O’zbekiston respublikasi oliy va


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#203121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
termodinamikaning 1-qonuni

2. TERMODINAMIKA FANI 

 

Termodinamika  turli  jarayonlarda  energiyaning  bir  turdan  ikkinchi 

turga  va  sistemaning  bir  qismidan  ikkinchi  qismiga  o’tishini,  shuningdek, 

berilgan  sharoitda  jarayonlarning  o’z  –  o’zicha  borish  yo’nalishi  va 

chegarasini o’rganadigan fandir. 



 

Termodinamikaviy  sistemaning  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o’tishi 



termodinamikada  protsess  yoki  jarayon  deyiladi.  Termodinamika 

yunoncha  «termi»  va  «dinamis»,  ya‘ni  «issiqlik»  va  «ish»  so’zlaridan 

olingan bo’lib, issiqlik va ishning bir – biriga aylanishi haqidagi fandir. 

Demak,   biz  termodinamikani  o’rganish  uchun  issiqlik  va  ishning  o’zi 

nima ekanligini bilib olmog’imiz kerak. 

Uzoq vaqtlarga qadar issiqlikning tabiati haqida ikki xil fikr hukm surib 

keladi.  Birinchi  gipotezaga  ko’ra  jism    qizdirilganda  u  issiqlik  oladi. 

Sovitilganda  esa  issiqlik beradi, ya‘ni  qizigan  jism  shu  jism  moddasi  bilan 

issiqlik aralashmasidan iborat.  

Boshqacha aytganda, issiqlik ham modda. U istalgan jismga kira oladi 

va  undan  chiqa  oladi.  Bu  fikrni  1613  yilda  ilgari  surgan  Galiley  issiqlik 

moddasiga  flogiston,  ya‘ni  teplorod  deb  nom  berdi.  Uning  fikriga  ko’ra 

flogiston jismlar orasida turlicha taqsimlanadi. Jismda u qancha ko’p bo’lsa, 

jism harorati shuncha ko’p bo’ladi.  




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling