagi uch shakli o‘zaro farqlanadi:

  • fizik aktivlarga qilingan investisiyalar;

  • pul aktivlariga qilingan investisiyalar;

  • nomoddiy aktivlarga qilingan investisiyalar.

Fizik aktivlar deganda asosiy ishlab chiqarish vositalari,ya’ni ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi. Pul aktivlari deganda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar .
INVESTISIYALARNING TIPLARI
Real investitsiyalar Moliyaviy investitsiyalar
Ishlab chiqarish, servis,
infrastrukturalar, transport va h.
Nomoddiy aktivlar xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, lisenziyalar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasida firma ega bo‘ladigan boyliklardir.

  1. Investisiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy

konsepsiyalar.
Investisiyalarni tahlil qilish, ularning samaradorligi darajasini aniqlash bir qancha iqtisodiy konsepsiyalarga tayanib amalga oshiriladi.
1. Investisiyalarning firma boyligini oshirishdagi roli. Har qanday firma investisiya jalb qilar ekan, avvalo, o‘z boyliklarini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsad firmaning foydani ko‘paytirish kabi ko‘pincha asosiy deb qaraladigan boshqa bir maqsadidan ancha kengroqdir. Firma boyligi o‘z ichiga firma o‘z kapitalining bozor qiymatini (O‘KBQ) hamda firma majburiyatlarining bozor (MBQ) qiymatini oladi. Ya’ni:
Firma boyligi = O‘KBQ + MBQ
Shu narsa ravshanki, firmaning real boyligi uning kapitali (yuqori likvidli aktivlar ko‘rinishida turgan kapitalni istisno qilgan holda) qanchalik ko‘pligi bilan emas, balki bu kapital tovarlar va xizmatlar bozorida firmaga qanday holatni ta’minlab berishi bilan belgilanadi.

Download 178.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling