O`zbekiston respublikasi oliy va
Natyurmort janriga hos mashg’ulotlarni tashkil etishi
Download 489.97 Kb. Pdf ko'rish
|
suv boyoqda ishlash tehnologiyasini
1. Natyurmort janriga hos mashg’ulotlarni tashkil etishi.
Maktablarlda va boshqa o`quv muassasalarida rasm chizish darslarida ta`lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishda tasviriy san`atning 5 turidan foydalaniladi. 1. Narsani o`ziga qarab rasm chizish. 2. Mavzu asosida rasm chizish. 3. Dekorativ rasm chizish. 4. Grafika 5. YOzuv taxtasida rasm chizish. Ushbu mashg’ulot turlarining xar birini o`ziga xos xususiyatlari borligiga qaramasdan, ular o`zaro bog’liq xolda olib boriladi.
Narsani o`ziga qarab rasm chizish, rasm chizish mashg’ulotlarining asosiy bo`limlaridan biri hisoblanadi. Mashg’ulotning bu turi ko`rgazmalilik tamoyiliga asoslanganligi sababli rasm chizish asarlarini o`rganishda yaxshi natijalar beradi va u shaxsning xar tomonlama kamol topshida katta ahamiyatga ega. Narsani o`ziga qarab rasm chizish o`quvchilarning fikrlash jarayonini va kuzatishni maqsadga muvofiq xolda olib borishga o`rgatadi, ularda narsani qabul qila bilishga qiziqish uyg’otadi. Bu esa rasm chizishning boshqa turidagi tasvirlash faoliyati uchun katta ahamiyatga egadir.
Real borliqni bilish ko`p jixatdan kishilarning ko`rish qobilyatiga bog’liqdir. Narsani o`ziga qarab rasm chizish esa ko`rish qobilyatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bajariladigan vazifa qanday bo`lishidan qat`iy nazar, u aqliy faoliyatni ma`lum miqdorda faollashtirishni taqazo etadi. Narsani o`ziga qarab rasm chizishda chizuvchi naturani sinchiklab o`rganadi. Uning tuzilishini o`ziga xos belgilarini aniqlashga harakat qiladi, qismlarga ajratadi, solishtiradi va xokazo. Bularning hammasi aqliy faoliyat bilan bevosita bog’liqdir. Uch o`lchovli xajmli buyumlarni ikki o`lchovli qog’oz betiga tasvirlashning murakkabligi fazoviy xolat haqidagi tushuncha va tasavurlarni o`stirishga olib keladi. Har qanday fikrni tasviriy holda ifoda etish tasvirlanadigan narsalarning tuzilishini, bo`laklarning
7 o`zaro bog’liqligi, o`ziga xos xususiyatlari fazoviy holati va boshqalarni ko`z oldiga keltirish bilan bog’liqdir. Narsani o`ziga qarab rasm chizish aniq obrazni tushunchalarni o`stirish orqali hotira faoliyatini mustahkamlaydi. Bu ayniqsa narsani xotiradan chizishda ko`zga yaqqol tashlanadi. Narsani o`ziga qarab rasm chizish jarayonida abstrakt tafakukur ham rivojlanadi, chunki narsalar shaklining tuzilishini tahlil qilish avstrakt tafakkursiz amalga oshmaydi. Rasm chizish esa tuzilishini tahlil qilish bilan uzluksiz bog’liqdir. Narsani o`ziga qarab rasm chizish jarayoni, narsani kuzatish, uni atroflicha taxlil qilish va tasvirlashdan iboratdir. Narsani rasmini to`g’ri va ishonarli tarzda tasvirlash uchun ularni kuzata bilish, o`rganish zarur. Kuzatish deganda narsaga qarab uni shaklini, rangini, tuzilishini, o`lchov va bo`laklarining nisbati, ularning fazoviy holati va hokazolarni aniqlash tushuniladi. O`quvchilarga maktablarda tasviriy san`atning besh turi bo`yicha ta`lim- tarbiya berib boriladi. 1. Narsaning o`ziga qarab rasm chizi. 2. Dekorativ /bezakli/ rasm chizish. 3. Tema asosida rasm chizish. 4. Xaykaltaroshlik. 5. San`atni va boshqani idrok etish bo`yicha. O`quvchilarning aktivligini oshirish narsalarning o`ziga qarab rasm chizish darsning ahamiyati shundan iboratki, bolalarda estetik his-tuyg’u, go`zal narsalarga estetik munosabatda bo`lish, badiiy faoliyat va san`atga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalab, ularga shakl, fazo, hajm, qonunlari haqida ma`lumot berish. Rasm chizish-tekis yuzada biron bir narsani tasvirlash san`atidir. Rasm chizish orqali har qanday narsani shaklini qog’ozda aks ettira olamiz. Rasm chizayotgan kishi, o`zi ko`rayotgan narsani qog’ozga o`tkazar ekan, bu naturaning ya`ni narsaning o`ziga qarab rasmini chizish turi deb ataladi. Narsaning o`ziga qarab rasmini chizish- real tabiiy bor narsani chizish demakdir. Narsaning o`ziga qarab rasmini chizish o`quvchilarga rasm chizini o`rgatish mashg’ulotlarining asosiy turidir. Bu mashg’ulotlar o`quvchilarning narsani tashqi
8 olamda tasavvur qilish, uning holati, shakli, materiali, rangi to`g’risida aniq tushunchaga ega bo`lish ko`nikmalarini o`stiradi. Narsaning o`ziga qarab rasmini chizish jarayoni bolaning xotirsini o`sishiga ham ta`sir qiladi. O`quvchi rasm chizar ekan uning fikrlashi rivojlanadi. O`quvchi narsaning rasmini chizar ekan, o`sha narsnaing tuzilishi haqida aniq tasavvurga ega bo`lishi kerak. Narsaning formasi murakkablashgan sari tuzuvchidan narsani chuqurroq o`rganishni talab qiladi. Narsa uning formasi va xarakteri to`g’risida aniq va to`g’ri tushunchani o`quvchi o`z ongida aks ettira olmasa, u rasmni to`g’ri chiza olmasligi muqarrardir. O`quvchilar kubning rasmini chizar ekanlar, uning qanaqa tuzilishda ekanligi haqida tasavvurga ega holda chizadilar. Lekin ular tasavvurga ega bo`lmagan narsani chizishda ko`p xatoliklarga yo`l qo`yishlari mumkin. Buyuk ital’yan rassomi Mikeland-Jelo Buanorroti “Rasmni qo`l bilan esam, miya bilan chizish kerak” degan edi. Rassom bu so`zlari bilan shunchaki ko`chirib chizishdan emas, balki narsa haqida obrazli tushunchaga ega bo`lib chizishning ahamiyatini ta`kidlaydi. Narsani o`ziga qarab rasm chizish jarayoni mashg’ulotlarning asosiy turidir va kishining narsani tashqi olamda tasavvur qilish, ya`ni uning xajmi, shakli, materiali, rangi, xolati to`g’risida aniq ko`nikmalarni o`stiradi. Narsaning o`ziga qarab rasmini chizishni o`sha narsani har tomonlama tekshirishdan boshlash kerak. Bunda dastavval narsa tuzilishidagi eng xarakterli tomonlar uning rangi, xolati, yorug’lik manbai, xajmi aniqlanadi. Narsaga turli nuqtalardan qarash o`sha narsa to`g’risida mukammal tasavvur hosil qilishga katta yordam beradi. Narsaning o`ziga qarab rasmini chizish mashg’uloti o`quvchilarni fikrlashga, naturani analiz qilishga, kuzatishga o`rgatadi va ularni keyingi o`quv bosqichlariga tayyorlab beradi. Narsalarni o`ziga qarab rasm chizish jarayonida o`quvchilar natura predmetlari rasmini o`xshatishni o`rganadilar. SHu bilan birga naturadagi narsalar,
9 xajmini aniqlab, ularning rangi hamda bir-biriga bo`lgan katta-kichik nisbatlarini bilib boradi. Natura narsaning ishlash jarayonida materiallarni qalamda yoki rangda bera olish xususiyatlarini o`rganib, natura xarakteri va undagi narsalarning tuzilish strukturasi bilan tanishadilar. Natura haqida aniq tushunchaga ega bo`ladilar. YUqorida aytib o`tilgan fikrlarimizning isboti sifatida mashxur frantsuz ma`rifatparvari Jan Jak Russo so`zlarini eslab o`tishimiz mumkin “Bolalarning rasm chizib o`rganishlari, ularning faqat tasviriy san`atlarga qiziqishlari uchun emas, balki ularni ko`zlarini o`tkir, qo`llarini ixcham bo`lishi uchun ham foydalidir.” Narsaga qarab rasmini ishlash darsi hajmsiz narsalarni chizishdan boshlanadi. Masalan: bayroqcha, daraxt bargi, daftar va shu kabilar. Ikki proportsiya nisbatini o`rganishda asta-sekinlik bilan xajmli narsalar randa, bolg’a va boshqa shu kabilar rasmlari chiziladi. Narsaning o`ziga qarab rasm chizish mashg’ulotlarining yana bir turi chiziqli perspektiva qoidalariga asoslanib rasm chizish bo`lib bunda o`quvchilar kubning, yashikning o`ziga qarab rasmini chizishning qonun-qoidalari bilan tanishib boradilar. Tasviryi san`atni o`qitishda o`quvchilarning ijobiy
qobilyatlarini rivojlantirish metodikasi uch asosiy yo`nalishga ega: 1. Asliga qarab chizish 2. Kompozitsiya asoslarini o`zlashtirish 3. Mustaqil tasviriy ijodiyot Narsaning o`ziga qarab rasm chizishda o`quvchilar narsalarni kuzatish orqali qalam va bo`yoqlar bilan ularning rasmini ishlash masalalarini hosil qiladilar va o`stiradilar. Bunday mashg’ulotlarda bolalar rangshunoslikdan elementlar bilimlarga ega bo`ladilar. Obrazli fikr yuritish malakalarini hosil qiladilar. Narsalarning o`ziga qarab rasm chizish mashg’ulotlarida turli-tuman predmet rasmlarini chizish bilan o`simliklar, gullar, daraxtlar, qush va hayvon rasmlari ham chiziladi. CHizishdan avval ularni tahlil qilish va o`rganish 10
bolalardagi eng yaxshi sifat-borliqni bilishga xizmat qiladi. Ularning bilim doirasini kengaytiradi. O`simlik va hayvonot dunyosini o`rganish esa ona tabiat haqidagi dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Rasm chizish jarayoni bolalarda aqliy faoliyatning o`qishi ham naturasini kuzatish, uning o`ziga xos xususiyatlarini belgilash, narsalarning tuzilishi bilan bog’liqdir. Dars jarayonida narsalar haqida tushunchalar xosil qilish, fikr yuritish, ular xaqida o`ylab ko`rish, solishtirish, ushlab ko`rish, xulosalar qilish bolalarda fikrlash qobilyatining o`sishiga samarali ta`sir ko`rsatadi. Narsaga qarab rasm chizishda o`quvchilarda fazoviy tasavvur va taffakkur o`stiriladi. O`quvchilarda bu xususiyatlarni rivojlantirishda, ayniqsa, xajmli narsalarning rasmini chizdirishning roli kattadir. Uch o`lchovli narsalarni tekislikda ikki o`lchovda tasvirlash ham bolalarda ana shunday xususiyatlarni o`stirishga yordam beradi. CHiziladigan narsalar shaklining tuzilishini tahlil qilish abstrakt tafakkurni o`stirish bilan bog’liq. Narsaning o`izga qarab rasm chizish darslari o`quvchilarni aktivligini oshirish bilan birga tarbiyaviy axamiyatiga ham egadir. Ayniqa, u o`quvchilarning estetik, mehnat tarbiyasiga samarali ta`sir ko`rsatadi. Masalan: chiziladigan narsalarda amaliy san`at buyumlari-vaza, lagan, patnis, choknak, piyola va boshqalarning shakli, rangi, tuzilishi, yuksak, tabiiy saviyada ishlanishi bolalarning estetik xis-tuyg’ulariga ta`sir ko`rsatmasdan iloji yo`q.
SHuningdek, meva va sabzavotlardan, tarvuz, qovun, uzum, anor, nok kabilarning shakli, o`lchovi, rangi nisbatlarining turli-tuman ekanligini kuzatish, taxlil qilish, o`rganish narsalardagi shakl va mazmun birligini his qilish bolalarda ana shu sifatlarning o`sishiga yordam beradi. O`quvchilarda narsaga qarab rasm chizish malakalarini hosil qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 11
1. SHakl va tuzilishi murakkab bo`lmagan yakka narsalar rasmini ishlash. Bunday narsalar rasmini chizishda ularning hajmini va qisqarishini tasvirlash maqsad qilib qo`yiladi. 2. SHakli va tuzilishi 1-3 sinfdagiga qaraganda murakkabroq bo`lgan yakka va narsalar to`pining rasmini ishlash bu sinflarda narsalarning hajmi va qisqarishini tasvirlash shart qilib qo`yiladi. YAkka narsalarning rasmini chizib o`rgnish uchun gul, o`yinchoq, elektrolampa, transport vositalari-vagon, avtobus, samalyot, traktor, shuningdek qush, daraxt shoxchasi, odam gavdasi tavsiya etiladi. Natryumort tuzish uchun esa xalq amaliy san`at buyumlari, idish-tovoqlar va mayda o`lchovdagi hayvonlar tavsiya etiladi. Narsani o`ziga qarab rasm chizish turli hil ko`rinishda amalga oshiriladi. Masalan: xomaki, xotiradan va tasavvurdan, bevosita naturaga qarab rasm chizish, bo`yoq bilan ishlash kabi. Xomaki ishlarga 10-15-minut, natura va xotiradan rasm chizish mashg’ulotlariga 1-2 soat hajmda vaqt ajratiladi. Narsaga qarab rasm chizish mashg’ulotlarida bolalar rang doirasi, yorug’ va soya, yoryog’lik manbaining xolatiga qarab, yorug’ soyalarning asarlardagi kayfiyat va holat, ranglarning yaqinligi va kontrast, rang-kayfiyat va holat, ranglarning yaqinligi, ranglardagi dekorativlik kabilar haqida tushuncha oladilar. U sinf narsalar yuzasidan ranglarning yorug’lik ta`sirida o`zgarishi, soyalarda rangning ko`rinishi, qo`yilgan vazifadan kelib chiqqan holda, mazmun va kayfiyatni tasvirlash maqsadida yorug’ soya, ranglarni umumlashtirish, rang va bo`yoq sonlarini chegaralash ustida ish olib boradilar. YOrug’lik va ranglarning ifodaligi, ularning mazmuni va asosiy g’oyasi, tasvirlash roli, rang va shakllardagi turli-tumanlikning dekorativ umumlashtirish borasida fikr yuritadilar, amaliy vazifalarni bajaradilar. Pedagog o`quvchilarning diqqat e`tiborini aktivlashtirish uchun naturani taxlil etish bilan o`quvchilarni mavzuga qiziqtiradi. SHuning uchun pedagog har bir naturaning jiddiy ravishda o`ylab qo`yish kerak. O`quvchilarga bilib ko`rib 12
yurgan narsalarining rasmini chizishda kam xatolikka yo`l qo`yadilar, ular o`zlariga notanish bo`lgan aytaylik, O`zbekiston sharoitidan etishtirmaydigan o`simlik mevalari banan, ananas va shunga o`xshash boshqar narsalarning rasmini chizar ekanlar, chizilayotgan narsalarga xos xususiyatlar: uning rangi, shakli, mazasi, og’irligi haqida hech qanday tushuncha va tasavvurga ega bo`lmaydi. SHunga erishish kerakki, ayni paytda qo`yilgan naturalar bolalarning diqqat e`tiborni o`ziga torta olsin. Naturalar o`quv programmasiga muvofiq bo`lishi uchun unga tushayotgan yorug’lik va soya qismlari bolalarga aniq ko`rinishi, tuzilishi ham natura mazmuniga muvofiq kelishi shart. Natyurmortni tasvirlash bosqichlari. O`quvchilar sodda narsalarni asliga qarab rasmni o`zlashtirib olganlaridan keyin bir necha predmetdan iborat narsalarni chizishni o`rganib boradi. Narsaning o`ziga qarab rasmini chizishda natryumort asosiy o`rinni egallaydi. SHu sababdan, tasviriy san`atni chuqurroq egallash maqsadida bo`lgan o`quvchilarga natryumort chizishning zarur ahamiyatini tushunib etgan holda aktiv munosabatda bo`lish tushuntiriladi. Natryumort ishlash tasviryi san`atning ilmiy negizini tashkil etadigan rangshunoslik, yorug’ soyalarni o`rganish uchun ayniqsa keng imkoniyatlar yaratadi. Natryumort-frantsuzcha so`z bo`lib-jonsiz tabiyat degan ma`noni bildiradi. O`quvchilarga rasm chizishni o`rgatish mashg’ulotlari natryumort ishlashdan boshlanadi. CHunki natryumortga qalam va bo`yoq bilan rasm ishlashning asosiy qonunlarini o`rganishda zarur ko`nikmalar hosil qilish uchun juda qulaydir. Har xil shakllarning tuzilishini o`rganish, tushunish ularning hajmdorligini yorug’-soya vositasida ifodalashni bilish uchun geometrik jismlar va shakli ularga o`xshash bir qator ro`zg’or buyumlarining rasmi chiziladi. Natryumortning atrofimizdagi tabiatdan farqi shundaki, uni inson o`rganish yoki ijod qilish maqsadida o`zi ataylab tuzadi, tafakkurni kuchi bilan barpo etadi. O`quv natryumortning bir tomondan estetik talablarga, ikkinchi tomondan, ta`limning didaktik talablariga jaob berishi kerak. 13
Natryumort puxta, uzoq vaqt o`ylab mulohaza qilib qo`yiladi. Unga juda ko`p narsalar kiritilmaydi, lekin ularning shakli va ranglari har xil bo`lishiga e`tibor berish kerak. O`qituvchi natryumort chizdirishdan oldin bolalarga natryumort talablari haqida qisqacha gapirib o`tishi lozim. Natryumortda asosiy talablardan biri narsa o`lcham, rang va har jihatdan ajralib turishi haqida surat tekisligining markaziga yaqin joyga qo`yilishidir. Bu surat mazmunini ochishda so`z boshlovchi vazifasini o`taydi. Lekin u albatta surat tekisligining o`rtasida turishi shartmas, unda ish zerikarli chiqishi mumkin. Ko`pincha rasmlar asosiy narsaga ataylab geometrik markazdan sal siljitib qo`yadilar, muvozanatni saqlash uchun qarama-qarshi tomondan rangi va och- to`qligi unga zid bo`lgan predmet oladilar. Bir xil narsalardan bir necha ko`rinishda natryumortlar tuzish mumkin, lekin har gal ham hajmlarning katta-kichikligi va bo`laklarning och-to`qligi o`rtasidagi muvozanat saqlanib qolishi kerak. Bitta natryumort bir necha teng ahamiyatli markaz bo`lmaydi, unda natryumortning butunligiga putur etadi. Har vaqt natryumortdagi narsalar o`rtasida uzviy bog’lanish bo`lsa, shu birga ulardan foylangan yoki foydalanadigan inson bilvosita yaqqol sezilib tursa, u ma`nodor tuyuladi. Natryumortni o`rnatish vaqtida narsalarni bir necha marta qo`yib ko`rish kerak, ular birgalikda qanday ko`rinishini sinchiklab kuzatish, agar ma`qul bo`lmasa, yana qayta-qayta bu ishni takrorlash va yaxlitlik paydo bo`lgunga qadar davom ettirish kerak. O`quv
natryumortning muhim
tomonlaridan biri
tasvirlanayotgan narsalarning kattasi orqaroqda, maydasi oldinroqda, biri ikkinchisi va asosiy narsani bir oz berkitib turadigan qilib qo`yiladi. Ammo narsalarning tubi qismini bo`lsa ham, ko`rinib turgani ma`qul, shunda ularning o`zaro joylashuvini tasvirlash oson bo`ladi. Natryumortdagi narsalarni mazmunan bir-biriga bog’lash maqsadida unga chshziqroq shakldagi narsa kiritiladi. Surat tekisligining asosidan kompozitsiya
14
markaziga qaratib o`qyilgan pichoq, qoshoq, qog’oz o`rami, mo`yqalam va boshqalar surat markazini ochishga yordam beradigan “kalit” bo`lib, tomoshabin nigoxini kompozitsiya markaziga yo`naltiradi. Natryumortning fazoviy holatini yaqqolroq tasvirlash uchun birinchi bo`lib unga katta bo`lmagan, ammo yorqin narsa qo`yiladi. Natryumortning ufq tekisligiga nisbatan qanday joylanishi ham katta ahamiyatga ega. Ma`lumki, ko`z ko`rigidan pastroqqa qo`yilgan natryumort yopiq narsa tekisligida to`la-to`kis ko`rinib turadi. Narsalarning asoslari, ularning o`zaro joylashishi yaqqol ko`rinadi va tasvirlash uchun qulay bo`ladi. Narsalarning shakl va fazoviy joylashuvini to`laroq ochib berish uchun, yorug’lik nurlari oldidan va yondan tushadigan bo`lishi kerak. SHunda natryumortdagi narsalarning yorug’lik manbaiga qaragan tomondan yorug’lik, qarshi tomondan soya, siyrak soya, tushuvchi soyalar yaqqol ko`rinib, bular hammasi birgalikda ularning hajmdor ekanligini yaqqol ko`rsatib turadi. Narsalarning yaqqol ko`rinishi fon ya`ni orqa sath uchun gazlama tanlashga ham bog’liq. Fon uchun tanlanadigan gazlamalar yaxlit, sidirg’a va nursizroq bo`lgani ma`qul, chunki olachipor yorqin rangli gazlamalar ko`zga aniq tashlanib, natryumortning o`zini ko`rishga xalaqit beradi. SHuni hisobga olish kerakki, oqish fonda qramtir narsalar ravshan ko`rinadi. Ko`pincha natryumort tarkibiga ham oq, ham qoramtir narsalar kirganda, unga o`rtacha kulrang tusli fon tanlanadi. Bunaqa fon natryumortni yaxlitlashtirib ko`rsatib, tasvirlashda qulaylik yaratadi. Natryumort tuzish uchun: 1. Tema tanlash 2. Natryumort mavzuiga mos keladigan narsalar va gazlamalar topish 3. Narslarning shakli, tuzilishi, toni va ranglarini hisobga olib joylashtirish. 4. Narsalarning hajmdorligini yaqqol ko`rinadigan tarzda yoritish zarurdir. Bular hammasi birgalikda natryumort kompozitsiyasi deb yuritiladi. Tasviriy san`at darslarida o`quvchilar qo`yilgan natryumortni qalam hamda rangda ifodalashda quyidagilarga e`tibor berishi kerak. O`qituvchining asosiy 15
vazifasi, qo`yilgan natryumortning asosiy g’oyasini surat tekisdigida tasvirlab ko`rsatib berish uchun, ya`ni natura bilan tasvir o`rtasida to`la o`xshashlikka erishish uchun, o`quvchilarga tasviriy san`atning ifoda vositalari bo`lgan kompozitsiya, yorug’ soya nazariyalari haqida puxta bilim berib borishi lozim. Alohida narsalarning asliga qarab tasvirlash vaqtida o`quvchilarda bilin va ko`nikmalar hosil bo`ladi. Lekin natryumort ishlashda vazifalar ancha murakkablashadi. Endi vazifa bitta narsani emas, bir necha narsani o`zaro bog’lanishda, qismlarni bir-biriga mos bo`lgan yaxlit narsa qilib ko`rsatishdan iborat bo`ladi. Ish ketma-ket bosqichlarda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Natryumort chizish qo`yilgan narsalarni surat tekisligida to`g’ri joylashtirishdan boshlanadi. So`ng har qanday tasviriy san`at asarning poydevori bo`lgan chiziqli rasmni boshlasa bo`ladi. Qo`yilgan natryumortning umumiy mutanosibligi aniqlangach, qog’oz yuzasida uning umumiy o`lchovlari kengligi va balandligi engil-elpi chiziqlar bilan belgilab chiqiladi. Har bir narsaning umumiy shakli narsaning umumiy shakli, qismlarining nisbiy o`lchamlari va narsalarning asoslari orasidagi masofalar ham ohista chiziladi. Bu ishlar qalamni qog’oz ustida ehtiyotkorlik bilan tez-tez yurgizib ehtiyotkorlik bilan taqqoslab turib bajariladi. Har qaysi narsaning o`ziga xos shakli, katta-kichikligi va tutgan qilib, sinchiklab kuzatib, u shakllardagi qisqarishlar ko`rsatiladi. Narsalarning surat tekisligida joylashtirish vaqtida, albatta ularning asoslarini to`la chizib chiqish lozim. Bu tadbir har qaysi predmetning o`rnini va alohida narsalar o`rtasida qolgan masofani to`g’ri ifodalashga yordm beradi. Hajmdor narslarning rasmini chizganda, ularni shishadan yasalgan, tiniq deb faraz qilib, uning ko`zga yaqqol ko`rinmaydigan joylarni ham bilinar-bilinmas chizib chiqish maqsadga muvoqdir. CHiziqlar vositasida hajmlarning chegaralarini belgilash bilan birga, ularning shakllarini yanada aniqroq bo`lishiga erishishning yana bir yo`li shtrixlar bilan
16
shaxsiy va tushuvchi soyalarni yanada ta`kidlash va shakllarini aniqroq tasvirlashga olib keladi. Endi har bir narsaning yorug’ soya, siyrak soyalarni birma-bir maydalab ishlab chiqishga o`tiladi. Har bir narsaning hajmdorligi va materialini xaqqoniy qilib tasvirlash uchun natura bilan tasvirdagi yorug’, soya, yarim soya va reflekslarning nisbiy mutanosibligini erishishga harakat qilish kerak. Buning uchun esa natryumortdagi eng to`q soya va eng yorug’ erlarni aniqlab olib, qoralashni ana shu to`q soyadan boshlash kerak. Ayni shu paytda natryumort rangiga xos umumiy och-to`qlikni to`g’ri aniqlash g’oyatda muhim. Buning uchun natryumort yoniga bironta qopqora narsa qo`yib qaralsa, eng quyuq soya ham unga nisbatan oqishroq bo`lib ko`rinadi. Xuddi shu yo`l bilan eng yorug’ erning och-to`qlik darajasini aniqlasa bo`ladi. endi natryumort yoniga oppoq narsa oq qog’oz parchasi yoki bir bo`lak bo`r qo`yilsa bas. Natryumortdagi eng yorug’ dog’ni ham taqqoslash imkoni tug’iladi. Odatda, narsaning soya tomonida fon ochroq yorug’ tomonda esa, aksincha, to`qroq ko`rinadi. Bu yorug’lik bo`lib, rasm chizganda uni, albatta hisobga olish kerak. Predmetning yorug’ tomonidagi fonni to`qroq, soya tomondagisini ochroq qilib tasvirlash, natryumortdagi yorug’ va soyalar qarama-qarshiligini yaqqol ko`rsatishga yordam beradi. Narsalarning soya, yarim soya, reflekslarning har birini och-to`qlik darajasiga monand qator kalta chiziqlar bilan qoralab chiqish, chiziqlarning aynan shu narsaning shakliga monand yo`nalishini topishga harakat qilish kerak. Masalan, katta idishning hajmdorligini ifodalash vaqtida soya, yarim soyalarni chizib tashlansa, uning silliq, yumaloq sirtini aniq ko`rsatib bo`lmaydi. Bunday hollarda yorug’dan soyaga o`tish asta-sekinlik bilan boradi. Qirrali narsalarning tomonlari bir-biri bilan kesishadigan yondosh chiziqlar chiziqlarning yo`nalishi har hil tik, qiya bo`lib. Jism qirralarining yo`nalishiga o`xshash qilib qo`yiladi. Bunda qalamni qog’ozga qattiq bosmasdan, bir maromda qoralashga, kerak bo`lgan erdagina qalamni bosibroq ishlatishga o`rganib borish 17
kerak. YUmaloq sirtning har bir mayda bo`lakchasi yorug’dan soyaga o`tishda asta-sekin to`qlanib boradi. Lekin eng quyuq soya predmetning eng chekkasida bo`lmay, markaz tomonga biroz surilgan bo`ladi, chunki eng chekkada uning yonidagi narsadan yoki tekislikdan aks etgan nurlar bilan yorilgan joylarini joy- refleks bo`ladi. Lekin, xar qanday refleks ham narsaning yorilgan qismidan to`qroq ko`rinadi. Narsaning yorug’ qismi o`rtasida esa tiniq oq dog’ ko`rinadi. Bu shu`ladir. Sirtlari silliq shisha, metall buyumlarda blik yaltirab turadi. Hamma narsalarning hajmdor shkliga diqqat bilan maydalab ishlov berilgach, natryumort ishlashning oxirgi bosqichiga o`tiladi. SHunday qilib natryumortni qalamda tasvirlash jarayoni quyidagi bosqichligini o`z ichiga oladi. 1. Narsalarni sinchiklab tahlil qilish 2. Surat tekisligida tasvirni joylashtirish 3. Har bir predmetning o`lchamini belgilab asosiy shaklini chizib olish. 4. Narsalarning hajmdorligini yorug’ va soya vositalarida ishlab chiqish. Tasvirdagi yorug’, soya, yarim soya, ularning natura bilan mutanosibligini ifodalash. 5. Rasmini umumlashtirish: ortiqcha jihatlari yo`qotib, nisbatlarini tekshirish, markazni bo`rttirib ko`rsatishdan iborat. Maktabda rang-tasvir asoslarini o`rganish o`quvchilarni didli, farostli qilib tarbiyalash, ularni kelgusida qanday kasb egasi bo`ilshdan qat`iy nazar, moddiy dunyo go`zalligini nozik his etidagina, santa` asarlarini o`qiy oladigan qilib tarbiyalashdir. Buni amalga oshiradigan tasviriy san`at o`qituvchisi o`zi rang- tasvir asarlarining tarixini va ularni yaratish usullarini yaxshi bilishi va o`quvchilarga bu bilimni etkaza olishi kerak. Rang-tasvir estetik tarbiyaning samarali vositasi bo`lishi bilan birga katta amaliy ahamiyatga ham ega, chunki u ranglarni ko`rish va his etishga, ulardagi nozik tovlanishlarning farqiga borishga o`rgatadi. Bu har bir kishining kundalik hayotida zarur. 18
O`quv natryumorti tuzish uchun narsalar tanlashda ularning murakkablik darajasini hisobga olish va hal qilish kerak bo`lgan vazifalarni aniq tassavur qilish kerak. Tanlangan narsalarning ranglari bir-biriga monand bo`lib, birgalikda uyg’unlashib ko`rinishi shart. Oddiy qalamlarda natryumort ishlash vaqtida asosiy vazifa-narsalarning hajmdor shaklini makonda tasvirlashdan iborat edi. SHu masala bo`yoqlar bilan natryumortlarning tasvirlash vaqtida ham hal qilinadi, lekin endi hajmdorlik ham, yorug’ soya va ton ham rang vositalari orqali ifodalanadi. Qalam-tasvirda biz narsalarning rangini faqat och-to`qligini ko`rsata olsak, rangtasvirda rang butun jozibasi bilan birga sifatlari bilan aks etadi. Ko`rinishi oddiy bo`lib tuyulgan narsaning rang-tasvirni yaratish uchun juda ko`p bilimga ega bo`lish va mashq qilish kerak bo`ladi.
O`qituvchi o`quvchilarga darsdan bo`sh vaqtlarida sabzavot yoki uy anjomlaridan natryumort tuzib mashqlar bajarishlari lozimligini uqtirish kerak. Rang-tasvirni murakkabligi shundaki, narsalarning rangini xilma-xil tuslanishini atrof-muxit ta`sirida aks ettiradi. Buyumlarning uzoqlashib borishiga qarab, rangdorlik va ko`rinish ravshanligidagi o`zgarishlar sodir bo`ladi. Xona ichida muhitning ta`siri o`ziga xos bo`ladi, ya`ni derazadan uzoqlashgan sari narsaning rangi xirilashadi, ravshanligi birmuncha yo`qoladi. Natryumort ishlaganda yorug’likning yo`nalishini va uning kuchini hisobga olish kerak. Narsalarning hajmdorligi ularning sirtida yorug’ soya va ranglarning tarqalishi tufayli ko`zga ko`rinadi. Narslarni chiziqli rasmi chizilganda uning asl shakli emas, balki o`zgarib ko`ringan shakli tasvirlangani kabi, uni bo`yoqda ishlaganda ham o`zining aniq rangi emas, balki atrofdagi boshqa ranglar bilan bog’lanishida ko`zga ko`ringan rangi ifodalanadi. Rang-tasvir mashg’ulotlarida o`qituvchi har gal o`quvchilarga rangshunoslik o`oidalari haqida bilim berib borishi lozim. Ranglar qizil, qizg’ish, qizg’ish
19
zarg’aldoq, sarg’ish zarg’aldoq, sariq, sarg’ish yashil, yashil, yashiltob zangori qrmizi ranglarning har xil tuslari ko`rinadi. Ranglar doirasida rang tuslari juda ko`p bo`lishi mumkin, lekin ko`zlarimiz 150 taga yaqinni ajrata olishga qodir. Rang doirasi ikki teng bo`lakka bo`linsa, birinchi yarmida qizil, zarg’aldoq, sarg’ish, yashil ranglar ikkinchi yarmida esa yashiltob xavorang, feruza, zangori, ko`k, binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishiga sabab qizil, sariq ranglar olovni, qizigan temirni, cho`g’ni eslatsa, ko`k esa muzga, suvning rangini eslatadi. Ikkita rangni ustma-ust tushirilsa, ranglar bir-biriga qo`shilib murakkab rang hosil bo`ladi. Masalan: qizil rangga sariq rang qo`shilsa, zarg’aldoq ranglar hosil bo`ladi. Qizil rang ko`k va binafsha ranglar bilan qo`shilganda esa chiroyli tusdagi pushti, to`q qizil, sapsar ranglar hosil qiladi. Ranglarni ko`rish va idrok qilish qobilyati asta-sekin, mashqlar orqali shakllanadi. Naturaning hajmdor shaklini ifodalashda narsalardan tekislikka va qo`shni narsalarga tushib turgan soyalarning ahamiyati katta. Narsaning soya tomoni yorug’ tomonga qaraganda to`qroq ko`rinishi bilan birga, alohida rang tusiga kiradi. CHunki, ular yonidagi narsalarning rangi ham aks etadi.
Umuman narsalarning yorug’ va soya qismlaridaranglar qarama- farshiligining sezilishi atrofidagi sharoitga – yoritilishiga, qo`shni narsalarning rangiga, fon va narsalarning o`z rangiga bog’liq. Har bir natryumortda bu nisbatlarni alohida sinchiklab o`rganib chiqish va o`ziga yarasha tasvirlash kerak. Tasviriy san`at o`qituvchisi har bir mashg’ulotni quyida bayon etilgan ko`rsatmalarga rioya qilgan holda olib borsa yaxshi natijalarga ya`ni dars samaradorligini oshirishga erishadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling