O`zbekiston respublikasi oliy va


Download 489.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi489.97 Kb.
#216316
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
suv boyoqda ishlash tehnologiyasini



 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA  

O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

 

“Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi” 

 ta’lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi 

 

Abduvahobova Gullolaning 

 

“Suv bo’yoqda ishlash tehnologiyasini” 

 Mavzusidagi 

 

REFERATI 

 

 



 

 

 



 

Kurs ishi rahbari:  

 

 

 

M.Zokirova 

 

Andijon-2014 y 


 



 



REJA 

 

KIRISH 

 

1. NATYURMORT JANRIGA HOS MASHG’ULOTLARNI TASHKIL 

ETISHI 

 

2.  NATYURMORT QONUNIYATLARI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI 

 

3.  SUV BO’YOQDA NATYURMORT ISHLASHDA RANGLARNING 

O’ZIGA HOSLIGI  

 

4.  TASVIRIY SAN’ATDA YANGI PEDAGOGIK 

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 

 

XULOSA 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

 

 



 

                                          

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 

 

 

Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  Respublikamizda  xalq 



ta`limining tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga 

olib  chiqish  masalasi  kun  tartibiga  qo`yildi.  SHu  maqsadda  1992-yil  iyulda 

“Ta`lim  to`g’risida”gi  qonun  e`lon  qilindi.  Bu  xujjatda  ko`rsatilgan  reja  va 

tadbirlarni  amaliyotga  joriy  etish  davlat  siyosatining  ustuvor  yo`nalishi  deb 

qaraladi. 

 

Natijada  umumiy  o`rta  ta`lim  maktablaridagi  barcha  o`quv  fanlari  qatori 



“Umumta`lim maktablarida tasviriy san`at ta`limi kontseptsiyasi” ham tayyorlandi 

va  u  O`zbekiston  xalq    ta`limi  vazirligi  kallogiyasining  1993-yil    5  may  5-sonli 

qarori  bilan  tasdiqlanadi.  Mazkur  kontseptsiyada  qayd  qilinganidek,  uni 

tayyorlashda quyidagi omillarni hisobga olingan edi. 

 

-Mustaqil  O`zbekiston  sharoitidagi  o`zbek  bolasini  shakllantirishga  bo`lgan 



zamonaviy talablar. 

 

-Ta`lim-tarbiya  milliy  madaniyat  va  san`at  asosida  amalga  oshirishni 



kengaytirish. 

 

-Ta`lim-tarbiyani amalga oshirishda O`zbekiston sharq mamlakati ekanligini 



hisobga olish va shu asosda badiiy ta`lim mazmuniga tegishli o`zgarishlar kiritish. 

 

-Maktabdagi  badiiy  ta`limni  amalga  oshirishda  bolalarni  fikrlashga,  ishga 



ijodiy  munosabatda  bo`lishni  ko`paytirish,  ularni  yuksak  did  va  madaniyatli  qilib 

shakllantirishga qaratish. 

Maktabda  bolalarni  tasviriy  san`atdan  bilim  va  malakalarini  puxta  egallashlariga 

qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta`limni joriy etish. 

 

-O`zbekiston maktablarida tasviriy san`at ta`limi mazmunini dunyo standarti 



darajasiga olib chiqish. 

 

Bu  g’oyalar    so`zsiz  barkamol  komil  insonni  shakllantirishga  zamin  bo`lib, 



unda  tasviriy  san`atni  o`qitilishining  yaqin  va  uzoq  yillarida  rivojlantirishga 

mo`ljallangan yo`nalishlari bayon etildi. 




 

 



Kontseptsiyadan tegishli xulosalar chiqargan xolda tasviriy san`atdan davlat 

ta`lim  standarti  va  variantiv  dasturlarni  ishlab  chiqish  ishlari  boshlab  yuborildi. 

Natijada  1-4  sinflar  uchun  270  soatga  mo`ljallangan  “Tasviriy  san`at  va  badiiy 

mehnat”,  1-7-sinflar  uchun  245  soatga  mo`ljallangan  560  soati  “Tasviriy  san`at” 

dasturi  ham  ishlab  chiqildi.  Bu  dasturlar  milliy  mustaqillik  mafkurasi  asosida 

tayyorlangan bo`lib, ular tasviriy san`at o`quv predmetining maqsad va vazifalari, 

ta`lim  mazmuni  moddiy  texnikaviy  asoslarida  o`z  ifodasini  topdi.  Tasviriy  san`at 

darslarini yaratish bilan bir qatorda o`qituvchilar uchun “Tasviriy san`at va badiiy 

mehnat  darslari”  T.Xasanovning  5-sinf  o`qituvchilari  uchun  “Tasviriy  san`at 

darslari” nomli qo`llanmalari chop etildi. 

 

YAngi dastur asosida tasviriy san`at darsliklarini yaratish muammosi paydo 



bo`ldi. Natijada 1996-1998 yillar davomida 1-4 sinflarda uchun “Tasviriy san`at va 

badiiy  mehnat”  darsliklari  yaratildi,  biroq  ulardan  1989-yilda  faqat  birinchi  sinf 

darsligi  chop  etildi  xolos.  Mazkur  darslik  O`zbekiston  maktablari  uchun  rus, 

qozoq,  qirg’iz,  turkman,  tojik,  qoraqalpoq  tillarida  ham  nashr  etildi.  Boshqa 

sinflari esa 1999-yilda yangi o`quv rejalari va ta`limning davlat standartlari ishlab 

chiqilishi munosabati bilan nashr ettirilmay qolgan edi. Ta`limning davlat standarti 

bu o`quv predmetiga har bir sinfda haftasiga bir soatdan vaqt ajartilgan edi. 

 

R.Xasanovning  fakul’tativ  mashg’ulotlar  uchun  “Tasviriy  san`at”, 



“O`qituvchining o`zi ustida  mustaqil ishlash dasturi”, “tasviriy san`at darsliklarini 

yaratish  muzokaralari”,  O.Xudoyberdievning  “O`zbekiston  maktablarida  tasviriy 

san`atni  o`qitish  tarixidan”,  B.Boylitov  va  N.Tolipovlarning  “Maktabda  tasviriy 

san`at to`garagi” nomli risolalari ham amaliyotchilarga etkazildi.  

 

O`zbekiston  pedagogika  fanlari  milliy  tadqiqot  institutining  “San`at  va 



chizmachilikni  o`qitish  nazariyasi  va  metodikasi”  bo`limida  “O`quvchilarni 

tasviriy san`atdan tashqari shlar metodikasi”ga oid tadqiqotlar ham olib borildi. 

 

1995-yilda  buyuk  naqqosh  va  musavvir  Kamoliddin  Bexzod  tavalludining 



540-yilligi  munosabati  bilan  pedagogika  fanlari  milliy  tadqiqot  institutida 

“Kamoliddin  Bexzod  hayoti  va  ijodini  o`rganishning  pedagogik  ahamiyati”  

mavzusida  Respublika  ilmiy-amaliy  anjumani  o`tkazilgan.  2000-yilda  esa 



 

Kamoliddin  Bexzod  tavalludining  545  yilligi  munosabati  bilan    “Kamoliddin 



Bexzod  jahon  tasviriy  san`ati  va  ta`lim  tizimiga  ta`siri”  mavzusida  ana  shunday 

anjuman o`tkazildi. Ikkala anjuman materiallari ham to`plam shaklida chop etildi. 

 

Mustaqillik  yillaridan  so`ng  bir  nechta  tahliliy  nuqtalar  ya`ni  barcha 



fanlardan  davlat  ta`lim  standartini  yaratish  va  amaliyotga  joriy  etish  belgilab 

berilgan.  Barcha  fanlar  qatori  “Tasviriy  san`at”  o`quv  predmetidan  ta`limning 

davlat ta`lim standarti  ham tayyorlandi.  

 

Bu  standartda  o`quvchilarni  1-7  sinflarda  tasviriy  san`atdan  o`zlashtirishi 



lozim  bo`lgan  bilim    va    malakalar  belgilab  berilgan  edi.  Unda  tasviriy  san`at 

o`quv  predmetining  maqsad  va  vazifalari  faolit  turlariga  doir  ko`rsatmalar  ham 

bayon  etilgan,  tasviriy  san`at  mashg’ulotlarining  turlari  sifatida  borliqni  idrok 

etish,  badiiy  qurilish-yasash,  naturaga  qarab  rasm  tasvirlash,  san`atshunoslik 

asarlari, kompozitsiya bo`limlari qayd etildi.  

 

Mustaqillik yillarida  O`zbekiston umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy 



san`atni  o`qitilishini  takomillashtirish  borasida  bir  qator  ilmiy  tadqiqotlar  olib 

borilib,  yaxshi  natijalarga  erishildi.  Bu  tadqiqotlarning  natijalari  dissertatsiya 

shaklida  himoya  qilindi.  Ular  R.Xasanovning  1994-yilda  “O`zbekiston 

umumta`lim  maktablarida  badiiy  kasb-xunarlarga  yo`llash”,    O.Xudoyorovning 

1997-yildagi    “O`zbekiston  umumta`lim  maktablarida  tasviriy  san`at  o`qitilishing 

shakllanishi va taraqqiyoti” mavzularidagi nomzodlik dissertatsiyalaridir. 

 

Mustaqillik    yillarida  tasviriy  san`at  o`qituvchilarini  tayyorlashga  alohida  



e`tibor  berila  boshladi.  Xususan  2002-yildan  boshlab    Respublikamiz 

shaxarlaridagi  institut  va  universitetlarda  maxsus  fakul’tet  va  bo`limlar  faolit 

ko`rsata boshladi.  

 

 



 

 

 



 


 




Download 489.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling