O’zbekiston respublikasi oliy va


 BIRINCHI BOSH QONUNNING MATEMATIK IFODASI


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#203121
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
termodinamikaning 1-qonuni

2.2. BIRINCHI BOSH QONUNNING MATEMATIK IFODASI 

 

Termodinamikaning  1  qonuniga  muvofiq,  sistemaga  issiqlik  (Q) 

berilsa, u sistemaning ichki energiyasini oshirishga va foydali ish bajarishga 

sarf bo’ladi: 

Q = ΔU + A                         (3.1.) 

yoki   ΔU = Q – A                         (3.2.) 

Ya‘ni  ichki  energiya  sistemaga  tashqaridan  issiqlik  berilganda  yoki 

olinganda va sistema ustidan ish bajarilganda (yoki sistema ish bajarganda) 

o’zgaradi.  Ichki  energiyaning  o’zgarishini  bevosita  o’lchash  mumkin 

bo’lmaganligi  uchun,  berilgan  (olingan)  issiqlik  va  bajarilgan  ishlar 

yig’indisini o’lchab ichki energiyaning o’zgarishi aniqlanadi. 

ΔU – to’liq funksiya, issiqlik va ish (A) noto’liq funksiyalardir. 

Odatda  bajarilgan  ish  va  sarf  qilingan  issiqlik  differensial  holda 

beriladi: 

δQ = dU + δA                          (3.3.) 

bu yerda d – to’liq funksiyaning, 

 δ – noto’liq funksiyaning cheksiz kichik o’zgarishidir. 

Demak, issiqlik va ish noto’liq funksiyalardir, lekin ularning yig’indisi 

to’liq  funksiyadir.  Agar  ish  faqatgina  gazning  kengayishi  (torayishi) 

jarayonida bajarilgan ish bo’lsa, (3.3., 3.6.) tenglamalaridan: 

δ Q = dU + PdV                    (3.4.) 

(3.3.,  3.4)  tenglamalarga  muvofiq,  sistemaga  tashqaridan  berilgan 

issiqlik,  uning  ichki  energiyasini  oshirishga  va  sistemaning  ish  bajarishiga 

sarflanadi. 

(3.1., 3.2., 3.3.) va (3.4) tenglamalar termodinamikaning 1 qonunining 

matematik ifodasidir. 

1 qonunni – ichki energiyaning holat funksiyasi ekanligini, izolirlangan 

sistema ichki energiyasining o’zgarmasligini, ekvivalentlik qonunini, bir xil 




 

17 


abadiy dvigatelning yaratish mumkin emasligini – umumiy qonun bo’lmish 

energiyaning  saqlanish  qonunidan  va  aksincha  1  qonunning  qonun  – 

postulatidan  energiyaning  saqlanish  qonunini  mantiqiy  keltirib  chiqarish 

mumkin, shunga ko’ra 1 qonun energiyaning saqlanish qonunining xususiy 

ko’rinishidir va uning miqdoriy ifodasidir. 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling