O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘li – investisiya
Download 178.83 Kb.
|
Investitsiyalarni boshqarish fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlat ro`yxati
Iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘li – investisiya
loyihalarni yaratish va amalga oshirish. O‘zbekistonda investisiya siyosatining asosiy tamoyillari bo‘lib, jumladan, quyidagilar hisoblanadi: 1. Investisiyani jalb qilishda teng raqobat muhitini shakllantirish, imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish tizimini xalqaro tajribalar asosida shakllantirish. Ishlab chiqarishni texnik jihatdan qurollantirish va modernizatsiyalash, yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash. 2. Vazirliklar, konsernlar, korporatsiyalar va iqtisodiyotning boshqa bo‘limlari ishtirokida va adres dasturlariga qat’iy rioya qilgan holda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan markazlashgan va markazlashmagan kapital qo‘yilmalar hajmini aniqlash. 3. Iqtisodiy samaradorlikni taqsimlash maqsadida eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi loyihalar nuqtai nazaridan ustuvor investisiya takliflari ro‘yxatini ishlab chiqish va chuqur ekspertizadan o‘tkazishlarni ta’minlash. 4. Iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda investisiyalarni amalga oshirish tenderlar asosida o‘tkazilishi lozim. Xulosa 1.O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishi unga ichki va xorijiy investisiyalarni jalb etilishi bilan bog‘liqdir. 2. Iqtisodiyotga real investisiyalarni jalb etish iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga katta ta’sir etadi. Shuning uchun ham real investisiyalarni jalb etish hozirgi davrda va kelgusida ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. 3. Iqtisodiyotga real investisiyalarni jalb etish uchun investisiya loyihalari, korxonalarda esa biznes loyihalar/planlar ishlab chiqilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil.1 avgustda qabul qilgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorini eslab o‘tish o‘rinli. Qarorda ko‘rsatilganidek, 2019–2021 yillarda “Jahon bankining qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun 200,0 million AQSH dollari hamda qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200,0 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Osiyo taraqqiyot bankining yirik zamonaviy agrologistika komplekslarini tashkil etish uchun 347,0 million AQSH dollari va chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun 200,0 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Fransiya rivojlanish agentligining chorvachilikni rivojlantirish uchun 170,0 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uchun 46,6 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari yo‘naltirilishi nazarda tutilmoqda” . Bu. mablag‘larni olib biznesni rivojlantirish uchun investisiya yoki biznes planlar taqdim etilishi lozim. 4. Makroiqtisodiy o‘sish iqtisodiyotga investisiyalarni jalb etishga bevosita bog‘liq. Buning uchun Yalpi Ichki Mahsulotni xarajatlar usuli bilan hisoblash formulasini eslab ko‘rish kifoya. 5. O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashuvi bilan investisiya loyihalarini sifatli ishlab chiqarish va samarali amalga oshirishga talab keskin oshdi. Shu maqsadda Loyihalar boshqaruvi milliy agentligi tashkil etildi. 6. O‘zbekiston iqtisodiyotinining investisiya siyosati ochiqlik va tenglikka qurilmoqda. Raqobatda teng sharoitlar, investisiya kirishi va chiqishida ochiqlik bu liberal iqtisodiyotning asoslaridir. 7. Investorlarga qulay va jozibador muhitni yaratishga berilgan e’tibor respublika Prezidentining 2017 yildan keyingi farmon va qarorlarida o‘z ifodasini topgan. 8. Makroiqtisodiyotda pul-kredit siyosati, IS – LM modeli, investisiya va jamg‘armalar, inflyasiya va foiz stavkalari kabi mavzular investisiya loyihalariga bevosita bog‘liq nazariya va konsepsiyalardir. Foydalanilgan adabiyotlat ro`yxati Download 178.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling