O`zbekiston respublikasi oliy va
Natyurmort qonuniyatlari va tarbiyaviy ahamiyati
Download 489.97 Kb. Pdf ko'rish
|
suv boyoqda ishlash tehnologiyasini
2. Natyurmort qonuniyatlari va tarbiyaviy ahamiyati
Tabiiyki narsalarning o`ziga qarab rasmini chizish darsi deganda chizilayotgan narsalarni har bir o`quvchiga kuzata oladigan holatda shartli joylashtirish kerakligi tushuniladi. Hozirgi mavjud sinflardagi o`quvchilar o`tiradigan partalar asosan uch qator qilib qo`yilgan holatda, agar bitta natryumort sinfda o`rnatilsa va buning ustiga asosiy metodik talablarga rioya qilingan holda o`sha natryumort rasm chizuvchi o`quvchining ko`z ufq chizig’idan balandlikdan pastroqqa o`rnatilgan bo`lsa sinfdagi barcha o`quvchilar bu natryumortni kuzatish imkoniyatiga ega bo`lmaydilar. SHuning uchun, xozirgi sinf xolatidan kelib chiqadigan bo`lsak, bunday darslarni tashkil qilishda natryumort eng kamida ikki joyga, agar iloji bo`lsa uch yoki to`rt joyga qo`shish zarur bo`ladi. Parta qatorlari orasiga talab qilingan balandlikka o`rnatilgan natryumortlarni sinfdagi o`quvchilarning kuzatishlariga ozigna bo`lsa ham qulay sharoit yaratilgan deb hisoblanishi mumkin. Bu usulni qo`llashdagi qo`shimcha talablar: Natryumort tuzish uchun kerakli bo`ladigan narsalarni va tagliklarning etarli miqdorda bo`lishini ta`minlash zarur bo`lib qoladi. Bunda bitta tema yuzasidan natryumort tuzishda har turli narsalardan ham foydalanish mumkinmi yo`qmi degan savol kelib chiqadi. Bunga javoban tanlangan narsalar eng avvalo shakli jihatidan o`tiladigan darsning asosiy temasiga mos keladigan bo`lishi shart. Rasm chizmachilik uchun chiqarilgan tagliklar uch tekislikda bo`lib, bu asosan chizmachilik uchun yaratilgan. Hozirgi kunda rasm darslarida qo`lda tayyorlangan tagliklardan foydalaniladi. Chunki, bunday tagliklarni biron korxonalarda chiqarish yo`lga qo`yilgan emas. SHuning uchun bunday tagliklarni balandlatish va pastlatish mumkin bo`ladigan qilib maktab ustaxonasida yasatib olinsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Sinfda narsnaing o`ziga qarab rasmini chizish darsining tuzilishi. Darsning maqsadi: O`quvchilarda tematik natryumortning umumiy ko`rinishi kompozitsion tuzilishi va qurilish texnikasi bilan tanishtirish.
21
O`quvchilarda sportga bo`lgan qiziqish va sport buyumlari shakllarini qalamda asosan belgilab chizish va uni rangda bo`yash texnikasini hosil qilish. Darsning jihozlanishi: O`qituvchi uchun uchta bir hildagi tematik ishlangan etapli jadvallar osib qo`yiladi. Doskaning chap tomoni ustki qismida esa ishlab tugallagan shakli ilib qo`yiladi. Doskaning pastki qismi ochiq qoldiriladi. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism 2. O`tilgan darsni mustaxkamlash 3. YAngi temani tushuntirish 4. O`quvchilarning mustaqil ishlari 5. Darsni yakunlash O`qituvchi sinfga kirib o`quvchilar bilan salomlashadi, davomatni aniqlaydi, o`tilgan mavzuni sshraydi, o`quvchilarning mustaqil ishlarini ko`radi va yangi mavzuni tushuntiradi. Bolalar siz bu kunga qadar murakkab bo`lmagan natryumortlarni chizdingiz. Bugungi darsimizda ilgargi darslardagi chelak, olma, nok emas, balki bir necha shakllarni o`zida mujassamlashtirgan, murakkabroq kubok, futbol to`pi va gantel kabilarni rasmini ishlaymiz. Quyidagi natryumort rasmni ishlashda siz ko`p narsalarning tasvirini ishlashni bilib olasiz. -Kubokka e`tibor bering, uning shakli qanday ko`rinishga ega? - Gantel’ qanday turibdi? Savollarga javoblar olingach bolalar diqqati doskaga jalb qilinadi. Jadvaldan natryumortni chizish yo`llari hamda uni al’bom varag’iga qanday joylashtirish zarurligi tushuntiriladi. Natryumortni al’bom varag’iga vertikal yoki gorizantal joylashtirish kerakligi va nima uchunligi isbotlab beriladi. CHizishda qo`llaniladigan asosiy va yordamchi chiziqlar o`quvchilarga o`rgatiladi. Bolalar chizishga kirishgach, o`qituvchi partalar oralab o`quvchilar ishini kuzatib boradi. Tushunmagan o`quvchilarga yordam beradi. 22
Natryumortga tushayotgan yorug’ va soya farqlari chegarasi hamda uning rangini engil qilib qalamda belgilab qo`yishlarini eslatiladi. Bolalarga bugungi dars qalam tasvirdan iborat ekanligi, kelgusi darsda ranglar bilan ishlash kerak ekanligi aytib o`tiladi. Ish tugallanishi oldidan bolalarning eng yaxshi, o`rtacha ishlangan ishlari ajratib olinib xato va yutuqlari ko`rsatiladi. Dars oxirida naturani qiynalmay chizish uchun uyga vazifa qilib narsalardan tashkil topgan tematik natryumort qalamda chizib kelish topshiriladi.
Download 489.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling