O’zbekiston respublikasi oliy vа o’rta


Download 0.58 Mb.
bet4/4
Sana10.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1765056
1   2   3   4
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan glossariy728

A N
mo‘ljallangan bo‘lib, uning eni 167 m formula orqali aniqlanadi. Masalan, 334
kishi ishlaydigan qavatdagi evakuatsiya yo‘lagi standart talab asosida

A N
167
334 2
167

m bo‘lishi talab etiladi);



Evakuatsiya rejasi–favqulodda holat davrida evakuatsiya maqsadida kishilarning harakatlanish yo‘llarining yo‘nalishlari aks ettirilgan chizma. Bu reja asosan bino

va inshootlarda ishchilarga aniq va yaxshi ko‘rinadigan devor qismlarga, pol sathidan balandligi h=1700 ÷ 2000 mm balandlikka osib qo‘yiladi. Bunda har bir burilish joylarga, koridor oralig‘i katta bo‘lgan hollarda kamida har 50 m masofaga o‘rnatish talab etiladi);
Dastlabki o‘t o‘chirish vositalari – yong‘in kelib chiqishi oldini olish uchun dastlabki yonayotgan material va moddalarni o‘chirish uchun ishlatiladigan o‘t o‘chirish vositalari;
Dastlabki o‘t o‘chirish vositasi – bir kishi ko‘lida ushlab ishlatishga mo‘ljallangan o‘t o‘chirish vositasi;
Kimyoviy havo-ko‘pikli o‘t o‘chirish vositalari – kimyoviy moddalarga asoslangan, bu moddalarning kimyoviy reaksiyasi natijasida havo-aralashma sistemasining ko‘pikli fazani hosil qiluvchi o‘t o‘chirish vositasi;
Kukunli o‘t o‘chirish vositasi – ichida yonmaydigan moddaning kukuni va yuqori bosim beruvchi yonmaydigan gaz bo‘lgan o‘t o‘chirish vositasi;
Yonmaydigan gazli o‘t o‘chirish vositasi – ichiga yuqori bosimli yonmaydigan gaz ballonchasi joylashtirilgan o‘t o‘chirish vositasi;
O‘t o‘chirish – yonayotgan joyni yonmaydigan moddalar bilan sovitish, yonishda ishtirok etuvchi havo yo‘lini to‘sish, yonayotgan joydagi kislorod konsentratsiyasini yonishni ta’minlay olmaydigan konsentratsiyaga keltirish(o‘t o‘chirish uchun xonaning hajmi 500 m3 bo‘lganda bug‘dan, 3000 m3 bo‘lganda karbonat angidriddan, 6000 m3 bo‘lganda inert gazlardan, 5000 m3 bo‘lganda yuqori karrali ko‘pikli o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish ma’qul hisoblanadi);
Yong‘in signalizatsiyasi(xabarlagich) tizimlari – odamlar, texnologik jihozlar, moddiy boyliklar, ishlab chiqarish korxonalari binolarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida yonish jarayoni boshlanib, yong‘in kelib chiqayotganligi haqida oldindan ogoh etuvchi murakkab texnik qurilmalar kompleksi;
Yong‘in signalizatsiyasi tizimlari – yong‘in haqida avtomatik xabar beruvchi tizimlar;
Sirtdan o‘t o‘chirish tizimi - himoyalanadigan maydonning istalgan joyida yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan hollarda foydalanish tavsiya etiladigan o‘t o‘chirish tizimi;
Hajmiy o‘t o‘chirish tizimi - har qanday joyida yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan xonalarning butun hajmini himoyalash uchun tavsiya etiladigan o‘t o‘chirish tizimi;
Lokal o‘t o‘chirish tizimi - texnologik apparat va jihozlarni xonalarda va ochiq havoda joylashgan boshqa obyektlarni himoyalash uchun tavsiya etiladigan o‘t o‘chirish tizimi;
Moddalarning o‘tga chidamlilik darajasi–moddalarning yonishi (alangalanishi) oson yoki qiyinlik ko‘rsatkichi;
Jarohatlanganlarga dastlabki tibbiy yordam
Dastlabki tibbiy yordam – jarohatlangan kishiga tibbiyot xodimiga qadar ko‘rsatiladigan yordam(bu asosan jarohatlovchi omil ta’sirini to‘xtatish, tugatish va bartaraf etish hamda jarohatning ikkilamchi holda yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xastalik yoki jarohat oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib, buni barcha kishi bilishi shart);
Jarohat turlari – ishchi(inson) tana yoki organizmining meyoriy holatdan chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar turlariga bog‘liq ko‘rsatkich(bular quyidagicha turlarda bo‘lishi mumkin: qon ketishi – tana yoki tana a’zolarining teri qismi butunligining buzilishi natijasida qonning tashqariga chiqishi; suyak sinishi – suyak butunligining buzilishi; lat yeyish – muskul va paylarning ezilishi natijasida meyoriy holatdan chiqishi; xasharotlardan jarohatlanish – xasharotlarning chaqishi va hok.);
Ochiq sinish – suyak sinishi va bu suyaklarning teridan tashqariga chiqib qolishi(bunday jarohat turi murakkab bo‘lib, suyak sinishiga shina bog‘lov qo‘yishni va jarohat joyidan ketayotgan qonni to‘xtatishni talab etadi);
Yopiq sinish – suyak sinishi kuzatiladi, biroq shu sinish joyidagi teri butunligi saqlanadi;
Teri to‘qimalarining kuyishi – issiqlik ta’siri ostida teri to‘qimalari faoliyatining buzilishi;
Birinchi tibbiy yordam vositalari – birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ishlatiladigan vositalar(bularga yod eritmasi, bint, jgut, shina va hokazolar kiradi);
Jarohatni og‘irlashishga qarshi profilaktika – jarohatlangan joydagi jarohatlovchi omil ta’sirini tugatish, jarohatni to‘xtatish va unga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlar tizimi;
Aseptika - jarohatlangan joyga mikrobni kirish yo‘lini to‘sishga qaratilgan tadbir;
Antiseptika – jarohatlangan joyga kirib qolgan mikroblarni kamaytirish yoki butunlay yo‘q qilishga qaratilgan tadbir;
Kuyish - to‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish hamda elektr toki ta’sirida shikastlanishi(Kuyish darajasi to‘rt xil bo‘ladi: yengil (1), o‘rtacha og‘ir (2), og‘ir (3) va juda og‘ir (4));
Travmatik toksikoz – jarohat darajasidagi zaharlanish;
Sovuq urishi - past harorat ta’sir qilishi natijasida to‘qimalarning shikastlanishi;
Zaharlanish - biror zaharli kimyoviy moddaning me’da-ichak, nafas yo‘llari orqali organizmga kirgani, teridan so‘rilgani, teri osti, mushaklar orasi yoxud vena qon tomiriga yuborilganida sodir bo‘ladigan kasallik holati;
Infeksion-yuqumli kasalliklar - kasallik qo‘zg‘atuvchi jonzotlar (mikroorganizmlar: bakteriyalar, rikketsiyalar, viruslar, zamburug‘lar) ning organizmiga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik;
Epidemiya – odamga xos yuqumli kasalliklar avj olib ketishi;
Zoonoz – odamlarga hayvonlardan yuqadigan yuqumli kasallik(Bu hayvonlarning yuqumli kasalligi);
Epizootiya – zoonoz kasalliklarining tez avj olib, ko‘payib ketishi;
Epifitotiya - o‘simliklarga xos jonzotlar, mikroorganizmlar tomonidan kelib chiqadigan kasallikning avj olib ketishi;
Pandemiya - yuqumli kasalliklarning bir necha davlatlar, jahon miqyosida keng tarqalib, avj olib ketishi;
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling