O`zbekiston respublikasi oliy va
Tasviriy san’atda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Download 489.97 Kb. Pdf ko'rish
|
suv boyoqda ishlash tehnologiyasini
4. Tasviriy san’atda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Materiallik-surat tekkisligida tasvirlanayotgan jismlarning materialliligi dastlab yoruғ- soya xususiyati bilan ko`rsatiladi. Turli materiallardan tashkil topgan buyumlar o`ziga xos yarim-soya xususiyatiga ega. TSilindr shaklidagi gipsli jism yoruғligi yarim soya, soya refleksga o`ta nafslik va ravonlik bilan o`tib boradi. TSilindr shaklidagi yashil idish yoruғ-soyaning chegarasiga ega emas. Uning shaklini faqatgina “blik” –shula va “refleks” lar aniqlab beradi. Bu narsa metal jismlarga xam aloqadordir. Agarda qalamtasivr yoki rang tasvirda yoruғ-soyani ana shu o`ziga xos qoidasiga qat`iy amal qilsa jismlarning qanday ashyodan jonligini aniq bilish, ko`rish mumkin. Bundan tashqari yanada muximroq shartlardan biri, qalamtasvir yoki rang tasvirda jismlarni satxi ashyo xususiyatini xaqqoniy tasvirlashda qo`yilmaga mos ravishda ranglar va tus munosabatlarini bera olishidir. Qalamtasvir yoki rang tasvirdagi tus va ranglarni farqlari qo`yilmadagi munosabatlarga mos bo`lmoғi darkor. Atrof muxitdagi jismlarni materiallik sifatlarini ko`rishda bizning ongimiz faqatgina uning rangi va soyasini xarakterigagina emas, balki tus va rang munosabatlarini xam sezish qobiliyatiga ega. Agarda soya-yoruғ xolati rang va tus munosabati qo`yilmaning obrazli ko`rinishiga mos bo`lsa, biz natyurmortdagi buyumlar yoki manzara ob`ektlaridagi ko`rinishlaridagi materiallik xususiyatlarini xaqqoniy ko`rsata olamiz. Xavaskor rassom shuni yoddan chiqarmasligi kerakki, ijoddagi moxirlikning negizi bu tus va rang munosabatlari bilan tinmay ishlay bilishdadir. YOsh rassomlar dastlabki ta`lim bosqichlarida odatda chizayotgan narsani yuzaki xuddi o`ziday ko`chirishga xarakat qiladi. Ular diqqt bilan oldinma – ketin narsalarga tikilib qarashadi, so`ngra xar bir mayda bo`laklarni va ularning rangini aloxida – aloxida bo`yashadi. Natijada tasvir maydalangan va bir butun ko`rinishda bo`lmaydi. Bundan kamchilikdar qo`yilmaning predmetlar orasidagi katta rang munosabatlarini etyutda ko`rsata olmaslikdan kelib chiqadi. Inson kallasini tasvirlashda xam masalan, yuzining mayda bo`laklaridan bo`lib
35
bo`lmaydi, faqat xarakatdagi nisbatlarda umumiylik va yaxlitlikdan boshlashi, rangtasvirda esa xam turli natura obektlari yoki narsalarning asosiy yoki umumlashtirilgan doғlar orasidagi ranglar munosabatini aniqlashni o`rganib olish kerak. Natura obektining yaxlit ko`rish va katta asosiy ranglar doғini aniqlay bilish muxim kasbiy maxorat, u esa dastlabki rangtasvir ta`limida shakllangan bo`lishi kerak. Faqat shundan so`ng uzoq muddatli ishlarga manzara obektlari yoki natyurmortdagi buyumalarning xajmli shakllarini puxta ishlov berishga o`tish mumkin. Ochiq xavoda kichkina etyudlarni rangda ishlashda avvalo asosiy rang munosabatlarini topa olish muximdir. Rassomning uzluksiz mashqlari natijasida ranglardagi nozik o`zgarishlarni farqlashga, kuzatuvchanlikka, rivojlantirishga rang – baranglikka sezishga, xamda tasviriy vositalarni moxirona egallashga zamin yaratadi. Tajribali rassomlarning etyudlarini kuzatganda ularning nixoyatda nafis va jozibali tasvirlanganligiga xavas bilan qaraymiz. Naturaning rangdor koloritli xolatini moxirona tasvirlash maxoratni uzluksiz amaliy ishlan natijasida erishiladi. SHunday qilib, naturaning asosiy obektlari orasidagi umumiy va katta ranglar munosabatini ma`lum tus va ranglar ko`lamida saqlanganligi rang tasvirning asosidir. SHular asosida obektlarning keyingi ranglarda ishlashning o`rta jarayoni amalga oshiriladiki, bu tabiatni diqqat bilan kuzatish uni jonli xis etish natijasidir. Buning ustiga rangli tasvir natyurmortining aloxida buyumlari yoki obektlarini yuzasini yuzaki ko`rish orqali yaratilmaydi, u buyumlarning rang munosabatlari va ularning fazoviy kenglik bilan birga o`zaro boғliq xolda yaxlit obraz asosida rassosning idrok etishi natijasida quriladi. Xar qanday natura quyilmasini yaxlit obraz sifatida qabul qilishi lozim. Natyurmortning turli narsalardan tuzilganligi masalan: qumғon, olma, piyola: manzarada esa aloҳida osmon, o`rmon va yiroqdagi ko`kimtir toғlarni ma`lum vaqtga yoddan chiqarish kerak. Naturaga bunday qarash orqali buyumlarning shaxsiy rangini qo`yish mumkin, bu rangli kartinaning bir qismi xolos. Ranglarning jarangdorligi uning yaxlitligini tasvirlash mobaynida namoyon bo`ladi. Rang
36
jixatdan ba`zi narsalar naturada zich va to`qroq boshqalari esa ochroq ko`rinadi. Ayrim narsalarda shaxsiy soya to`qroq va ziyaroq “oғir” boshqalarida esa soyalar ancha ochiqroq “nozik” ko`rinadi. Bu tusli farqlarni qalamtasvirda xam teng ravishda mutanosiblikda ifodalash kerak. Bu choғda narsalar orqasidagi fanni xam xisobga olish zarur. Natura ko`yilmasidagi barcha narsalarni tusga nisbatan fonning och-to`qligi munosabatlarning to`ғri olinayotganligi kenglikni ko`rsatishga imkon tuғdiradi. Tus munosabatlarini eng to`q narsalardan yoki chuqur ichki soyalardan boshlab ko`rsatishi to`ғridir. Xar bir narsalarning o`zaro och joylashishi soyani-soyalar bilan yarim tusni, yarim tuslar bilan taqqoslash zarur. Qandaydir to`q idishda shaxsiy soya undan tushuvchi soyaga nisbatan to`qroqdir. Mevalardagi yoruғlik eng yoruғ joyiga qaratganda to`qroq bo`lishi mumkin. Tasvirda va naturadagi narsalarni bir-biri bilan doimiy taqqoslash orqali ular orasidagi farqlarni namoyishiga erishish zarur. eng to`q narsalar yoki uning soyasi-bu qora baxmalda yoki ko`mir rangda esda tutish kerak. Qora buyumlar va ularning soyalarini ancha yumshoqroq, lekin shunda xam to`q qora tusda ishlash kerak emas. Xattoki qora baxmalni tasvirlashda qalam xam yoki qora bo`yoqni bor kuchidan foydalanish noto`ғri, aks xolda qoғozda yoki matoda qora teshik paydo bo`ladi. SHuning naturadagi juda oq narsalarni toza oq bo`yoqlar bilan tasvirlashning iloji yo`q, chunki u oq bo`yoqqa nisbatan ancha to`qroq bo`ladi. Ishning birinchi bosqichida asosiy munosabatlarni aniqlash kerak. Naturadagi asosiy obektlarni yoruғ soya munosabatlari: fonning och-to`qligi narsalarning sirtidagi och-to`qligi va ular o`zaro bir-biriga nisbatan aniqlanadi. Avvalo qo`yilmadagi narsalar umumiy tusi bir sidra qoplanadi. Agar umumiy aniqligi keyingi aloxida narsalarning xajmli shakllarida xar yoruғ soya xam, tasvir aniqligi va xaqqoniyligini materiallik va kengligini ko`rsata olmaymiz. Ishni soyadan yoruғlikka qarab yurish kerak, buning ustida soya joylarga imkon boricha bo`yoq kattaligini yupqa va nozik berish, yoruғlikni esa ularga nisbatan quyuq bo`yoqda ancha to`qroq qatlamli va aniq surtmalar bilan qoplash zarur. Grizoid texnikasida soya reflekslarni birdaniga kerakli tusda mos bo`yoqlar bilan qoplash. Bo`yoq surtmalarini shakl 37
yo`nalishi bo`yicha xarakatlantirish kerak. Masalan, tsilindrsimon shaklga ega bo`lgan narsala turli tasodifiy yo`nalishdan surinmalar berilsa, ushbu shaklning aylanaligini ko`rsatish mumkindir. Naturadan tasvirlanayotib narsalarning munosabatlarini nafaqat tus kuchi bo`yicha balki uning aniqligi xam narsalar sitrlarini kontrastli chegaralarini xam kuzatishimiz kerak. Xar bir narsaning ko`rinib turgan tashqi ko`rinishi o`zining ko`lamida turlicha: qandaydir narsaning yoritilgan chap tomoni yoruғlik ishi bo`yicha fonga nisbatan yaqinroq bo`lishi mumkin. SHu narsaning o`n tomonidagi chegarasi tus jixatdan fon bilan deyarli qo`shib uning yuqori qirrasi fonda yaqqol ajralib turadi. Asosiy narsalar va ularning sirtlari orasidagi tus munosabatlarni to`ғri ko`rsatishdan tashqari xar bir narsaning xajmli shaklini soya-yoruғ bilan xam puxta ishlash kerak. Jipsli narsalarning sharsimon va tsilindrsimon shakllari yuzani xar bir millimetri asta-sekin to`qlashtiriladi, buning ustiga shaxsiy soyaning eng to`q joyi soya tomonidag narsa chegarasida emas, aksincha bir oz ichkari tomonida bo`ladi. Tashqi ko`rinishining o`ng tomonidagi soyasi refleks tufayli yoritiladi. Tekisliklar bilan chegaralangan narsalarning yoruғ soyalarini bir-bosqichdan ikkinchi bosqichga o`tish izchilligining xususiyati shundan iboratki, xar bir tekislikka boshqa tekislik tusidan farqlanib o`zining ma`lum tusiga ega bo`ladi. Bunday narsalarning xajmi xamma tomonlari tekislik bilan chegaralangan kenglikdir. YOruғlikka qaratilgan tekisliklardagi yoyilib tushayotgan tekisliklarga nisbatan yoruғlik ravshan yoritilgan bo`ladi. SHakllarni turlicha tusli tekisliklar bilan yasashning bunday tartibi katta qismlarga xam kichik shakllarga xam tegishlidir. Tusli tasvirlash mobaynida tasvirlovchidan narsalarning uzoqligini xisobga olish zarur bo`ladi. Agarda biror qatorga bir xil naralarni turli masofada joylashtirsak, yaqindagi narsalarning mayda bo`laklari va materiallik fakturasi ancha aniqroq ko`rinadi. Uzoqlashgan sari bu aniqligi yo`qolib xiralashib boradi. Uzoqdagi obektlar siluetli va tekis bo`lib ko`rinadi. Old ko`rinishdagi buyumlarning soya – yoruғ qismlari olisdagidan ravshan va aniqroq ko`rinadi. Narsalarning xajmi shakliga puxta ishlov berilgandan so`ng ularni
38
umumlashtirishga o`tish zarur. Xar bir narsani tasvirlash jarayonida aloxida mayda bo`laklarni ularni yoruғ soyasini maromiga etkazib ishlash lozim. Narsalar guruxini yaxlit bir butun tasvirlash uchun xammasini bir vaqtda kuzatib, xar birining yoruғ va soya joylarini barchasiga nisbatan taqqoslash kerak. Narsalar guruxni yaxlitligini saqlash xaqqoniy tasvirlashning asosiy shartidir. Akvarel bo`yoғida dastlabki mashqlarni bajarish uchun 3-5 tadan narsadan iborat, rang va tus munosabatlari bir – biridan farq qiladigan shakl bo`yicha uncha murakkab bo`lmagan buyumalar bo`lishi kerak. Sodda qo`yilmalarni astoydil ishlab, ijobiy natijalarga erishmasdan turib murakkab natura qo`yilmalarini bajarishga o`tish noto`ғri. Akvarel bo`yoғida mashqlarni muntazam ravishda bajarish va ularni asta sekin murakkablashtirib borish maqsadga muvofiqdir. Uzoq vaqtga mo`ljallangan xar qanday vazifa oldidan dastlabki qisqa muddatli etyudlarni bajarish muximdir.
SHu tariqa bajarilgan rang lavxalar tasvirlanayotgan naturani katta xajmga ega bo`lgan matoda yoki qoғozdagi kompozitsiyasini to`ғri topishga ko`maklashadi. Ishlash jarayonida naturadagi dastlabki taassurotlarni aniq etkazishda va uning rang munosabatlariga xos xususiyatlarini aniq ko`rsatishda bo`ladi. Natyurmortni akvarel bo`yoqlari bilan rangda ishlash jarayonini amaliy namoyish etish uchun bir oz murakkab bo`lgan meva – sabzavodlar va maishiy narsalardan tuzilgan natura qo`yilmasini olamiz. Qo`yilmadagi sopol idish yaltiroq yuzaga ega shuningdek ravshan ifodalangan shulasi mavjud xamma narsalar stol ustiga joylashtirilgan orqada yorqin kul rangdagi devor foni va sidirғa matolar. Mevalarda aniq beligilangan shaxsiy tushuvchi va yarimsoyalar aniq ko`rinib turibdi. Sopol idishda iliq va sovuq reflekslar mavjud. Bunday tuzilgan natyurmortning qalam tasviri qiyinchilik tuғdirmaydi. Ammo ranglarda tasvirlash bir oz murakkabroqdur, chunki mevalarning aniq rangini tasvirlash uchun rang munosabatlariga qat`iy amal qilish zarur. Bu yoqni dastlabki qatlamini qo`yishdan boshlab rang munosabatlaridagi mutanosibligini saqlab borish kerak. Akvarel’ bo`yoqlari qurigach biroz oqaradi. SHuning uchun xam ularni rang jixatdan xam to`qroq olish mumkin. Akvarel’ bo`yoqlari bilan tasvirlash jarayonida narsa va 39
buyumdagi yoruғ bo`lib turgan qismlarini bo`yamaslikka xarakat qilish kerak. Malaka ortib borgan sari kerak bo`lgan tuslarni tezda xosil qilish mumkin, qoғoz yuziga qanchalik ortiqcha bo`yoq qatlami surtilsa, narsalarning rangi xira bo`ladi. Modomiki ranglarni birdaniga olib kerakli joyga surtilsa, uning yonidagi tuslarini xam topish engil ko`chadi. Birdaniga tanlab qo`yilgan ranglar naturadan bevosita birinchi taassurotlarni anchagina to`ғri etkazadi. Tasvirlovchi xamma narsaning xajmdor shaklini soya yoruғining o`zgarishi bilan boғliq bo`lgan uning rang o`zgarishlarini xam e`tibor bilan kuzatib borishi kerak. Jigar rang idish yarim soyada va yoruғlikda xilma – xil rang turiga ega. Fondan tushayotgan reflekslar jigar rang emas, balki siyoxrangdir. Undan tashqari mevalar soyasida reflekslar mavjud, ular o`zaro och – to`qligi, rang – barangligi va to`yinganligini taqqoslagan xolda rang bilan bo`yash kerak. Demak narsalarni yakka kuzatmasdan aksincha, to`plamni yaxlit ko`rishga xarakat qilish lozim. YOnma – yon turgan ikkita narsaning rang farqlarini taqqoslash qiyin emas.
Agarda oldimizda o`nta narsadan tashkil topgan natyurmort bo`lsa, xar bir narsaning rangini yaqqol xolda shuningdek xammasi bilan birgalikda yaxlit taqqoslash zarur ya`ni xuddi orkestrda bo`lgani kabi. Rangtasvirda xam xuddi shunday faqat yaxlit idrok etish natijasida narsalar guruxining rang munosabatlarini to`ғri aniqlashga imkon beradi. Xar bir narsaning xajmdor shakliga ishlov berishda undagi mavjud iliq va sovuq rang turlarini diqqat e`tibor bilan kuzatish lozim. SHu bilan birga eng muxim umumiy tus va ranglar chashmasini nazardan chiqarmaslik kerak. Narsalarning shulalarini tasvirlash mobaynida ularning jozibali ranglarini unutib faqatgina yorqinligiga erishish bilan chegaralanishi kerak emas. Xar bir narsaning och – to`qligi va rangdorligi fon bilan atrofdagi narsalar rangi va och – to`qligiga boғliq bo`lsa, unda narsa rangini (va och - to`qligi) atrofdagilari bo`ylamaguncha to`ғri ifodalash mumkin emas. Agarda bitta narsaning rangi o`zgarilsa, bu bilan birga ularning yonidagilar bo`laklarni xam o`zgartirish kerak. Soyalar to`qlashtarilsa, yoruғ va yanada yorqinlashadi. Ammo fonni qoraytirsak, unda narsalardagi yoruғ aniq ajralib, soyalarning 40
kontrastligi yo`qoladi. Narsalarning old va orqa ko`rinishlari orasidagi kenglikni ko`rsatishga xam e`tiborni qaratish lozim. Natyurmortdagi narsalar bir – biridan turli masofada joylashadi, yaqindagi narsalar yorqinroq ko`rinadi. Agarda uzoqda turgan narsalarning ranglarini engilroq va xiraroq olinmasa, oldingi qatorga chiqib ketadi. Natyurmortni tasvirlash vaqtida xavoiy perspektivaning rangini tasvirini xar doim xam naturada engil sezish qiyin. SHunga qaramay buni xar bir doim yodda tutib qalam bilan tasvirlashda bitta narsani yaqinroq joylashtirib, boshqasini esa, uzoqlashtirib tasvirlash kerak. Agarda bo`yoq mo`yqalam va suv bilan yaxshilab eritgan bo`lsa, qoғoz yuzasida yorqin tasvir xosil bo`ladi. Mabodo aksi bo`lsa, u xolda qoғoz satxida mo`yqalam izlari qoladi, ish esa sifatsiz chiqadi.
Akvarel’da tinmay vazifalar bajarish, turli usul va uslublardan astoydil ishlash orqali ko`nikma va malaka ortib boradi. “YOrqin” yozish texnikasi narsaning materialliligini aniq ko`rsatishda va chuqur soya joylarini shaffof bo`lishga imkoniyat beradi.
Agarda ish jarayonida ikkala uslubdan samarali foydalanilsa, barcha soya joylarini va reflekslarini faqat “yorqin” uslubda yoruғlik va yarim soyalarni esa “quruq” usulda ishlash yaxshi natija beradi. “YOrqin” uslubda ishlash “quruq” ishlashdan ustun bo`lishi kerak. Narsalarning yoritilgan joylari aniq tashqi ko`rinishga ega soya va uzoq ko`rinishdagi tus va rang konstrastlari sustroq shakllari esa, yaqqol tashqi ko`rinishga ega emas. Soya va orqa ko`rinishdagi narsalarning tasviri umulashtirilgan xolda bo`lishi lozim. Aynan shu joyda kamligicha ishlash usulini qo`llash ma`qul. Ishlashdan oldin qoғozni toza suv bilan yumshoq latta yoki katta mo`yqalam yordamida bir sidra qo`llaniladi.
Ikki, uch daqiqadan so`ng qoғoz yuzida yoyilib, bir – biri bilan qo`shilib mayin va nozik o`tishlar xosil qiladi. Agarda biror bir joyni ajratish lozim bo`lsa, qoғozni quritib, kerakli bo`yoq surtmasa beriladi, yoki (bo`yoq) yoki “quruq” mo`yqalamda aniq rangli chegarani talab etilgan joylarni to`qlashtiriladi. Namliga ishlash usuli tasvirni nixoyatda nozik va jozibali ko`rsatishga imkon tuғdiradi. Akvarel’ bo`yoqlari bilan ishlash jarayonida soya yoruғdagi nozik o`tishlarni
41
silliqlab borish kerak emas. Quruq qoғozdagi kuchni namlangan bo`yoq doғi qurigandan so`ng juda xam yaqqol kontur paydo qiladi. SHuning uchun bunday doғlarni chekka qirralarini qurimasdan yumshatish lozim. Tasvirlanayotgan etyud muvaffaqiyatsiz chiqsa, t’uslari xira bo`lsa, isho` jarayonini to`xtatib katta mo`yqalam, paralon yoki momiq paxta yordamida ishni yuvib tashlash kerak.
So`ngra ishni akvarel’ bo`yoғida ishlash maqsadga muvofiqdir. Juda namlangan qoғoz odatda bo`rtadi, ammo qurigan paytda yana tortilib uning yuzida ishni davom ettirish mumkin.
Download 489.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling