O`zbekiston respublikasi oliy va


Download 489.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi489.97 Kb.
#216316
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
suv boyoqda ishlash tehnologiyasini

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

23 


3. Suv bo’yoqda natyurmort ishlashda ranglarning o’ziga hosligi 

 

Narsani  kuzata  bilish  va  uni  tasvirlash  malakalarini      egallash  uchun  va 



tartiblik  bilan  ongli  ravishda  ish  yuritish  kerak  bo`ladi.  YOzish  va  o`qishni 

o`rgangandek qunti bilan, chidam bilan muntazam mashq qilgan kishi to`g’ri rasm 

chizishni ham o`rgana oladi.  

Tevarak  atrofimizdagi  narsalar  shakl  jihatidan  turli-tumandir.  Ularni 

tuzilishiga ko`ra shartli ravishda yassi va hajmli  narsalarga ajratish mumkin. 

Narsalarni  haqqoniy  tasvirlashda  ularning  shaklini,  tuzilishini  to`g’ri    topa 

bilishning  ahamiyati  kattadir,  chunki  narsa  rasmda  to`g’ri  ta`sir  etilmasa  u  hech 

qachon  aslida  o`xshatmaydi.  Narsani  o`ziga  qarab  rasm  chizganda  u  kishiga 

qanday  ko`rinsa,  shunday  tasvirlanadi.  Narsaning  rasmini  chizish  uchun  ularni 

chizuvchiga  nisbatan    pastroq  yoki  balandroqqa,  chaproq  yoki  o`ngroq  tomonga 

yoki  uning  chorasidga  qo`yish  mumikn.  SHuningdek  to`g’ri  burchakli  narsalarni 

masalan: kitob, jamadon, stul rasm chizuvchiga nisbatan burchak qilib qo`yish ham 

mumkin.  

Narsaning  o`ziga  qarab  rasm  chizishdan  avval  ularni  yaxshilab  kuzatish  va 

tahlil  qilish  zarur.  So`ngra  tasvirni  qog’ozga  qanday  joylashtirish  haqida  o`ylab 

olish va shundan keyingina rasm chizishga keltirish zarur. 

Narsaning  o`ziga  qarab  rasm  chizganda  quyidagi  tartibga  amal  qilinadi. 

CHiziladigan  narsani  to`g’ri  chizilmasa  hech  qachon  asliga  o`xshamaydi. 

Nnarsaning  o`ziga  qarab  rasm  chizganda  quyidagi  tartibda  amalga  oishiriladi: 

qo`yish va uni sinchiklab kuzatish, rasm chizish uchun kerakli hamma sharoitlarni 

yaratish,  rasmga  qalamni  qattiq  bosmasdan  engil  chiziqlar  bilan  chizish,  rasm 

chizganda yordachmi chiziqlardan keng foydalanish. Ish jarayonida  umumiyatdan 

bo`laklarga, bo`laklardan yani umumiylikka borish tamoyiliga rioya qilish, narsani 

uning rasmi bilan va aksincha, rasmni narsa bilan tez-tez solishtirib turish, yorug’, 

soya,  yarim  soya  va  reflekslarni  tasvirlashda  yorug’  soya  qoidalariga  amal  qilish, 

hamda  narsalarning  shaklini    proportsiya  va  o`lchov  nisbatlarini  qismlarning

 

Tabiiyki  narsalarning  o`ziga  qarab  rasmini  chizish  darsi  deganda 




 

24 


chizilayotgan  narsalarni  har  bir  o`quvchiga  kuzata  oladigan  holatda  shartli 

joylashtirish kerakligi tushuniladi.  

Hozirgi mavjud sinflardagi o`quvchilar o`tiradigan partalar asosan uch qator 

qilib  qo`yilgan  holatda,  agar  bitta  natryumort  sinfda  o`rnatilsa  va  buning  ustiga 

asosiy  metodik  talablarga  rioya  qilingan  holda  o`sha  natryumort  rasm  chizuvchi 

o`quvchining  ko`z  ufq  chizig’idan  balandlikdan  pastroqqa  o`rnatilgan  bo`lsa 

sinfdagi  barcha  o`quvchilar  bu  natryumortni  kuzatish  imkoniyatiga  ega 

bo`lmaydilar.    SHuning  uchun,  xozirgi  sinf  xolatidan  kelib  chiqadigan  bo`lsak, 

bunday  darslarni  tashkil  qilishda  natryumort  eng  kamida  ikki  joyga,  agar  iloji 

bo`lsa uch yoki to`rt joyga qo`shish zarur bo`ladi.  

Parta qatorlari orasiga talab qilingan balandlikka o`rnatilgan natryumortlarni  

sinfdagi o`quvchilarning kuzatishlariga ozigna bo`lsa ham qulay sharoit yaratilgan 

deb hisoblanishi mumkin. Bu usulni qo`llashdagi qo`shimcha talablar: 

Natryumort tuzish uchun kerakli bo`ladigan narsalarni  va tagliklarning etarli 

miqdorda  bo`lishini  ta`minlash  zarur  bo`lib  qoladi.  Bunda  bitta  tema  yuzasidan 

natryumort  tuzishda  har  turli  narsalardan  ham  foydalanish  mumkinmi  yo`qmi 

degan  savol  kelib  chiqadi.  Bunga  javoban  tanlangan  narsalar  eng  avvalo  shakli 

jihatidan o`tiladigan darsning asosiy temasiga mos keladigan bo`lishi shart. 

Rasm  chizmachilik  uchun  chiqarilgan  tagliklar  uch  tekislikda  bo`lib,  bu 

asosan  chizmachilik  uchun  yaratilgan.  Hozirgi  kunda  rasm  darslarida  qo`lda 

tayyorlangan  tagliklardan  foydalaniladi.  CHunki,  bunday  tagliklarni  biron 

korxonalarda chiqarish yo`lga qo`yilgan emas. 

SHuning  uchun  bunday  tagliklarni  balandlatish  va  pastlatish  mumkin 

bo`ladigan qilib maktab ustaxonasida yasatib olinsa maqsadga muvofiq bo`ladi.  

Sinfda narsnaing o`ziga qarab rasmini chizish darsining tuzilishi. 

Darsning maqsadi: O`quvchilarda tematik natryumortning umumiy ko`rinishi 

kompozitsion tuzilishi va qurilish texnikasi bilan tanishtirish. 

O`quvchilarda  sportga  bo`lgan  qiziqish  va  sport  buyumlari  shakllarini 

qalamda asosan belgilab chizish va uni rangda bo`yash  texnikasini hosil qilish. 



 

25 


Darsning  jihozlanishi:  O`qituvchi  uchun  uchta  bir  hildagi  tematik  ishlangan 

etapli jadvallar osib qo`yiladi.  

Doskaning  chap  tomoni  ustki  qismida  esa  ishlab  tugallagan  shakli  ilib 

qo`yiladi. 

Doskaning pastki qismi ochiq qoldiriladi. 

Darsning borishi: 

1. Tashkiliy qism  

2. O`tilgan darsni mustaxkamlash 

3.YAngi temani tushuntirish  

4.O`quvchilarning mustaqil ishlari  

5.Darsni yakunlash 

O`qituvchi sinfga kirib o`quvchilar bilan salomlashadi, davomatni aniqlaydi, 

o`tilgan  mavzuni  so`raydi,  o`quvchilarning  mustaqil  ishlarini  ko`radi  va  yangi 

mavzuni tushuntiradi.     

Bolalar siz bu kunga qadar murakkab bo`lmagan natryumortlarni chizdingiz. 

Bugungi  darsimizda    ilgargi  darslardagi  chelak,  olma,  nok  emas,  balki  bir  necha 

shakllarni  o`zida  mujassamlashtirgan,  murakkabroq  kubok,  futbol  to`pi  va  gantel 

kabilarni  rasmini  ishlaymiz.  Quyidagi  natryumort  rasmni  ishlashda  siz  ko`p 

narsalarning tasvirini ishlashni bilib olasiz. 

-Kubokka e`tibor bering, uning shakli qanday ko`rinishga ega? 

- Gantel’ qanday turibdi? 

Savollarga javoblar olingach bolalar diqqati doskaga jalb qilinadi. Jadvaldan 

natryumortni  chizish  yo`llari  hamda  uni  al’bom  varag’iga  qanday  joylashtirish 

zarurligi  tushuntiriladi.  Natryumortni  al’bom  varag’iga  vertikal  yoki  gorizantal 

joylashtirish  kerakligi  va  nima  uchunligi  isbotlab  beriladi.  CHizishda 

qo`llaniladigan asosiy va yordamchi chiziqlar o`quvchilarga o`rgatiladi. 

Bolalar  chizishga  kirishgach,  o`qituvchi  partalar  oralab  o`quvchilar  ishini 

kuzatib boradi. Tushunmagan o`quvchilarga yordam beradi.  

Natryumortga  tushayotgan  yorug’  va  soya  farqlari  chegarasi  hamda  uning 

rangini engil qilib qalamda belgilab qo`yishlarini eslatiladi. Bolalarga bugungi dars 




 

26 


qalam tasvirdan iborat ekanligi, kelgusi darsda ranglar bilan ishlash kerak ekanligi 

aytib  o`tiladi.  Ish  tugallanishi  oldidan  bolalarning  eng  yaxshi,  o`rtacha  ishlangan 

ishlari ajratib olinib xato va yutuqlari ko`rsatiladi. Dars oxirida naturani qiynalmay 

chizish  uchun  uyga  vazifa  qilib  narsalardan  tashkil  topgan  tematik  natryumort 

qalamda chizib kelish topshiriladi. 

O`quvchilardan  ko`rgan  narsalarining  formasini,  rangini  va  ularning 

fazodagi  holatini    ajrata  bilish, idrok  eta  bilish:  rasmning  kishi  hayotidagi  amaliy 

ahamiyatini  ko`rsatib  berish.  O`quvchilarni  mehnat  faoliyatiga  ijtimoiy-foydali 

ishga,  texnika  va  badiy  sanoat  sohasidagi    bilimga  o`rgatish,  foydalana  bilishga 

o`rgatish,  o`quvchilarni  mehnat  sevarlik,  saramjonlik-sarishtalik,  puxtalik  va 

matonat ruhida tarbiyalash. 

YUqorida  aytib  o`tilganlarga  asosan  programmada  mashg’ulotning    4  xili 

olindi: narsaning o`ziga qarab rasm chizish, mavzu asosida rasm chizish, dekorativ 

rasm chizish, badiiy asarlar reproduktsiyalarini ko`rsatish yo`li bilan tasviriy san`at 

to`g’risida suxbatlar o`tkazish.  

Narsaning o`ziga qarab rasm chizish. 

1-2  sinflarda  narsaning  o`ziga  qarab  rasmini  chizish  mashg’ulotlarida 

tanlanadigan materiallar sodda bo`lishi kerak.   

 1-3  sinf    o`quvchilari  rasm    chizishda    endigina  ko`nikma  xosil 

qilayotganlari  uchun  ulardan  narsalarning  perspektiv  qisqarishlari    talab 

qilinmaydi. 

Rasmni  chiziladigan  model  sinfdagi  xamma  o`quvchiga  yaqqol  ko`rinib 

turishi lozim  

1 va 2 sinflarda narsaning o`ziga qarab rasm chizish uchun material sifatida  

o`quvchi, o`quvchi  daftari, papka, g’ildirakcha, bayroqcha barg kabi yassi narsalar 

olinadi. Bolalar sharini esa faqat aylana chizig’ini chizdirib ishlatish mumkun.   

SHuni  unutmaslik  kerakki,  o`quvchi  papkasi  o`yinchoq  baliq  kabilarning 

rasmini  chizdirganda  ularning  qalinligini  xisobga  olinmasdan,  shartli  ravishda 

yassi deb qabul qilinmog’i lozim.  



 

27 


3-chi  sinfda  o`quvchilar  narsalarini  perspektiva  asosida  tasvirlashga 

o`tadilar.  Rasm  chizdirgan  xajmli  narsalar  o`quvchilarga  nisbatan  turli  xolda 

to`g’ri burchagi bilan va ufq chizig’idan pasga qo`yiladi.  

Bunda o`quvchidan narsaning, masalan, tsilindir yoki kesik konus shaklidagi  

chelakning  ufq  chizig’idan  pasdagi  xolatning  rasmini  chizishda  chelak  og’zi 

aylanasining qisqarib, oval shaklida ko`rinishini            tushunib chizishini talab 

qilinadi.  Kub  to`g’ri  burchakli  narsa  bo`lishiga  qaramasdan,  uning  rasmini  ufq 

chizig’idan.  Pastda  rasm  ishlayotgan  o`quvchiga  to`g’ridan  ko`rinadigan  qilib 

qo`yilgan  xolatda  chizilsa,  uning  ustki  yuzasi  endi  oldi  yuzasiga  o`xshab  kvadrat 

xolatda emas, balki qisqarib trapesiya shaklda ko`rinadi.  

Ustki  yuzasining  oldi  tomonidagi  burchaklari  o`tkir  burchaklarga  o`xshab 

ko`rinadi. Ko`pchilik o`quvchilar pespektiva qoidalarini yaxshi tushunmaganliklari 

uchun  biror  buyumning  masalan:  kub  yoki  kelakning  rasmini  chizayotganlarida 

uning ustki yuzalaridagi perspektiv qisqarishni to`g’ri aks ettira olmaydilar. 




Download 489.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling