O’zbekiston respublikasi oliy vа o’rta


Download 0.58 Mb.
bet3/4
Sana10.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1765056
1   2   3   4
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan glossariy728

Ч Р
bu yerda Т – hisobot davrida bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisalar soni; R – ishlovchilarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni;
Baxtsiz hodisalarning og‘irlik koeffitsiyenti – hisobot davrida ishga yaroqsiz bo‘lgan kunlar sonining bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisalar soniga nisbati:



D
КТ Т
bu yerda D – ishga yaroqsiz bo‘lgan kunlar soni; T – hisobot davrida bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisalar soni;
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar - ish vaqtida, tashkilot xududida, tashkilot topshirig‘ini bajarish vaqtida, dam olish va bayram kunlarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar(Agar davlat va jamoat vazifalarini bajarish vaqtida, fuqarolik burchini bajarish vaqtida, ishga borish yoki ishdan qaytish yo‘lida (ishga borishida shaxsiy manfaat tomon chalg‘ib ketilmagan holda) va shu kabilarda sodir bo‘lsa, bunday baxtsiz hodisalar ish bilan bog‘liq deb hisoblanadi);
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan baxtsiz hodisalar – shaxsiy manfaat yo‘lida, ruxsatsiz holda biror shaxsiy ish bilan shug‘ullanish natijasida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar;
III. Xavfsizlik texnikasi
Xavf - bu ayrim omillarning insonga biror jarohat yoki noxushlik keltirishi mumkin bo‘lgan ta’siri(Insonning tavsifi(xarakteri)ga mavjud omillarning mos kelmasligi natijasida xavf yuzaga keladi);
Xavfning obyektiv asosi – «Inson-muhit» tizimining gomogen (bir tur) holda bo‘lmasligi(Bularga mehnat predmetlari, mehnat vositalari, texnologiya, tabiiy hodisa kabilar kiradi);
Xavfsiz mehnat sharoitlari – biror baxtsiz hodisa, jarohatlanish va kasb kasalliklariga olib kelmaydigan mehnat sharoitlari;
Mehnat xavfsizligining standartlar tizimi - MXST (SSBT - sistema standartov bezopasnosti truda) – ishlab chiqarish jarayonlari hamda jihozlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlari yaratishga qaratilgan meyoriy- texnik hujjatlar kompleksi(Bu SSBT standartlari davlat(GOST), respublika (RST), tarmoq (OST) standartlariga bo‘linadi hamda xavflilik turlari bo‘yicha meyor va talablar standartlariga bo‘linadi);
Mehnat muhofazasining nazariy asoslari – hayot faoliyati xavfsizligining o‘quv- darslik asosida mehnat muhofazasining ilmiy yo‘nalishdagi nazariy bilimlarni beruvchi qismi;
Bu mehnatni ilmiy tashkil etish(НОТ- научная организация труда) – mehnatni unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararli va xavfli omillar, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar, bu omillarni bartaraf etishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish);
Instruktaj (yo‘riqnoma) - ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida ishlab chiqarish jarayonlari davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf, baxtsiz hodisalar hamda jarohatlanishlar kelib chiqishi, unga qarshi kurash chora- tadbirlarning tizimi to‘g‘risidagi tushunchalar to‘plami;
Kirish instruktaji – yangi ishga kiruvchilarga, amaliyot o‘tash uchun borgan o‘quvchilar va xizmat safariga borganlarga o‘tiladigan instruktaj(Buni korxonaning bosh muhandisi yoki mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis o‘tkazadi va undan o‘tganlar maxsus instruktaj qaydnoma jurnaliga imzo qo‘yadilar);
Birlamchi instruktaj – ish o‘rnida beriladigan instruktaj(ishga kirganlar yangi ish boshlashdan oldin yoki boshqa ishga o‘tganda, ish sharoitlari hamda ishlab chiqarishdagi texnologiya o‘zgarganda xavfsiz ishlashni ta’minlash yo‘nalishida sex boshlig‘i, usta yoki uchastka rahbari tomonidan o‘tkaziladi);
Takroriy instruktaj - o‘rtacha har olti oyda bir marta o‘tkaziladigan instruktaj(Takroriy instruktajning asosiy maqsadi ishchining xotirasida mehnat muhofazasi qoidalarini esga tushirishdan iborat. Bunda biror qoidabuzarlik natijasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarni tahlil qilish mumkin, chunki baxtsiz hodisaning qanday xatolikka yo‘l qo‘yilishi natijasida yuzaga kelganligini, buni qanday bartaraf etish mumkinligini tushuntirish ham takroriy instruktaj bo‘lib hisoblanadi);
Rejadan tashqari instruktaj –texnologik jarayonlar o‘zgarganda, mehnat muhofazasi qoidalari o‘zgarganda, yangi texnika qo‘llanganda, ishchilarning mehnat xavfsizligi talablarini buzgan vaqtlarida (chunki bunday paytda jarohat, avariya, portlash yuzaga kelishi mumkin) va shular singari hollarda o‘tkaziladigan instruktaj(Bulardan tashqari mehnat xavfsizligiga qo‘shimcha talablar kiritilganda 30 kalendar kundan ortiq tanaffus (dam olish)dan so‘ng, boshqa har qanday holdagi ishlar uchun 60 kunlik tanaffusdan so‘ng rejadan tashqari ushbu instruktaj o‘tkaziladi);
Joriy instruktaj – vazifani bajarishga ruxsatnomani rasmiylashtirilgan ishlab chiqarish ishlaridan oldin ishchilar bilan o‘tkaziladigan instruktaj(Bunday instruktajlar bevosita ish rahbari tomonidan o‘tkazilib, kirish, takroriy, birlamchi va hok instruktajlar kabi instruktaj jurnallarida qayd qilib boriladi);
Xavfsizlik texnikasi talablari asosidagi maxsus o‘qitish - yuqori xavfli qurilma va moslamalarda elektr va gaz bilan payvandlashda, ko‘tarish kranlarida, yuqori bosimli qurilmalarda ishlovchi kishilar Gosgortexnazorat tashkilotlarida o‘qitish(Bunda o‘qigan kishilarning bilimlari tekshirilib, sinovdan o‘tkazib, maxsus guvohnoma(ruxsatnoma)lar beriladi);
Harakat xavfsizligi bo‘yicha muhandis – korxonada harakatdagi transportlar soni 50 ta va undan ortiq bo‘lgandagi lavozim;
Yuqori xavfli ishlar – ishchiga ish vaqtida yuqori darajadagi jarohatlanish, shikastlanish va baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ishlar;
Xavfsiz texnologik jarayonlar – ishchilarning jarohatlanish va baxtsiz hodisalarga uchrashiga qarshi choralari ko‘rilgan texnologik jarayonlar;
Kuchli bosim ostida ishlatiladigan(Kuchli bosimli) idishlar – ichida siqilgan havo va gazlarni saqlashga mo‘ljallangan idishlar;
Saqlagich klapan – yuqori bosim bilan ishlovchi idish va jihozlarning meyoridan ortiq bosim bo‘lganida avtomatik ochiladigan klapan(klapan ochilganda ortqcha havo yoki gaz shu klapan orqali chiqib ketadi va idishning yorilib-portlashi olddi olinadi);
Nazorat saqlagich qurilmalari – biror xavfni yuzaga kelishini oldindan bilish uchun qshllaniladigan qurilmalar(masalan, ko‘tarish krani strelasini og‘ish burchagini ko‘rsatuvchi strelka; yukning og‘irligi meyoriga yetganidan keyin yoib turadigan elektr lampochkasi; vaqt meyorini ko‘rsatib beruvchi soatli qo‘ng‘iroq va hokazo);
Elektr xavfsizligi
Yerga ulash (yerlantirish) - elektr qurilmalarining metall qismlariga elektr toki ulanib qolgan hollarda u bilan «Yer» orasida kuchlanish hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida shu elektr qurilmalarini o‘tkazgich (sim) yordamida Yer bilan birlashtirib qo‘yish(elektr toki korpusga qisqa tutashgan hollarda shu o‘tkazgich orqali tok yerga o‘tib, elektrdan jarohatlanish oldi olinadi);
Nollash – elektr xavfsizligi maqsadida elektr qurilmalarining berk yerlantirilgan metall korpuslarini odatda kuchlanishda bo‘lmagan neytral (O -nol) o‘tkazgich simga ulash (ortiqcha elektr kuzatilgan hollarda shu o‘tkazgich orqali tok ketadi va bu bilan dastgohlarning kuyishi, elektrdan jarohatlanishlar oldi olinadi);
Saqlagich(predooxranitel) – qisqa tutashuv yoki ortiqcha elektr enargiyasi kelishi bilan avtomatik ravishda elektr tarmog‘idan uzib qo‘yuvchi vosita(bunday saqlagichning asosiy qismi tok kuchiga ortib ketishi bilan suyuqlanib, uzilishi mumkin bo‘lgan o‘tkazgich simlardan foydalaniladi);
Himoya o‘chirgichi – elektr dastgoh va qurilmalarda qisqa tutashuv yoki meyoridan ortiq tok bo‘lib qolgan hollarda elektr tarmog‘idan avtomatik uzilishni ta’minlovchi moslama;
Yong‘in xavfsizligi
Yonish jarayoni – yonuvchi moddaning havo tarkibidagi kislorod bilan birikish reaksiyasi, ya’ni
С О2 СО2 Q , bu yerda С - yonuvchi modda tarkibidagi uglerod, O - havo tarkibidagi kislorod, Q - moddaning yonishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori;
Gomogen yonish – faqat bir xil moddaning yonishi(masalan, gaz yonganda gomogen yonish);
Geterogen yonish - qattiq, suyuq yoki gaz holidagi yonuvchi moddalar aralash holda yonishi;
Portlash – tezligi 100-1000 m/sek oralig‘ida bo‘lgan yonish; Detonatsiya - tezligi 1000 m/sek dan yuqori bo‘lgan yonish;
Ishlab chiqarishlar va texnologik jarayonlarning portlash va yong‘in xavfi jihatidan sinf(kategoriya)lari – moddalarning yonuvchanligi asosida bir-biridan farqlash, bularga quyidagilar kiradi:
A kategoriyaga - bug‘larining chaqnash harorati 28oS va undan past bo‘lgan juda ko‘p suyuqliklar yoki portlash chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 % va undan kam bo‘lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi, bunda portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar xona hajmining 5 %idan ortiq hajmida hosil bo‘la olishi shart. Bu kategoriyaga benzin, kalsiy karbid saqlanadigan omborlar kiradi.
B kategoriyaga - muallaq holatga o‘tuvchi va pastki portlash chegarasi Pp 65 gm3 va undan kam bo‘lgan hamda havo bilan qo‘shilib xona hajmiga nisbatan 5 % miqdorda portlovchi aralashmalar hosil qiladigan yonuvchi tolalar yoki chang ajralib chiqadigan ishlab chiqarishlar, shuningdek, bug‘ining chaqnash harorati 28- 61 оС va pastki portlash chegarasi 10 % dan yuqori bo‘lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar hamda gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab chiqarishlar jumlasiga, masalan, pichan uni tayyorlanadigan va tashiladigan sexlar, tegirmonlarning saralash va tuyish bo‘linmalari, elektrostansiyalar yoki qozonxonalarning mazut xo‘jaligi, ammiak bilan sovitish qurilmalarining apparat va mashina bo‘limlari, o‘t olish harorati 28 dan 120оС gacha bo‘lgan portlovchi suyuqliklar hosil qilish, ularga ishlov berish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar (kerosinlar, skipidar, solyar moyini saqlash, yog‘och unini tashish, plastmassalarni jilvirlash yoki qirqish) kiradi.
V kategoriyaga ёnuvchi qattiq moddalar, shuningdek, pastki portlash chegarasi Пп 65 г / м3 bo‘lgan chang yoki tolalar ajratib chiqaradigan moddalarga yoki bug‘larining chaqnash harorati 61 оС dan yuqori bo‘lgan suyuqliklarga ishlov beriladigan va ular ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab chiqarishlar qatoriga, masalan, yog‘och tilish, duradgorlik va omixta yem va ozuqa tayyorlash sexlari, don saqlanadigan omborlar, don tozalash bo‘limlari, zig‘ir va paxtaga dastlabki ishlov berish sexlari, benzindan tashqari yonilg‘i-moylash materiallari, surkov materiallarini saqlash, asfalt, bitum eritish, torf, ko‘mir va hokazolarni saqlash omborxonalari, elektr taqsimlash qurilmalari yoki hajm birligida 60 kg moy bo‘lgan vklyuchatelli va transformatorli podstansiyalar kiradi. Garchi mashinalarda ma’lum miqdorda benzin bulsa-da, garajlar ham shu kategoriyadagi ishlab chiqarishlar jumlasiga kiradi.
G kategoriyaga yonilg‘i (shu jumladan, gaz) yoqiladigan yoki yonilg‘idagi yonmaydigan moddalarga ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar kiradi.
Yonmaydigan moddalarga qizdirilgan yoki suyuqlantirilgan holatda ishlov beriladi va bunda nur energiya ajraladi. Bunday ishlab chiqarishlarga issiqlik elektrostansiyalaridagi qozonxonalar, temirchilik sexlari, elektr va gaz bilan payvandlash ishlari, ko‘chma elektr stansiyalari va shu kabilar kiradi. Yuqori voltli laboratoriyalar va hajm birligida 60 kg gacha moy bo‘lgan apparatli taqsimlash qurilmalari ham shunday ishlab chiqarishlar qatoriga kiradi.
D kategoriyaga yonmaydigan moddalarga deyarli sovuqlayin ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar, masalan, yonmaydigan suyuqliklar haydaladigan nasos stansiyalari, sabzavotlar, sut, baliq va go‘sht mahsulotlariga ishlov berish sexlari, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladigan issiqxona va parniklar kiradi.gaz bilan isitiladigan parnik va issiqxonalar bunga kirmaydi, ular G kategoriyaga kiradi.
YE kategoriyaga kiradigan ishlab chiqarishlarda suyuq fazasiz yonuvchi gazlar va portlovchi changlar shunday miqdorda ishlatiladiki, bunda ular hajmi xona hajmining 5 %idan ko‘p bo‘lgan havo bilan aralashib portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Bunda portlash texnologik jarayon shartlariga ko‘ra faqat keyingi yonishsiz sodir bo‘ladi. Bu kategoriyaga, masalan, akkumulyatorlar xonalari, vodorodli yoki atsetilenli ballonlar omborini kiritish mumkin;
O‘t o‘chirish – yonayotgan obyektni sovitish yoki kislorod yo‘lini to‘sish jarayoni; Yonmaydigan material – tarkibida yonuvchi moddasi bo‘lmagan material;
Xavfli zona – ishlab chiqarish korxonalari va obyektlarining ishchilarga jarohat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xududi;
Xavfsizlik zonalari - ishlab chiqarish korxonalari va obyektlarining ishchilarga jarohat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xudud chegarasidan tashqi tomondagi xudud;
Evakuatsiya - odamlarni hamda moddiy boylik(mol-mulk)larni xavfli joydan xavfsiz joyga ko‘chirilishi(olib chiqilishi);
Evakuatsiya yo‘lagi – evakuatsiya davrida harakatlanishga mo‘ljallangan yo‘lak(bu yo‘lak, masalan, yong‘in davri yoki boshqa favqulodda vaziyatlar davri uchun

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling