O‘zbekiston respublikasi oliy va


Menejmentning asosiy funksiyalari


Download 69 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi69 Kb.
#220714
1   2   3   4
Bog'liq
MENEJMENT DEK-59 SAITKULOV D

2.Menejmentning asosiy funksiyalari

Menejment jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko’rinadi. Menejment funksiyasi deyilganda boshqaruvga doir ma’lum masalalarni yechishga yo’naltirilgan bir turli ishlar yig’indisi tushuniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar ma’suliyatli boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funksional bo’lim to’g’risidagi Nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko’rsatmalarda o’z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayonining funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini belgilaydi va boshqaruv tizimini loyihalashtiradi.

a) muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o’zaro aloqa o’rnatiladi, amaldagi me’yor va me’yoriy hujjatlardan chetlanilsa ogohlantiriladi.

b) rag’batlantirish - bu inson omilini keng demokrataya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo’lida g’amxo’rlik qilishni boshqarish;

d) hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me’yorda ta’minlashni boshqarish.

Agar boshqariluvchi ob’ekt o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsa, boshqaruv funksiyalari ham faoliyat ko’rsatadi. Biroq, korxona timsolida quyidagi funksiyalarni ajratish mumkin:

a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;

b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;

v) mahsulot sifatini boshqarish;

g) mehnat va ish haqini boshqarish va boshqalar.

Har bir aniq funksiya menejment funksiyasining tarkibiy qismi bo’lib, ular o’z navbatida yana bir necha qismga bo’linadi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish, rag’batlantirish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Hamma funksiyalar o’zaro aloqada bo’ladi.

‘’Funksiya’’- bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’noni anglatadi. Boshqaruv funksiyasi deganda, u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.

Demak boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi.Boshqaruv funksiyalarning mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.masalan, ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzliksiz davom ettirish uchun,ishlab chiqarish vositalari,tehnika,xomashyo,energiya,transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur.Funksiyalar faoliyat turlarini,subyektning boshqarish obyektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi.

Boshqaruv funksiyalari- ko’p qirrali tushunchadir.Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zarurati tug’uladi.

Boshqarish funksiyalari.

1.Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab

2.Boshqarish faoliyati turlariga qarab

3.Obyektni qamrab olishiga qarab

4.Mehnat taqsimoti belgisiga qarab

Boshqaruv funksiyalarining mohiyati,tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvining butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir,chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.

G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda,eng avvalo uning quyidagi asosiy funksiyalariga ustuvorlik beradi.

Rejalashtirish,tashkil etish,tartibga solish,nazorat,rag’batlantirish



Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling