O‘zbekiston respublikasi oliy va


Boshqaruv qarorlarining turlari


Download 69 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi69 Kb.
#220714
1   2   3   4
Bog'liq
MENEJMENT DEK-59 SAITKULOV D

3. Boshqaruv qarorlarining turlari

Qabul qilingan har bir qaror “Adolat” daryosi suviga qorilgan bo`lmog`I lozim. Buyuk Sohibqiron Amir Temur “Rosti Rusti” amaliga rioya qilib adolat ila raiyatning fikriga quloq tutgan holda barcha uchun barobar adolatli qaror qabul qilishi orqali yuksak e’tirofga sazovor bo`lgan. “Temur tuzuklari” asarida ham boshqaruvda qaror qabul qilishda “Adolat” tarozisini birinchi navbatga quygan.

1.Umumiy qarorlar-bir xil muammoga dahldor bo’lib,barcha bo’g’inlar uchun birdek amal qiladi.Masalan,ish kunining boshlanishi va tugashi,tushlik vaqti,ish haqini to’lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.

2.Maxsus qarorlar-tor doiradagi muammoga taaluqli bo’lib,korxonaning muayyan bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.

3.Stereotip qarorlar-odatda qat’iy yo’riqnomalar,me’yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi.Bunday qarorlar ba’zan masalalar bo’yicha qabul qilinadi,lekin o’zgarishlar asosan muddatlarga,ayrim sifat parametrlariga,ijrochilariga taaluqli bo’ladi.Rahbar stereotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi.Xodimlarni ishga olish va ishdan bo’shatish korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumnlasiga kiritsh mumkin.

4.Tashabbusli qarorlar-o’z tavsifiga ko’ra novatorlik mazmuniga ko’ra istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir.Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil o’rganishni,maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi.tashabbusli qarorlar erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi.

5-An’anaviy qarorlar-bu odatiy vaziyatlarda qabul qilindagin qarorlardir.Ularning amal qilish doirasi oldindan ma’lumdir.Bunga korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bo’la oladi.

6-Tavsiyali qarorlar-o’z mohiyatiga ko’ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo’lib,ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar o’z aksini topadi.

7-Aniq qarorlar-axborot bo’lgan holdagina qabul qilinadi. Shu sababli bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin boladi.




Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling