O`zbekiston respublikasi oliy va
Tanlangan narsalarning o`ziga qarab rasm chizish
Download 489.97 Kb. Pdf ko'rish
|
suv boyoqda ishlash tehnologiyasini
Tanlangan narsalarning o`ziga qarab rasm chizish
mashg’ulotlarini tuzilishi. Dars turi: Narsalarning o`ziga qarab rasmini chizish Dars mavzusi: Harakatdagi odamning xomaki rasmini ishlash Darsning maqsadi: a) O`quvchilarni odam jismini chizishga o`rgatish.
b) xomaki rasm chizishga bo`lgan qiziqishlarini yanada o`stirish. Darsni jihozlanishi: O`qituvchi uchun: xar xil jurnallar, kitoblar. O`quvchilar uchun: al’bom, ish daftar, qalamlar, o`chirgich. Dars rejasi: 1.Tashkiliy qism 2.YAngi mavzuni bayon qilish
3.O`quvchilarning amaliy mashg’ulotlari
4. Uyga berilgan vazifalarni teshkirish
5.Darsni yakunlash 28
Darsning borishi:Sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib, yo`qlama qilinadi va o`quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirib chiqiladi. O`quvchilarga yangi mavzu bayon qilina boshlaydi. Bolalar, bugun siz harakatdagi odamning rasmini xomaki chizishni o`rganasiz. O`qituvchi doskada odam gavdasini qismlarga bo`lib chizib ko`rsatadi. Dastlab ular yoshni aniqlash kerakligini, chunki katta kishining boshi gavdasiga nisbatan 8 marta, yosh bola gavdasi esa 4-5 martagacha kichik bo`lishi haqida tushuntiriladi. So`ng xomaki rasm chizishda quyidagilarga e`tibor berish lozim: 1. Kam chiziqlar chizgan holda odam harakatini to`g’ri aks ettira olish. 2. Tik turgan odam holatini chizganda proportsiya qanaqa bo`lishini to`g’ri joylashtirib boshqa holatlarda bo`lganda masalan: egilganda, o`tirganda, yugurganda, raqsga tushayotganda va boshqa holatlarda tana ayrim qismlarini qisqarishini hisobga olgan holda chizishni. 3.
Xomaki rasm ishlashda odamning yuz tuzilishi, ko`z, qosh, burun, og’iz o`rinlarini faqat chiziqlar bilan ko`rsatib qo`yish kifoyaligini aytadi. Dars temasi bolalarga yanada tushunarliroq bo`lishi uchun o`quvchi doskaga ma`lum bir harakatdagi odamning xomaki rasmini tezda chizib tushuntiradi. O`quvchilar chizilgan rasmni ko`rib bo`lgach darhol rasmni artib tashlaydi. O`qituvchi doskaga sinfdan bir o`quvchini taklif qiladi. Unga tushuntirishga qulay bo`lgan kishiniing harakat vaziyatini ifodalovchi holatda turib berishini aytadi. O`qituvchi o`quvchilarga savol beradi: - O`ng oyog’i qanday holatda turibdi? - Elkalarini chizayotganingizda nimalarni hisobga olishimiz kerak? - Gavdasiga nisbatan boshi qanday holatda? Darsining savol-javob qismidan so`ng o`qituvchi o`quvchilarning ishlarini kuzatib, kamchiliklarini aytib beradi. Dars
so`ngida chizilgan ishlardan talabga
javob beradigan va bermaydiganlari bittadan olinib, ulardagi yutuq va kamchiliklar aytiladi. Uyga vazifa qilib turli holatdagi odamning xomaki rasmini chizib kelish topshiriladi. Darsning ko`rinishi: Naturaga qarab rasm chizish. 29
Darsning mavzusi: Uy ro`zg’or buyumlardan ko`za, kosa, olma, qalampirdan tashkil topgan natryumortni o`ziga qarab rasmini chizish. Darsning maqsadi: O`quvchilarni tematik natryumortning umumiy ko`rinishi bilan tanishtirish. O`quvchilarda uy-ro`zg’or buyumlari qalamda qoidaga asosan belgilab chizish va uni rangda bo`yash texnikasini hosil qilish. Darsni jihozlash: O`qituvchi uchun uchta bir hildagi tematik natryumort, rangli matolar, taglik, qalam va rangda o`qituvchi tomonidan ishlangan ko`rgazma qurollar. O`quvchilar uchun al’bom, oddiy qalam, o`chirgich va qalam chiqargich. Sinf doskasini jihozlash. Dars rejasi: 1. Tashkiliy qism 2. O`tilgan mavzuni mustahkamlash 3. Mustaqil ish 4. Uyga vazifa Darsning borishi: Darsning tashkiliy qismida o`qituvchi sinfga kirgach, birinchi navbatda tartib o`rnatiladi. Navbatchi orqali darsga kelmagan o`quvchilar jurnalga belgilab qo`yiladi. O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi. Baho qo`yiladi. YAngi mavzu nomini o`quvchilar kundaliklarlarga yozib oladilar. YAngi mavzuni bayoni: Bolalar bugun siz bilan bir necha shakllarni o`zida mujassamlashtirgan murakkab ko`za, kosa, olma, qalampirning rasmni ishlaymiz. Diqqat qiling, ishlanadigan narsalarni tahlil qilamiz. Qo`ituvchi savollar bera boshlaydi: -Quyidagi narsalarning qaysi biri bo`yi jixatdan uzun? -Kosa qanday holatda turibdi? -Olma va qalampir kosaga nisbatan necha marta kichik? Savollarga javob olingach, o`qituvchi tasvirni al’bom varag’iga natryumortni vertikal yoki gorizantal ravishda joylashtirish kerakligini va nima 30
uchunligi isbotlab beriladi. O`quvchilar chizayotganda o`qituvchi oralab yurib ishlarni tekshiradi, tushunmagan joylarni tushuntiradi. Bolalarga natryumort tushayotgan yorug’ va soya farqlari, chegarasi hamda ularning rangi engil qilib qalamda belgilab qo`yishlarini esalatadi. Rang quyishda avval suyultirgan holda berilishi, biroz qurigandan so`ng ranglar to`q berilishini tushuntiriladi. O`quvchilar ishni bajara boshlaydilar. Dars tugashiga oz vaqt qolganda chizish jarayonini to`g’ri bajargan va noto`g’ri bajargan bolalarning ishlari yig’ib olinadi. O`quvchilarni yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi. Uyga vazifa, tematik natryumortlarni chizib o`rganish topshiriladi.
Texnika vositalarining o`quvchilar ijodiy aktivligini oshirishga ta`siri. Maktab haqidagi qonunda, oliy va o`rta maxsus ta`limi o`quv yurtlarining ta`lim va tarbiya ishlarida, kino, radio, televizor va boshqa texnika vositalaridan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Bu vazifalarni bajarishda eng asosiy omillardan biri o`qitish ishlarida texnik vositalardan keng foydalanishni amalga oshirishdir. Hozirgi paytda vatanimizda zamonaviy elektron va optik texnikaning taraqqiyoti natijasida yangi-yangi dioproektsiya va kinoproektsiya apparatlari yaratilmoqda. Mavjud texnika vositalarini o`quvchilarning qaysi sezgi organlariga ta`sir etishiga qarab uch gruppaga bo`lish mumkin. 1.Eshitish organiga ta`sir etuvchi magnitafon, radio. 3.
Ko`rish organiga ta`sir etuvchi ediskop, fil’mokson. 4.
Ko`rish va eshitish organiga ta`sir etuvchi kino xamda televizor. Maktablarda tasviriy san`at darslarida qo`llaniladigan texnika vositalarining asosiy turlari fil’maskop FGK-49, allaskop, epidoskop, magnitafon, fotoapparat va boshqalar. O`qituvchi kinofil’m namoyish qilishi maqsadga muvofiqdir. O`quv kinofil’mlarining yuqori badiiy afzalliklari bilan uyg’unlashgan dinamistik g’oyat 31
ko`rgazmalik va aniqlik bolalarning tafakkuri va ruhiyatiga ta`sir qilib, ularning xulq atvorida namoyon bo`ladigan sifatlardir. Tasviriy san`at o`qituvchisi ko`rgazmali vositalarning barchasini o`zida mujassamlashtirgan televideniyaning o`quv vositalari qatoriga qo`shish o`quv tarbiya jarayonini yanada oshiradi va o`qituvchining ishini osonlashtiradi. Televideniya orqali berib borilayotgan tasviriy san`atga oid ko`rsatuvlarni dars mazmuniga ustalik bilan uyg’unlashtirilsa o`quvchilarning bilim olish sifati yanada oshadi.
Hozirgi paytda o`quv jarayonini takomillashtirish davomida o`qitishning kino va diafil’m kabi texnik vositalarni qo`llash katta ahamiyatga ega bo`lmoqda. O`quvchining tasavvur qilish va obrazli tafakkurini o`stirishda texnika vositalaridan foydalanishning ahamiyati katta. O`qituvchi kino, diafil’mlardan o`quvchilarga yangi materialni tushuntirish, rasm chizish tartibini ko`rsatish, o`tilganlarni esga solish, umumlashtirish maqsadlarida foydalanadi. Mavzu asosida rasm chizish mashg’ulotlari bilim yurtlarida rasm chizish darslarining muhim turlaridan biri hisoblanadi. Bu mashg’ulotlar rasm chizish malakalarini har tomonlama kamol toptirish bilan birga tafakkur, ijodiy qobilyat, badiiy ijod kabi hislatlarni rivojlantiradi. Mavzu asosida rasm chizish ilgari ko`rilgan nasra va hodisalarni eslash asosida yoki, tasavvur etib amalga oshiriladi. Mavzu asosida rasm chizishda tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni kuzata bilish va ularni esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Mavzu asosida rasm chizishning 2 turi mavjud: 1. tevarak atrofdagi hayotdan olingan mavzular asosida rasm chizish. 2. adabiy asarlarga iilyustralar chizish. Tevarak atrofdagi hayotdan olingan mavzular asosida rasm chizish uchun “SHahar ko`chalari”, “Baxor manzaralari”, “Bizning qishloq” kabi mavzular tanlanadi. Mavzu asosida rasm chizganda asosiy e`tiborni voqeadagi eng qiziqarli
32
jarayonga, narsa va ko`nikmalarning o`ziga xos holatiga, perespektiva va realistika, yorug’-soya qoidalariga qaratilishi lozim. Ish jarayonida tanlangan mavzuga oid rasmning bir necha variantlaridan chizib ko`rish, rasm chizish kompozitsiyasi va mavzuning qiziqarli bo`lishiga olib keladi. Mavzu asosida rasm chizish quyidagi izohlilikda amalga oshiriladi. 1. Mavzuga xos mazmun tanlash. 2. Mavzuga oid materiallar to`plash. 3. Rasm eskizini chizib olish. 4. Ma`qul bo`lgan eskizni oqqa ko`chirish. 5. Rasmdagi obrazlar va ularning ijodliligini chizish ustida ishlash. Maktablarda tasviriy san`at darslarida qo`llaniladigan texnika vositalarining asosiy turlari fil’maskop FGK-49, allaskop, epidoskop, magnitafon, fotoapparat va boshqalar. O`qituvchi kinofil’m namoyish qilishi maqsadga muvofiqdir. O`quv kinofil’mlarining yuqori badiiy afzalliklari bilan uyg’unlashgan dinamistik g’oyat ko`rgazmalik va aniqlik bolalarning tafakkuri va ruhiyatiga ta`sir qilib, ularning xulq atvorida namoyon bo`ladigan sifatlardir. Tasviriy san`at o`qituvchisi ko`rgazmali vositalarning barchasini o`zida mujassamlashtirgan televideniyaning o`quv vositalari qatoriga qo`shish o`quv tarbiya jarayonini yanada oshiradi va o`qituvchining ishini osonlashtiradi. Televideniya orqali berib borilayotgan tasviriy san`atga oid ko`rsatuvlarni dars mazmuniga ustalik bilan uyg’unlashtirilsa o`quvchilarning bilim olish sifati yanada oshadi.
Hozirgi paytda o`quv jarayonini takomillashtirish davomida o`qitishning kino va diafil’m kabi texnik vositalarni qo`llash katta ahamiyatga ega bo`lmoqda. O`quvchining tasavvur qilish va obrazli tafakkurini o`stirishda texnika vositalaridan foydalanishning ahamiyati katta. 33
O`qituvchi kino, diafil’mlardan o`quvchilarga yangi materialni tushuntirish, rasm chizish tartibini ko`rsatish, o`tilganlarni esga solish, umumlashtirish maqsadlarida foydalanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling