O’zbekiston respublikasi oliy va


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#203121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
termodinamikaning 1-qonuni

3. ICHKI ENERGIYA  

 

Turli  xil  termodinamikaviy  jarayonlarda  jism  ichidagi  energiya 

o’zgarishlari  uning  ichki  energiyasining  o’zgarishi  bilan  bog’lab 

tushuntiriladi.  Ichki  energiya  moddaning  to’liq  zapas  energiyasini 

ifodalaydi.  Ichki  energiya  harakatlanayotgan  molekulalarning  kinetikaviy 

energiyasi,  ularning  potentsial  energiyasi,  elektronlar  energiyasi,  atom 

yadrolari energiyasi va nur energiyasining yig’indisidan iborat, lekin bunga 

umuman  jismning  kinetikaviy  energiyasi  va  jism  holatining  potentsial 

energiyasi  kirmaydi.  Ichki  energiya  moddaning  tabiati  va  miqdoriga, 

shuningdek,  uning  mavjud  bo’lish  sharoitlariga  bog’liq.  Ichki  energiya 

odatda U harfi bilan ifodalanadi. Kimyoviy jarayonlarda ichki energiyaning 

hammasi  to’liq  namoyon  bo’lmaydi,  shuning  uchun  bir  real  jarayonlarda 

ichki  energiya  zaxirasining  o’zgarishinigina  o’rganamiz.  Ichki  energiya 

jismning holati bilan aniqlanadi, ya‘ni u holat funktsiyasidir, shu jihatdan 

u  ish  bilan  issiqlikdan  farqlanadi.  Ish  bilan  issiqlik  jarayoning  qanday 

o’tganligiga  bog’liq,  ichki  energiyaning  o’zgarshi  esa  moddaning  bir 

holatdan ikkinchi holatga qanday yo’l  bilan o’tganligidan qat‘iy nazar ana 



 

shu holatlarning o’ziga bog’liq. Masalan, moddaning boshlang’ich holatida 



ichki energiyasi U

1

, oxirgi holatida U



2

 bo’lsa,  ichki energiyaning o’zgarishi 

ΔU = U

2

 – U



1

  bo’ladi. 

SHunday  qilib,  moddaning  har  qaysi  holatiga  muayyan  ichki  energiya 

muvofiq keladi. 

Sistema  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o’tganda  uning  ichki  energiyasi 

ortishi yoki kamayishi mumkin, shunga ko’ra ichki energiyaning o’zgarishi 

ΔU  musbat  yoki  manfiy  ishorali  bo’ladi.  ΔU  musbat  bo’lsa  sistemaga 

issiqlik yutilgan, manfiy bo’lsa sistemadan issiqlik olingan deyiladi. 




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling