O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.11.2020
Hajmi0.6 Mb.
#150872
Bog'liq
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 

“Osiyo – Tinch okeani  mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari 

iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi” kafedrasi 

 

 

 



 

 

Mavzu: 

Jahon xo’jaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro 

moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati  

(Islom taraqqiyot banki misolida) 

5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlaktshunosligi yo’nalishi 

 

Bajardi:  3-kurs ingliz – urdu guruhi talabasi Bekmuratova S.U 

Himoyaga ruhsat etildi:_________________________ 

Ilmiy rahbar: i.f.n Xusanov Ch.K 

Hay’at xulosasi:_______________________________ 

 

 

 

TOSHKENT-2015 

KURS ISHI 


 

 



MUNDARIJA: 

 

KIRISH…………………………………………………………....3-4 



I.BOB.  MILLIY  IQTISODIYOT  RIVOJLANISHIDA  XALQARO 

TASHKILOTLARNING ROLI……………………………………….5-11 

1.1. Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari………………….5-7 

1.2. Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan 

o’rni………………………………………………………………............8-11 



II.BOB. 

ISLOM 

TARAQQIYOT 

BANKI 

VA 

UNING 

MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIDAGI  AHAMIYATI…………..12-23 

2.1. Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi…………...12-17 

2.2.Islom  taraqqiyot  banki  va  a’zo  mamlakatlar  o’rtasidagi  iqtisodiy 

munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari…………….....18-23 



XULOSA……………………………………………………………..24-25 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………26-27 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



KIRISH 

Kurs  ishining  dolzarbligi:  Hozirgi  kunda  davlatlararo  har  tomonlama 

hamkorlikning  bir  ko’rinishi  sifatida  xalqaro  tashkilotlar  va  fondlarning 

ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va 

madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy 

institutlar,  nodavlat  assotsiatsiyalarini  birlashtiradi.  Xalqaro  tashkilotlar  o’z 

faoliyatini  har  tomonlama  muvofiqlashtirish  uchun  o’z  fondlarini  tashkil 

etadilar. Bu fondlar orqali ma’lum bir davlat iqtisodiyoti yoki uning  tarmoqlari 

moliyalashtiriladi. 

Mamlakatimiz ham qator  xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili 

yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Prezidentimiz Islom Karimov 

O’zbekistonning  jahon  xo’jaligidagi  o’rni  haqida  shunday  deganlar:  “  Uzoq 

muddatli  istiqbolga  mo’ljallangan,  mamlakatimizning  salohiyati,  qudrati  va 

iqtisodiyotimizning  raqobatdoshligini  oshirishda  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb 

etadigan  navbatdagi  muhim  ustuvor  yo’nalish-bu  asosiy  yetakchi  sohalarni 

modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirishga  qaratilgan  strategik  ahamiyatga  molik 

loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  faol  investitsiya  siyosatini  olib  borishdan 

iborat.    Dunyodagi  mashhur  va  nufuzli  kompaniyalar,  Osiyo  taraqqiyot  banki, 

Jahon  banki,  Islom  taraqqiyot  banki,  Janubiy  Koreya,  Yaponiya  taraqqiyot 

banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari 

va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak 

texnologiyalarga  asoslangan  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  bo’yicha  investitsiya 

loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda”

1

 



Kurs  ishining  maqsadi:  Xalqaro  moliyaviy  –  iqtisodiy  tashkilotlar 

faoliyatini  o’rganish,  ularning  jahon  xo’jaligida  tutgan  o’rnini  aniqlash  va 

                                                                 

1

 “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”.



 

Prezident Islom 

Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng 

muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 2010-yil, 29-

yanvar

 


 

 



kelgusida  rivojlanish  istiqbollarini  ko’rib  chiqish,  Islom  taraqqiyot  banki 

faoliyati bilan tanishishdan iborat. 



Kurs ishining vazifalari:  

- Milliy  iqtisodiyot  rivojlanishida  moliyaviy  –  iqtisodiy  tashkilotlarning 

rolini aniqlash; 

- Moliyaviy  –  iqtisodiy  tashkilotlarning  jahon  xo’jaligida  tutgan  o’rnini 

aniqlash; 

- Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish; 

- Moliyaviy  –  iqtisodiy  tashkilotlar,  xususan,  Islom  taraqqiyot  bankining 

kelgusida rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish. 



Kurs ishining obyekti: xalqaro tashkilotlar va Islom taraqqiyot banki kurs 

ishining obekti bo’lib hisoblanadi. 



Kurs  ishining  predmeti:  xalqaro  tashkilotlar,  ular  tarkibiga  kiruvchi 

moliyaviy  –  iqtisodiy  tashkilotlar,  alohida  Islom  taraqqiyot  banki,  ularning 

faoliyat  yo’nalishlari  va  jahon  xo’jaligidagi  tutgan  o’rni  mazkur  kurs  ishining 

predmetidir. 



Kurs ishining tuzilish tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish,ikkita bob va uning 

tarkibiga  kiruvchi  to’rtta  bo’lim,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro’yxatidan tarkib topgan.   

  

 



 

 

 



 

 



I.BOB. MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA 

XALQARO TASHKILOTLARNING ROLI 

1.1. Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari 

Xalqaro  tashkilotlar -  davlatlarning  yoki  hukumat  qaramogʻida  boʻlmagan 

milliy  jamiyat  (assotsiatsiya)larning  siyosiy,  iqisodiy,  ijtimoiy,  fan-texnika, 

madaniyat va shu kabi  sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan 

uyushmasi,  davlatlar  oʻrtasidagi  koʻp  tomonlama  hamkorlikning  eng  muhim 

shakllaridan  biri  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  xalqaro  tashkilotlarning  soni  4 

mingdan  ortiq  boʻlib,  300  tasi  hukumatlararo  tashkilotdir.  Xalqaro  tashkilotlar 

oʻziga  xos  bir  qancha  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi.  Jumladan,  xalqaro 

tashkilotlarning 

tuzilmasi, 

asosiy 

maqsad 


va 

tashkilot 

faoliyatining 

yoʻnalishlarini  belgilab  beruvchi  taʼsis  hujjati  (ustavi)  boʻladi.  Bunday 

tashkilotlar  doimiy  yoki  vaqti-vaqti  bilan  faoliyat  yuritadi,  koʻp  tomonlama 

muzokaralar  va  muammolarni  muhokama  qilish  ular  faoliyatining  asosiy  usuli 

hisoblanadi.  Qarorlar  ovoz  berish  yoki  konsensus  yoʻli  bilan  qabul  qilinadi  va 

ular  odatda,  tavsiyaviy  kuchga  ega  boʻladi.  Hukumatlararo  xalqaro  tashkilotlar 

va  nohukumat  xalqaro  tashkilotlar,  shuningdek,  umumjahon  va  mintaqaviy 

tashkilotlar farqlanadi.

2

 

Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va 



va boshqa nomlar bilan ataladi. 

Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va 

kredit  siyosatlarini  amalga  oshirish  uchun  pul  mablag’larining  davlatlararo 

maqsadli  fondlari  tuziladi.  Davlatlararo  fondlar  (tashkilotlar)  daromadlarini 

shakllantirish  usullari  va  moliyalashtirish  tusiga  ko’ra  bir  qancha  turlarga 

bo’linadi. 



Birinchi  turga  moliya-kredit  tashkilotlarining  davlatlararo  va  xalqaro 

fondlari  kiradi.  Ular  nizom  kapitalida  ishtirok  etuvchilarga  maqsadli  kreditlar 

                                                                 

2

 M.Mirsaidov “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2006y



 

 

 



ajratadilar  va  maqsadli  fondlarni  tashkil  etadilar.  Bu  tashkilotlar  faoliyati 

davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli 

maqsadlar  uchun  zaxira  fondlarini  shakllantiradilar.  Mazkur  tashkilotlar 

jumlasiga  Xalqaro  Investitsiya  bankini  (XIB),  Iqtisodiy  Xamkorlik  Xalqaro 

bankini (IXXB), YTTB, XVFni kiritish mumkin. 

Xalqaro  banklar  va  fondlarning  nizom  kapitali  shakllanishida,  olingan 

daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini 

ko’rish mumkin. 

Milliy  va  xalqaro  moliya-kredit  institutlarining  mablag’lari,  xalqaro 

ishtirokchi-tashkilotlar  fondi,  manfaatdor  mamlakatlarning  valyuta  fondlari  va 

byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi xisoblanadi. 

YeI  da  ham  qator  davlatlararo  fondlar  tashkil  etilgan,  jumladan,  YeI  ning 

byudjeti,  Yevropa  Taraqqiyot  fondi,  Yevropa  Valyuta  Hamkorlik  fondi  va 

boshqalar. 



Ikkinchi  tur  tashkilotlar  ishtirokchilarning  har  yillik  badallari  evaziga 

byudjetlari tashkil etiladi. 

Bunday  tashkilotlarga  ma’lum  sohalardagi  milliy  tashkilotlar  faoliyatini 

muvofiqlashtirib  turuvchi  xalqaro  va  umumjahon  institutlari  kiradi.  Ularga: 

BMT,  Xalqaro  vaqt  byurosi,  Atom  energetikasi  bo’yicha  xalqaro  Agentlik, 

Dengiz  yo’ldosh  aloqasi  bo’yicha  xalqaro  tashkilot,  Ilmiy  xizmatchilarning 

umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin. 

Uchinchi  tur  xalqaro  tashkilotlarga  vaqtinchalik  tusga  ega  bo’lgan  ilmiy 

dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi 

ishtirokchilar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Masalan,  Xalqaro  biologiya  dasturi 

(1964-1974  yy.),  Xalqaro  geodinamik  loyiha  (1971-1980  yy.),  Xalqaro 

osoyishta  quyosh  yili  (1964-1965  yy.),  1957  yildan  boshlab  xar  ikki-uch  yilda 


 

 



chaqiriladigan  Xalqaro  tog’  kongressi  va  boshqalar.  Ushbu  tashkilotlar  turli 

mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 



To’rtinchi  tur  xalqaro  tashkilotlar  -  xalqaro  ilmiy  laboratoriyalar, 

institutlar,  ittifoqlar,  yaxlit  va  sohalar  assotsiatsiyalari,  ma’lum  ilmiy  sohalar 

bo’yicha  byurolar.  Ular  mamlakatlarni,  milliy  ilmiy  tashkilotlarni, 

assotsiatsiyalarni,  ilmiy  tadqiqotlar  bilan  shug’ullanayotgan  alohida  olimlarni 

birlashtiradi  va  ular  faoliyatini  muvofiqlashtiradi.  Ushbu  tashkilotlar  yillik 

ulushli  badallar,  konferensiyalarda  ishtirok  etuvchilarni  ro’yxatga  olish 

badallari,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  xayriya  mablag’lari,  davriy  ilmiy 

nashrlardan  daromadlar  xisobidan  tashkil  etiladigan  byudjetlar  xisobidan 

moliyalashtiriladilar.  Mazkur  tashkilotlarga  misol  qilib,  milliy  va  qo’shma 

dasturlar  bo’yicha  ishlaydigan  Kuchli  magnit  maydonlari  va  past  harorat 

bo’yicha  xalqaro  fond,  Xalqaro  matematik  markaz  va  boshqalarni  ko’rsatish 

mumkin. 


Beshinchi  tur  xalqaro  tashkilotlar  faoliyatining  ma’lum  sohalariga 

ko’maklashish  va  tadbirlarni  moliyalashtirish  uchun  mablag’larni  yig’ish  bilan 

shug’ullanadilar.  Masalan,  yovvoyi  tabiat  xalqaro  fondi  -  davlat,  jamoat 

tashkilot-lari  va  xususiy  shaxslardan  yovvoyi  hayvonlar  va  tabiatni  qo’riqlash 

uchun  mablag’larni  yig’uvchi  nodavlat  tashkilotdir.  Ushbu  tashkilot  boshqa 

tashkilotlar  bilan  hamkorlikda  ma’lum  tadbirlarni  moliyalashtiradi.  Fond 

o’zining  nashriga  ega  bo’lib,  uni  sotishdan  olinadigan  daromadlar  fond 

byudjetining  daromad  manbalaridan  biri  hisoblanadi.  "Olimpiya  birdamligi" 

fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy 

yordam kursatish uchun to’zilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining 

badallari,  xususiy  kompaniya,  firmalar  va  xususiy  shaxslarning  xayriyalari, 

Xalqaro  olimpiya  qo’mitasining  investitsion  va  nashriyotchilik  faoliyati 

natijasida  olingan  daromadlar  xisobidan  shakllantiriladi.  Fondga  olimpiya 

o’yinlarini  televizion  yoritishdan  olingan  daromadlarning  1/3  kelib  tushadi 

(ma’lumki,  olimpiya  uyinlarini  televizion  yoritishdan  olingan  daromadlar  mos 


 

 



ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya 

sport  turlari  bo’yicha  Xalqaro  federatsiya  o’rtasida  taqsimlanadi).  Fondning 

byudjeti  xar  yili  tasdiqlanadi.  Asosiy  tadbirlarni  amalga  oshirish  bo’yicha 

xududlarga yunaltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. 

Ushbu  tadbirlarga:  yiginlar  utkazish,  xakamlar  majlisini  utkazish,  sport 

buyumlarini  sotib  olish,  Milliy  olimpiya  qo’mitalariga  moliyaviy  yordamlar 

kursatish  va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  Boshqa  mablag’lar  nashriyotchilik 

faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi. 



1.2. Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon 

xo’jaligida tutgan o’rni 

Xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlar  bu  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  sohasida 

hamkorlikdagi  qarorlarni  ishlab  chiqish,  tartibga  solish,  unifikatsiyalash 

(birxillashtirish)  maqsadida  xalqaro  kelishuvlar  asosida  tashkil  etilgan 

tashkilotlardir. 

Xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlar  faoliyatining  asosini  a’zo  bo’lgan 

mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu 

asosdagi  vaziyatlarni  bir  maqsadga  aylantirish,  shuningdek,  kelib  chiqqan 

vazifalarni  aniqlashtirib,  ularni  hal  etish,  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqishdan 

iborat.  Tashkilotning  asosiy  faoliyati  muhokama,  qaror  qabul  qilish  va  ularni 

amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o’z ichiga oladi.

3

  



  Хalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mехanizm sifatida bir 

tomondan  bozorga  хos  o’z-o’zini  boshqarish  qobiliyatiga  ega  bo’lsa  (ХIMning 

moddiy  asosi  hali  ham  jahon  bozori  hisoblanadi),  ikkinchi  tomondan,  ayniqsa 

XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab,  alohida  mamlakatlar  va  hududlar 

o’rtasida o’zaro  aloqalarni  osonlashtiruvchi  davlatlararo tuzilmalarni  yaratishni 

talab  etadi.  Ayni  paytda  shuni  qayd  etib  o’tish  kеrakki,  birinchi  (1914-1918 

yillar)  va  ikkinchi  (1939-1945  yillar)  jahon  urushlari  orasida  хalqaro 

tashkilotlarni  gurkirab  vujudga  kеlish  jarayoni  (shu  davrd  xalqaro  mеhnat 

                                                                 

3

 Vaxobov A.V, Tadjibayeva D.A,Xajibaqiyev Sh.X “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” 



Moliya, 626-627 betlar

 


 

 



tashkiloti,  o’zining  «Incotеrms»  kabi  tijoriy  hujjatlari  bilan  taniqli  bo’lgan 

Хalqaro savdo palatasi, Хalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa 

40-yillarda  ikkita  to’qnashuvni  boshidan  kеchirgan  davlatlar  tariхidagi 

favqulotda  holatlar  va  1929-1932  yillardagi  chuqur  iqtisodiy  tanazzul  bilan 

bog’liq.  Хalqaro  iqtisodiy  tashkilotlarning  vujudga  kеlishining  ikkinchi 

«to’lqini»  va  harakatdagi  faoliyatining  faollashuvi  ikkinchi  jahon  urushidan 

so’ng  mustamlakachilik  tizimining  parchalanishi  hamda  60-70  yillardagi 

iqtisodiy  chayqalishlar  bilan  bog’liqdir.  Va  nihoyat,  80-yillarning  boshlarida 

хalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini 

ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni) 

inqirozga  uchrashi  va  yangi  ming  yillik  ostonasida  insoniyatning  global 

muammolarini  kеskin  kuchayishi  kabilarni  ko’rsatish  mumkin.  Jahonining 

ko’plab  mamlakatlarining  hukumat  organlari  zamonaviy  хalqaro  iqtisodiy 

munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd 

etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab 

chiqara  boshladilar.  Hozirgi  kunda  jahon  iqtisodiyotida  iqtisodiy  gullab-

yashnash  va  jahon  хalqlari  farovonligini  ta’minlash  masalasi  bilan 

shug’ullanvchi minglab хalqaro tashkilotlar hisobga olingan.  

Ekspеrtlarning  fikricha,    jahon  iqtisodiyotiga  sеzilarli  ta’sir  o’tkaza 

oladigan  хalqaro  tashkilotlar  soni  100  ta  atrofidadir.  Хalqaro  iqtisodiy 

tashkilotlarning  shakllanishida  muhim  o’rin  tutgan  quyidagi  omillarni 

kеltirishimiz mumkin: 

1. Insonlar hayotining bir biriga bog’liqligining yanada o’sishi; 

2.  Sanoat  rеvolyutsiyasi  va  ilmiy  yutuqlar  insonlarni  bir-  biridan  ajratib 

turgan  masofalarni  qisqartirishi  va  хalqaro  munosabat  va  hamkorlikni 

kеngaytirishi; 

3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy 

o’sish; 


4. Davlatlarning barcha sohada bir – birlariga bog’liqligining o’sishi; 

 

 

10 



5.  Duyodagi  umumiy  rеsurslardan  oqilona  foydalanishning  zarurligini 

chuqurroq anglash. 

Davlatning  хalqaro  iqtisodiy  tashkilotlarga  a’zo  bo’lishi  uning  har 

tomonlama  rivojlanish  imkoniyatlarini  oshiradi.  Chunki  хalqaro  iqtisodiy 

tashkilotlarga  a’zo  bo’lish,  uning  boshqa  a’zo  davlatlari  bilan  ham  kеng 

hamkorlikni  yo’lga  qo’yishni  ta’minlaydi.  Хalqaro  iqtisodiy  tashkilotlar 

topologiyasi  haqida  gapirganda,  ikkita  mеzondan  (geografik  qamrovi  kеngligi 

va faoliyat хususiyatlari) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchisidan kеlib 

chiqib,  ikki  tomonlama,  hududiy  va  global  tuzilmalar  ajratib  ko’rsatiladi. 

Ikkinchi  mеzonni  qo’llagan  holda  maхsuslashtirilgan  (sohalar  bo’yicha)  va 

global tashkilotlarga yuzaga keladi. 

1.2.1-rasm 

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar

4

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

Manba: iqtisodiy adaabiyotlardagi ma’lumotlar asosida muallif tomonidan mustaqil tuzildi. 



                                                                 

4

  M.Mirsaidov “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2006y



 

Umumiy 


huquq 

doirasi keng 

bo’lgan 

tashkilotlar 

Ixtisoslash-

gan 


tashkilotlar 

Birlashgan 

Millatlar 

Tashkiloti 

Arab 

davlatlari 



ittifoqi 

Moliya-


kredit 

sohasida 

 

Iqtisodiy 



hamkorlik 

tashkilotlari 

Savdo va 

sanoat 


sohasida 

Moliya-


kredit 

sohasida 

 

Muvofiq-


lashtiruvchi 

tashkilotlar 

Yevropa 

hamjami-


yati 

Birlashti-

ruvchi 

tashkilotlar 



Shimoliy 

Amerika 


mamlakatla

ri iqtisodiy 

hamkorlik 

tashkiloti 

va 

boshqalar 



Umumjahon 

savdo 


tashkiloti 

Osiyo 


taraqqiyot 

banki 


Sanoat 

rivojlanishi 

bo’yicha 

tashkilotlar 

 

Xalqaro 


valyuta fondi 

 

Umumjahon 



banki 

BMT savdo 

va taraqqiyot 

bo’yicha 

Anjumani

 

Islom 



taraqqiyot 

banki 


 

 

11 



Keying  yillarda  xalqaro  tashkilotlarning  soni  tez  ko’paya  boshladi.  Bular 

davlat guruhlarini hududiy belgisi bo’yicha  yoki iqtisodiy faoliyatning ma’lum 

sohalaridan 

manfaatdorlikning 

umumiyligi 

asosida 


birlashtiruvchi 

tashkilotlardir.  Bunday  tashkilotlar  savdo,  ishlab  chiqarish,  transport,  valyuta-

moliya operatsiyalari va boshqa sohalarda ham yuzaga keldi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

12 



II.BOB. ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA UNI     

MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI 

2.1. Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi 

     Islom  Tarraqqiyoti  Banki  (ITB) ba'zi  manbalarda Islom  Rivojlanish 

Banki -  ko'p  tomonli  moliya  instituti  hisoblanib,  1-Islom  Konferensiyasi 

Tashkiloti  (hozirda  Islom  Hamkorlik  tashkiloti)  tomonidan  arab  mamlakatlari 

Moliya vazirlari tomonidan ta'sis etilgan. 

         Islom  taraqqiyot    banki 1973-yil Jiddada Islom  konferensiyasi 

tashkilotining  a’zo-davlatlari  deklaratsiyasi  imzolanganidan  keyin 1974-yilda 

tashkil qilindi, o’z faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktabrdan boshlagan. 

Tashkilotga  56  ta  mamlakat  a'zo  bo'lib,  quyidagi  davlatlar  bankni  asosiy 

moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi: 

 

 Saudiya Arabistoni 

 

 Liviya 

 

 Eron 

 



 Nigeriya 

 

 Qatar 

 



 Misr 

 

 Turkiya 

 

 Birlashgan Arab Amirliklari 

 

 Quvayt

 

 



Bankning  moliyaviy  resurslari  ustav  kapitali  va  qo’shimcha  moliyaviy 

vositalaridan  iborat.  Moliyaviy  faoliyatlarning  kengayishi  natijasida  bank 

qo’shimcha manbalar bilan ta’minlandi: 

 



1980-yilda  sarmoya-depozit  rejasi  ishga  tushgan.  Bu  reja  sarmoyadorlar 

uchun  bankka  moliyaviy  yordam  berishda  qatnashish  orqali  qisqa  muddatli 

sarmoyalarni  amalga  oshirish  uchun  islom  muqobilini  beradi.  Ushbu  tizim 

asosida  bank  nafaqat  yakkaholdagi  omonatchidan,  balki  tashkilotlardan  ham 

„Importga  moliyaviy  yordam  berish  operatsiyalari“  dasturini  amalga  oshirish 

uchun depozitlar qabul qiladi. 



 

 

13 



 

1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot a’zo 



bo’lgan  davlatlararo  savdo-sotiq  moliyaviy  qo’llab  quvvatlash  uchun 

sarmoyadan  foydalanish,  hamda  qimmatbaho  qog’ozlar  va  lizing  bilan  bog’liq 

bo’lgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga 

asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi. 

 

1988-yildan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi 



amalga  oshirila  boshladi.  Ushbu  reja  importga  moliyaviy  yordam  berish 

programmasini  to’ldiradi  va  IKTga  a’zo  bo’lgan  davlatlarning  an’anaviy 

bo’lmagan tovarlari eksportini kengaytirishda ko’mak beradi. Bu esa IRBga a’zo 

bo’lgan  davlatlardan  eksport  qilish  uchun  kerakli  moliyaviy  vositalar  bilan  6 

oydan 60 oygacha bo’lgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi. 

 



1989-yilda  alohida  investitsion  fond  tashkil  qilingan.  Uning  maqsadi 

qo’shimcha  moliya  resurslarini  jalb  qilish  va  ularni  shariatga  asoslangan  holda 

sarmoyalashtirish. 

Tashkilotning  asosiy  maqsadi  a’zo  mamlakatlarning,  shariatga  asoslangan 

musulmon  jamoalarining, iqtisodiy  rivojlantirish va  ijtimoiy  taraqqiyotiga ta’sir 

o’tkazishdan iborat. 

Islom taraqqiyot banki quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi:

5

 



 

aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish; 

 

ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish; 



 

a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa 

shakllarda moliyaviy yordam berish

 

aniq  maqsadlar  uchun  tuziladigan  maxsus  fondlarni  boshqarish; 



(nomusulmon  davlatlardagi  musulmon  jamoalariga  yordam  fondi  shular 

jumlasidan) 

 

moliyaviylashtirish 



uslublari  vositasida 

moliyaviy 

resurslar 

yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish; 

 

a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish; 



                                                                 

5

 www.isdb.org



 

 

 

14 



 

musulmon  davlatlarning  rivojlanishi  bo’yicha  tashkilot  a’zolarini 

o’qitishda xizmatlar ko’rsatish; 

 

bepul kreditlar berish. 



Yuqorida ta’kidlangandek, Islom taraqqiyot banki tarkibiga 56 ta mamlakat 

kiradi va ular ITB guruhini tashkil qiladi. 



2.1.1-rasm 

Islom taraqqqiyot banki guruhi tarkibi

6

 

 

 

 



Manba: Islamic development bank group in brief (May 2013) 

 

 



ITB  guruhi  keng  ko'lamli  ixtisoslashtirilgan  va  integratsiya  faoliyati  bilan 

shug'ullanib, ularga quyidagilar kiradi: 

  Davlat va xususiy sektor  loyihalarini  moliyalashtirish; 



  Qashshoqlik kamaytirishga ko’maklashish; 

 

Salohiyatni oshirish uchun texnik yordam ko’rsatish; 



                                                                 

6

 “



Islamic development bank group in brief” (“Islom taraqqiyot banki haqida qisqacha”, 

2013y)


 

 

 

15 



  A'zo mamlakatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish; 

  Savdoni moliyalashtirish; 



 

Kichik va o’rta biznesni mliyalashtirish



  Resurslardan oqilona foydalanish; 

 

Islom  moliya  institulariga  to’g’ridan  –  to’g’ri  investitsiyalarni  jalb 



qilish; 

  Investitsiya va kredit eksportini muhofaza qilish; 



 

Tashkilotga a’zo mamlakatlar va a’zo bo’lmagan musulmon davlatlariga 



maxsus yordam ko’rsatish; 

 



Favqulodda yordam ko’rsatish; 

 



A’zo  mamalakatlarda  xususiy  va  davlat  tashkilotlariga  maslahatlar 

berish.


7

 

Islom  taraqqiyot  banki  guruhi  bosh  ofisi  Saudiya  Arabistonining  Jedda 



shahrida  joylashgan  bo’lib,  uning  to’rta  davlatda  filiallari  joylashgan.  Ular 

quyidagilar: 



2.1.2-rasm 

ITB guruhi filiallari 

 

Manba: Internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi. 



     

   Bundan  tashqari  a’zo  mamlakatlarning  15  tasida  bankning  vakillari  bor. 

Xususiy  sektorni  rivojlantirish  bo’yicha  hamda  investitsiyalar  va  eksportni 

                                                                 

7

 Islamic Finance Directory. General Council for Islamic Banks and Financial Institution (CIBAFI). Bahrain 



Monetary Agency. - Manama, 2004

 


 

 

16 



sug’urtalash  bo’yicha  Islom  korporatsiyalarining  ham  Dubay  va  BAA  da 

filiallali  mavjud.  Dastlabki  ikkita  filial  2012  yilda  Turkiya  va  Indoneziyada, 

keyinchalik 2013 yilda Bangladesh, Nigeriya va Misrda  ochilgan.

8

  



1975 yildan, ya’ni ITB ochilishidan boshlab unga Ahmad Muhammad Ali 

Al  -  Madani  boshchilik  qiladi.  Uni  faoliyati  jamiyat  va  uning  a’zolari  hayot 

farovonligini oshirishga qaratilgan. Ijrochi direktorlar kengashi bankning barcha 

operatsiyalari va siyosati uchun javobgar hisoblanadi. Hozirgi paytda  IDK 18 ta 

a’zodan  tashkil  topgan  bo’lib,  ulardan  to’qqiztasi  asosiy  aksionerlar  bo’lgan 

davlatlardan,  qolgani  esa  boshqa  a’zo  mamlakatlar  ichidan  saylanadi  va  IDK 

ning vakolat muddati uch yil hisoblanadi.

9

 



2.1.3-rasm 

 

Manba: www.isdb.org/ IDB Group Data 



Izoh: ITB guruhi kapitali a’zo mamlakatlarning daromadlarini ortishi bilan 

proporsional  ravishda  ortib  boradi.  Joriy  2015  yilning  oxiriga  kelib,  bu 

ko’rsatkich  108  mlrd  AQSH  dollariga  yetishi    ko’zda  tutilmoqda.  Tashkilot 

mablag’I 1975 yildan beri  ancha oshgan bo’lib, bu 224 foizga oshgan demakdir. 

                                                                 

8

 “Islom taraqqiyot banki- statistik ma’ruza” 2014y, mart



 

9

 www.isdb.org “Board of Executive Directors” 



 

 

 

17 



2013  yil  22  maydan  ITB  ustav  kapitalini  3  marta  ga,  ya’ni  150  mlrd  AQSH 

dollariga oshirdi. Bundan ko’zlangan maqsad shuki, tashkilotga a’zo bo’lgan va 

bo’lmagan  mamlakatlardagi  musulmon  xalqini  qo’llab  –quvvatlashdan  iborat. 

Saudiya Arabistonining bankka qo’ygan mablag’i bank kapitalining  to’rtdan bir 

qismini tashkil etadi. 

2.1.4-rasm 

 

Manba: www.isdb.org/ IDB Group Data 

 

Izoh: Jadval ma’lumotlari asosida shuni ko’rish mumkinki, bankning asosiy 



kapitalining  43  foizi  energetika  sohasiga  jalb  qilinar  ekan.  Bunga  sabab  shuki, 

tashkilotga a’zo davlatlar asosan energetika mahsulotlariga boy hisoblanadi. ITB 

ning  asosiy  ta’minotchi  davlatlari  bo’lgan  Saudiya  Arabistoni,  Eron,  Qatar 

davlatlari neft xom ashyosiga juda boydir. Keying o’rinda 11,9 foiz bilan moliya 

sohasi  turadi,  undan  keyin  esa  sanoat  asosiy  o’rinlardan  birini  egallaydi.  Eng 

kam  mablag’  ajratiladigan  soha  ko’chmas  mulk  hamda  informatika  va  aloqa 

sohasi hisoblanib,ularning ulushi bir foizdan ham kamroqdir.  

 

 



 

 

 



 

 

18 



2.2 Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy 

munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari 

Islom Taraqqiyot Banki dastlab tashkil etilganida unga 22 ta davlat a’zo 

bo’lgan bo’lib, bugungi kunda ularning soni 56 taga yetgan. Ularning tarkibi 

quyidagicha: 

 

Afrika – 27 ta  



 

Osiyo – 26 ta 



 

Lotin Amerikasi -  1 ta 



 

Yevropa – 2 ta 



2.2 1-jadval 

ITB ga a’zo davlatlar ro’yxati 

1  


Afg’oniston 

29  


Misr 

2  


Albaniya  

30  


Morokko 

3  


Aljir  

31  


Mozambika 

4  


BAA 

32  


Niger 

5  


Bahreyn 

33  


Nigeriya 

6  


Bangladesh 

34  


Ozarbayjon  

7  


Benin 

35  


Oman 

8  


Bruney 

36  


Pokiston 

9  


Burkina-Faso 

37  


Qatar 

10  


Eron 

38  


Qozog’iston  

11 


Falastin 

39 


Qirg’iziston 

12  


Gabon  

40  


Quvayt 

13 


Gambiya  

41  


Saudiya Arabistoni  

14  


Gviniya  

42  


Senegal 

15  


Gviniya-Bisau 

43  


Serra-Leone  

16  


Indoneziya 

44  


Somali 

17  


Iordaniya  

45  


Sudan 

18  


Iroq 

46  


Surinam 

19  


Jibuti 

47  


Suriya 

20  


Kamerun 

48  


Tojikiston 

21  


Komorlar 

49  


Togo 

22  


Kot d’Ivuar 

40  


Tunis  

23  


Livan 

51  


Turkiya 

24  


Liviya  

52  


Turkmaniston 

25  


Malayziya 

53  


Uganda 

26  


Maldiva 

54  


Yaman 

27  


Mali  

55  


O’zbekiston 

28  


Mavritaniya 

56 


Chad 

Manba: http://www.un.org 



 

 

19 



Mamlakatlar  bankka  aksiyador  sifatida  a’zo  bo’lib  kiradi.  Bankda 

davlatlarning ulushi turlicha bo’lib, eng katta ulushga eg a’zolar arab davlatlari 

hisoblanadi. Ular quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan.   

2.2.2-jadval 

Mamlakatlarning ITBdagi ulushi 

Aksioner davlatlar 

Qo’yilgan 

miqdor  

(dinor) 

Umumiy 

kapital (% 

da) 

Umumiy kapitaldan 

ulush (dinor) 

Saudiya Arabistoni 

368,513 

26.57 


3,685,129,984 

Libiya 


147,824 

10.66 


1,478,240,000 

Eron 


129,334 

9.32 


1,293,340,032 

Misr 


127,867 

9.22 


1,278,669,952 

Turkiya 


116,586 

8.41 


1,165,859,968 

BAA 


104,596 

7.54 


1,045,960,000 

Qozog’iston 

1,929 

0.14 


19,290,000 

O’zbekiston 

250 

0.02 


2,500,000 

 

Manba:www. isdb.org 

 

 Yuqoridagi  jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  ITB  kapitali  tarkibiga  eng  katta 



ulushni Saudiya  Arabistoni kiritgan bo’lib, bu uch yarim trillion dinardan ortiq, 

ya’ni umumiy kapitalning 26.57 foizini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni donor 

mamlakatlardan  biri  hisoblanadi.  Bundan  tashqari  O’zbekiston  va  qo’shni 

Qozog’iston,  Tojikistonning 

ham 

ulushi 


mavjud  bo’lib,  shundan 

mamlakatimizning umumiy kapitaldagi qiymati 0.02 foizni, ya’ni 2 yarim ming 

dinarni tashkil etadi. 

Tashkilotga  a’zo  mamlakatlar  o’zlarining  vakillari  orqali  bank 

boshqaruvida  ishtirok  etishadi.  Bankning  yuqori  organi  boshqaruv  kengashi  va 

quyi organi esa direktorlar kengashi deb yuritiladi. 

10

 

                                                                 



10

 К. Латиф. Исламское финансовое дело // Butterworths Journal of International Banking and Financial Law, 

2006, No. 1, p. 10-13. 

 


 

 

20 



Direktorlar  kengashi  18  kishidan  iborat  bo’lib,  uning  yarmini  ITB  ustav 

kapitalida  ko’proq  ulushga  ega  bo’lgan  davlatlar,  qolgan  yarmini  esa  uncha 

ulushi katta bo’lmagan a’zo davlat vakillari tashkil etadi.

11

 



Islom Taraqqiyot Banki umumiy hodimlar soni 189 tani tashkil qiladi.  

Bankning  asosiy  maqsadi  tashkilotga  a’zo  va  a’zo  bo’lmagan  musulmon 

davlatlarining  iqtisodiy  rivojlanishiga  ko’maklashish  va  musulmon  xalqining 

turmush  tarzini  yaxshilashga  qaratilgan.  Bu  bora    ITB  guruhi    quyidagi 

sohalarda o’z xizmatlarini ko’rsatadi: 

 

Loyihalarni moliyalashtirish: 



 

Davlat,  jamoaviy( suveren) 

 

Xususiy (suveren bo’lmagan) 



 

Davlat – xususiy xamkorlikda (PPP) 

 

Eksport krediti va investitsiyalarni sug’urtalash 



 

Fond va aktivlar boshqaruvi 

 

Islom moliyaviy xizmat muhitini rivojlantirish 



 

A’zo mamalaktlar o’rtasidagi savdoni moliyalashtirish 

 

Texnik hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish 



 

Islom iqtisodiyoti va tadqiqot moliyasi 

Shuningdek, mahsus faoliyat: 

 

Fan va texnoligik dasturlar 



 

Ta’limiy dasturlar 

 

Maxsus ko’maklar 



Ushbu  maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda  bank    har  yili  bir  qancha 

dasturlarni amalga oshiradi.  

Hozirgi kunda O’zbekistonda ham ushbu loyihalar asosida bir qancha ishlar 

olib borilmoqda va bu quyidagi jadvalda keltirilgan: 

 

 

 



                                                                 

11

 http://www.aacc.at 



 

 

21 



 

2.2.3-jadval 

O’zbekiston va Islom Taraqqiyot banki aloqalari 

Maqsadi 

Miqdori (AQSH 

dollari) 

yil 

“Qishloq 

joylarda 

uy-joy 

qurilishini rivojlantirish” loyihasini 

moliyalashtirish uchun 

100 mln 


2014 yil 

kichik 

biznes 

loyihalarini 

moliyalashtirish uchun 

83 mln 


2014 yil 

Sirdaryo 

viloyatidagi 

kanalizatsiya 

tizimini 

modernizatsiya qilish uchun 

57,5 mln 

2015 yil 

Manba: internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tuzildi. 

 

Izoh:  O’zbekiston  Respublikasi  va  ITB  aloqalari  yaxshi  yo’lga  qo’yilgan 



bo’lib,  bugungi  kunga  qadar  sog’liqni  saqlash,  energetika,  qishloq  xo’jaligi, 

qurilish, transport yo’llarini qurish va ta’mirlash  va shu kabi boshqa sohalarda  

1221  ming  AQSH  dollari  miqdorida  32ta  dastur  amalga  oshirilgan.

12

  Arab 



muvofiqlashtirish  guruhi  a`zolari  –  Islom  taraqqiyot  banki,  Saudiya  taraqqiyot 

jamg`armasi,  Kuvayt  arab  iqtisodiy  taraqqiyot  jamg`armasi,  Abu  Dabi 

taraqqiyot  jamg`armasi  va  OPEK  ning  Xalqaro  taraqqiyot  jamg`armasi, 

shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davra 

suhbati doirasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari tomonidan  energetika, 

yo`l  infratuzilmasi,  kommunal  xo`jalik,  ta`lim,  ekologiya,  irrigatsiya,  qishloq 

infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard 

AQSh 


dollaridan 

ziyod 


25 

ta 


loyiha 

taqdimoti 

o`tkazildi.  

Shuningdek, 

Arab 

muvofiqlashtirish 



guruhining 

ushbu 


loyihalarni 

moliyalashtirish imkoniyatlari  muhokama  qilindi.  Tadbir  yakunida  O`zbekiston 

                                                                 

12

 www.mfer.uz “Xalqaro hamkorlik\Xalqaro tashkilotlar”



 

 

 

22 



Respublikasi  va  Islom  taraqqiyot  banki  o`rtasida  “Qishloq  joylarda  uy-joy 

qurilishini  rivojlantirish”  loyihasini  moliyalashtirish  bo`yicha  qiymati  100 

million dollarlik zayom bitimi imzolandi. 

ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million 

AQsh  dollariga  teng  “Toshkent  shahrining  tashqi  yoritish  tizimlarini 

modernizatsiya  qilish  va  ularga  energiya  tejaydigan  texnologiyalarni  tatbiq 

etish”  loyihasi  bo'yicha  moliyaviy  bitim  imzolandi.  O'zbekistonning  ITB 

hamkorligiga  bu  yil  10  yil  to'ladi.  Bu  davr  ichida  qator  amalga  oshirilgan 

loyihalarning  natijalari  bilan  tasdiqlanuvchi  uzviy  hamkorlikka  erishildi.  Joriy 

yilda  mamlakatimizda  ITB  bilan  munosabatlarning  o'n  yilligi  nishonlanmoqda. 

O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator 

muvaffaqiyatli  loyihalar  bilan  to'ldirilgan  yaqin  hamkorlik  qaror  toptirildi. 

Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4 

million AQsh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati 

640,9  million  dollarlik  yana  10  loyihaning  ijrosi  davom  etmoqda.  9  loyihani 

amalga  oshirishga  tayyorgarlik  ko'rilmoqda,  ularning  moliyaviy  qiymati  877,9 

million  dollarga  teng.  Shuningdek,  texnikaviy  hamkorlik  doirasida  ITB 

tomonidan  O'zbekistonga  12  loyiha  uchun  2,7  million  dollarlik  grantlar 

ajratilgan. 

            Islom  taraqqiyot  banki  mamlakatimiz  sanoatini  modernizatsiyalash, 

texnik  va  texnologik  qayta  jihozlashga  hamda  infratuzilmaga  oid  loyihalarni 

amalga  oshirishda  Arab  muvofiqlashtirish  guruhining  moliya  institutlari, 

jumladan,  Saudiya  taraqqiyot  jamg'armasi,  Kuvayt  arab  iqtisodiy  taraqqiyot 

jamg'armasi,  OPEK  jamg'armasi,  Abu  Dabi  taraqqiyot  jamg'armasining 

investitsiya  va  kreditlarini  jalb  qilish  borasida  asosiy  muvofiqlashtiruvchidir. 

Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes 

va  xususiy  tadbirkorlikni  qo'llab-quvvatlashga  doir  loyihalarni  amalga  oshirish 

Islom  taraqqiyot  banki  guruhi  bilan  hamkorlikning  muhim  yo'nalishlaridandir. 

Korporatsiya  tomonidan  kichik  biznes  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun 

ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi. 



 

 

23 



   Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart 

kuni  Sirdaryo  viloyatidagi  kanalizatsiya  tizimini  modernizatsiya  qilish  uchun 

O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi. 

 Umumiy  qiymati  157  million  dollar  bo‘lgan  loyiha  Guliston,  Shirin  va 

Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya 

qilishni  ko‘zda  tutadi.  Loyihani  amalga  oshirish  muddati  –  4  yil. 

Modernizatsiyani 

moliyalashtirish, 

shuningdek, 

 

xalqaro 



moliyaviy 

institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga 

oshiriladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

24 



XULOSA 

Xulosa  o’rnida  shuni  aytish  mumkinki,  hozirgi  globallashuv  sharoitida 

xalqaro  tashkilotlarning,  xususan,  moliyaviy-iqtisodiy  tashkilotlarning  o’rni 

tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni 

moliyalashtiradi.  Hozirgi  kund  dunyoda  100  dan  ortiq  xalqaro  tashkilotlar 

mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.  

O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom 

Taraqqiyot  Bankiga  2003  yildan  boshlab  a’zolikka  kirgan.  Mamlakatimizning 

bank  ustav  kapitaliga  qo’shgan  xissasi  2,5  mln  islom  dinari,  ya’ni  3,475  mln 

dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik  250 bank  aksiyasi bilan barobar edi. 

Bugungi  kunga  qadar  mamlakatimiz  va  ITB  o’rtasida  bir  qancha  loyihalar 

amalga  oshirilgan.  Bank  mamlakatimizda  2013-2014  yillarga  bag’ishlangan 

dasturda  qishloq  joylarida  uy-joy  qurish  masalasi  o’rtaga  qo’yilib,  ITB 

tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.  

Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan 

musulmon  jamoalarining, iqtisodiy  rivojlantirish va  ijtimoiy  taraqqiyotiga ta’sir 

o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir: 

 

aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish; 



 

ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish; 

 

a’zo-davlatlarga  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishi  maqsadida  boshqa 



shakllarda moliyaviy yordam berish; 

 

aniq  maqsadlar  uchun  tuziladigan  maxsus  fondlarni  boshqarish; 



(nomusulmon  davlatlardagi  musulmon  jamoalariga  yordam  fondi  shular 

jumlasidan) 

 

moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va 



depozitlarini qabul qilish; 

 

a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish; 



 

musulmon  davlatlarning  rivojlanishi  bo’yicha  tashkilot  a’zolarini 

o’qitishda xizmatlar ko’rsatish. 


 

 

25 



Islom Taraqqiyot bankining yana muhim amalga oshiradigan vazifalaridan 

biri bu foizsiz kreditlar ajratishdir. Bunga sabab shuki, bank faoliyati sha’riyat 

qonunlari  bilan  tartibga  solinadi.  Islom  dinida  esa  sudxo’rlik  katta  gunoh 

hisoblanadi.     

Islom  Taraqqiyot  Banki  a’zo  davlatlarga  nafaqat  moliyaviy  tomondan, 

balki texnik jihatdan ham yordam beradi. Masalan, bank Mavritaniya, Maldiva, 

Tojikiston, Turkiya va Jibuti larga bunday yordamlarni ko’rsatadi.  

Bank kelgusidagi  faoliyati doirasida o’z qarashlarini ishlab chiqqan bo’lib, 

u “IDB Vision 1440H” deb nomlanadi. Bunda hijriy 1440 yil, ya’ni 2019 yilga 

kelib  bank  jahondagi  musulmon  xalqlarining  turmush  tarzini  yaxshilanishi, 

rivojlanishiga  butunlay  ko’mak  beruvchi,  islom  qonuniyatlari  asosida 

boshqariluvchi dunyodagi eng rivojlangan taraqqiyot banki bo’ladi deb bashorat 

qiladi.   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

26 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

1.   

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling