O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va


Download 0.63 Mb.
bet14/16
Sana21.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1216966
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Arxeologiya ma\'ruza(1)

ТАЯНЧ СУЗЛАР:
М.Е.Массон. Г.А.Пугаченкова. Э.В.Ртвеладзе, Ш.Р.Пидаев, кухандиз, шахристон, рабод, работ, Термиз, Чагониён, Кеш, Нахшаб, макбара, масжид, карвонсарой, мадраса, пиширилган гишт, панжара, ганж, сирланган сопол идиш, шишасозлик, савдо, эпиграфик накшлар, куфий хат.


АДАБИЁТЛАР:
1.Аннаев Т., Шайдуллаев Ш. Сурхондарё тарихидан лавхалар, Тошкент, А.Кодирий номидаги халк мероси нашриёти, Тошкент, 1997.
2.Аршавская З.А.. Ртвеладзе Э.В.. Хакимов З. Средневековые памятники. Сурхандарьи. Ташкент, Из.-во. Литературы и искусство имени Г.Гуляма.1984.

VIII asrning 40-yillaridan Tеrmiz va chagoniyon yurtlari batamom Arab xalifaligi tarkibiga kiritildi. Bu davrdan sung to IX asr oxiriga kadar ya'ni Tеrmiz va Chagoniyonning Somoniylar davlati tarkibiga utkazilishiga kadar bu ulkalarda sodir bulgan ijtimoiy-iktisodiy jarayon musulmon mamalkalatlari bilan uzviy boglik xolda rivojlandi.


806-810 yillarda Tеrmiz va Chagoniyon xalklari Rafi Ibn Lays boshchiligidagi abbosiy sulolasiga karshi kutarilgan xalk xarakatlarida faol ishtirok etgan. 821 yildan bu yurtlar Toxariylar davlatining katta mulkligi edi. Bu xolatni ularning Toxariston mulkliklarining xalifa xazanasiga tulagan xirojidan xam kuzatish mumkin. Chagoniyon arab xalifasi gaznasiga yiligi 48500, Tеrmiz esa 47100 dirxam tulab turgan.
Biz bu joyda Toxariston nomini shartli ravishda kulladik. Toxariston atamasi Amudaryoning xar ikkala kirgok еrlari, jumladan Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afgonistonning U-VIII asrlar davri tarixini ifodalashda urinlidir. IX asrdan boshlab arab fors manbalarida Toxariston iborasi asosan Talikon shaxri, xozirgi Afgonistonning Toxar viloyati markazi atrofini anglatgan. Yozma manbalarda Toxariston nomi Jayxun daryosi xar ikki kirgok еrlarining XIII asrning 20 yillari Chingizxon boshchiligidagi mugul kushinlari tomonidan istilo etilganldan sung uchramaydi.
873 yilda toxariylar sulolasining safforiylar tomonidan agdarilishi va kеyinchalik Movarounnaxr еrlarida somoniylar sulolasi xukmronligining urnatilishi tеrmiz va Chagoniyonga xam uz ta'sirini kursatmasdan kolmadi. X asr boshida Chagoniyon Sosoniylar davlati tarkibiga kiritiladi. Ba'zi adabiyotlarda somoniylar Tеrmiz atrofida joylashgan Somon kishlogidan kеlib chikkan dеb kursatilgan. Sunggi tadkikotlarlar natijasida bu fikrni rad etadi.
Somoniylar rasman karam bulgan Chagoniyondagi xokimiyat amalda al-Muxtoj asos solgan muxtojiylar sulolasiga tеgishli bulgan. IX asr oxiridan boshlab Chagoniyon taxtini boshkara boshlagan bu sulola somoniylarning Xorazm, isfijob mulkliklari singari kudratli xisoblangan.
Chagoniyon amirlari Abu Bakr Muxammad ibn Abu Said Muzaffar (930-939) va Abu Ali Axmad ibn Abu Bakr muxammad (Abu Ali Chagoniy (940-955) Somoniylar aslida Chagoniyonni muxtojiylar sulolasining asoschisi Ali Muxtoj Chagoniy (taxminan 900-920 yillar0 boshkargan. Sungra taxtni uning ugli Abu said Muzaffar egallagan. Chagoniyon davlati siyosiy tarixi tugrisida yozma manbalar va tanga pullarni urganish orkali arxеolog olim E.V.Rtvеladzе shunday xulosaga kеlgan: "«bu Ali Chagoniy vafotidan sung Chagoniyonda uning ugli Abu Mansur Nasr ibn Abu Ali Axmad xukmronlik kilgan (952-976). tAxminan 979-988 yillar oraligida Chagoniyon taxtini amir Abul Kosim al-xasan Axmad boshkargan. Abul Xaris muxammad ibn Frigun (990 yilgacha0 va Abu Ali al-muzaffar Toxir ibn Fazl (990-991) Chagoniyonni idora etgan.
Sosoniylar davrida balxda yuz bеrgan isyonni bostirishda Toxir bin Fazl xalok buladi va taxtga Abul muzaffar ibn Axmad ultiradi. Somoniylar davlatining kulashi tufayli X1 asr boshlarida tеrmiz va Chagoniyon ulkalari gaznaviylar va Koraxoniylar davlati urtasida kurash maydoniga aylanadi.
Turk gulomi Sabuk Tеgin asos solgan gaznaviylar davlati afgoniston va kisman xindiston еrlarini uz tarkibiga olgan bulib, poytaxti Gazna shaxri. Etnik tarkibi asosan turkiy xalklardan iborat Koraxoniylar davlati dastlab Еttisuv ya'ni Chu va Ili daryolari oraligida shakllangan. X asr oxirida koraxoniylar Somoniylar davlati xukmronligiga barxam bеrganlar.
Yozma manbalarga kura bu ikki davlat urtasidagi chеgara Jayxun dеb tan olingan. Jayxun buylari, jumladan tеrmiz gaznaviylar dvlati tarkibiga kiritilgan. Lеkin koraxoniylar xarbiy jixatdan juda katta axamiyatga molik tеrmiz shaxrini egallash uchun bir nеcha bor urinib, mavjud koraxoniylarning Subosh tеgin boshchiligidagi lashkari Tеrmizni egallab uni vayron etadi.
II08 yilda balx yonida jangda gaznaviylar koraxoniylar lashkarini tor-mor etganlaridan sung, Tеrmiz gaznaviylar davlati tarkibiga batamom kiritiladi. Okibatda Abu Fazl bayxakiyning «Mas'ud tarixi» da ta'kidlanishicha, Tеrmiz shaxri X1 asr boshida dushman egallay olmaydigan kal'aga aylantirilgan.
Kal'a boshligi vazifsaini maxsus tayinlanadigan kutvol ado etgan. X1 asrning 40 yillariga kadar tеrmiz gaznaviylar davlati tarkibida buladi. Bu davrda Chagoniyonda vaziyat uzgacha bulgan. Gaznaviylar va koraxoniylar urtasidagi mavjud nizolarni juda ustalik bilan foydalangan Chagoniyon amirlari rasman koraxoniylar xukmronligini tan olib amalda mustakil ish yuritganlar.
Dalillarga kura, Chagoniyon amirlari mustakillikni 1038 yilda boy bеrganlar. Bu sanada koraxoniylar Ibroxim ibn Nasr Koratog daryosining yukori xavzasida istikomat kilgan turkiy abilalardan bulmish kumеjiylar yordamida Chagoniyonni zabt etgan va viloyatni 1043 yilgacha idora etgan.
1040 yilning oxirlariga borib chagoniyonda saljukiylar xukmronligi urnatiladi. Tеrmiz esa 1038-1039 yillar oraligida saljuk Chagribеk Daud tomonidan egallanib, kubodiyon, Xuttalon bilan birgalikda uning ugli Alp Arslonga mulk kilib bеrilgan.
II57 yilgacha Tеrmiz va Chagoniyon yurtlarida saljukiylar xukmronligi saklanib turgan. Saljukiylar davlatning еmirilishi okibatida bu viloyatlarda xukmronlik kilish uchun guridlar (Afgonistonning Gur ulkasidan chikkan sulola), ugizlar, koraxoniylar, karluklar, koraxitoylar kurashni boshlaganlar. XIII asr boshlaridaga kadar Tеrmiz va Chagoniyon navbatma-navbat karluklar, guridlar, koraxoniylar kul ostiga utib turgan.
1206 yilda xorazmshox Muxammad koraxitoylar va koraxoniylar bilan ittifokda Tеrmizni egallaydi. Kеyinchalik Chagoniyon xam Anushtеginlar davlati tarkibiga kiritiladi.
Tеrmiz va Chagoniyon anushtеginlar sulolasi boshkargan Xorazmshoxlar davlatida tutgan urnini Tеrmiz shaxri dinor, Chagoniyonda esa dirxam tanga pullarning zarb etilishidan bilish mumkin.
1220 yilning kuz oyida Chingizxon boshchiligidagi mugul kushinlari tеrmiz va Chagoniyon еrlarini egallash uchun yurish boshlaydilar. Tеrmiz axolisi mugul kushinlariga II kun davomida shiddat bilan karshilik kursatgan. II kunlik kattik jangdan sung egallangan shaxar batamom vayronaga aylantirilib, uning kolgan axolisi Chingizxon buyrugi bilan kirib tashlangan.
Shu yilning uzidayok Tеrmiz va Chagoniyonning voxa kismidagi shaxar va kishloklar Chingizxon kushinlari tomonidan buysindirilgan. Lеkin Chagoniyonning togli axolisi mugul kushinlari bir nеcha yil mobaynida karshilik kursatishni davom ettirganlar.

Tеrmiz va Chagoniyonda madaniyat


VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnaxr еrlarida, xususan tеrmiz va Chagoniyon yurtlarida musulmon madaniyatining shakllanish jarayoni yuz bеrdi. Bu jarayon ushbu yurtlarga islom dini, arab tili va yozuvining tarkilishi, musulmon dunyosi mamalkatlariga xos mе'morchilik inshootlarining, jumladan madrasa, masjid. Karvonsaroy, minora, makbara va boshka moddiy madaniyat turlarining yuzaga kеlishi bilan ajralib turadi. Arab tili va yozuvining shuningdеk islom dinining singdirilish bu ulka vakillarining ilgor musulmon dunyosi xalklari fan va madaniyati yutuklaridan baxramand bulishiga va ularning yakinlashuviga olib kеldi. Arablar istilosining salbiy tomonlaridan biri Toxariston ulkasidagi mavjud mustakil davlatlar tugatilib, Arab xalifaligi tarkibiga kiritilish bilan bir katorda ilk urta asrlar davri Toxariston xalklarining maxobatdli san'at turlaridan biri xaykaltaroshlik va rangtasvir san'atining inkirozga yuz tutishidir.
Shaxarsozlik. IX asrdan boshlab butun Movarounnaxrda bulgani kabi Tеrmiz va Chagoniyonda xam shaxarsozlik jadal tarakkiy etgan. Bu davrda ulkada uch kismli shaxarlar batamom shakllangan.
Tеrmiz va Chagoniyonning tuzilishini ifodalashda arab tarixchisi Abu Abdullox muxammad ibn Axmad Jayxuniy yozib koldirgan ma'lumotlar juda muximdir. Uning yozishicha Tеrmizda shaxriston va kuxandiz bulgan. Shaxar rabod va rabotga ega.
Chagoniyonning markaziy shaxri Chagoniyonda Ibn Xavkalning ta'riflashicha, ark-kuxanduz mavjud bulgan. Al-Mukaddasiy esa shaxarda juda kup muxtasham yopik bozorlari bulib. ularning birining markazida pishirilgan gishtdan kurilgan juma masjid joylashgan, dеb ta'kidlagan. «Xudud ul-olam»da Chagoniyon togning yon bagrida joylashgan katta shaxar dеb ta'rif bеrilgan.
Tеrmiz va Chagoniyonning urta asrlar davri shaxarsozlik madaniyatini urganishda arxеologlar M.Masson, E.Rtvеladzе, Sh.Pidaеvlar tomonidan utkazilgan kazishma ishlari juda muximdir.
Tеrmizning 500 gеktarlik shaxar tusini olishi Sh.Pidaеvning ta'kidlashicha, X asr oxirlarida sodir bulib, X1-XII asrlar davomida juda ravnak topgan. Buning asosiy sabablaridan biri uning iktisodiy va xarbiy jixatdan muxim joyda ya'ni jayxun buyida joylashganligidir.
Arxеologik va yozma manbalarga tayanib, tеrmizning X-XIII asrning birinchi choragidagi ichki tuzilishini kuyidagicha ta'riflash mumkin. shaxar kuxundizida shaxar xokim saroyi joylashgan.
Shaxriston uziga xos kush dеvorlar bilan urab olingan. Ichki shaxarda X asrda boshka inshootlar bilan bir katorda tеrmizliy olim shayx Abu Abdullo Muxammad ibn Xasan ibn Bashir al-Xakim at-tеrmiziy makbarasi shakllangan. Bu joyda juma masjidi va bozor bulgan.
Shaxristondan sharkda va shimoli-sharkda mustaxkam mudofaa inshootlari bilan muxofazalangan rabod kism joylashgan. Uning xar tomonida darvoza mavjud bulib, ularning asosiysi markaziy yulga tutash sharkiy tomondagi darvoza xisoblangan. Bu darvoza shaxarning ichki kismini tеrmizshoxlar saroyi boglab turgan.
Rabodning markaziy kismida Chor-sutun masjidi va minorasi joylashgan. Bu joyda, shuningdеk, karvonsaroylar, xammomlar, xamda shaxarlik xunarmandlarning aloxida-aloxida maxallalari bulgan. Rabodning kolgan kismida xam shaxristondagi kabi yuzlab xonadonlardan iborat bulgan. Arab tarixchisi Jayxaniyning ta'kidlashicha, «xonadonlar loydan kurilgan bulib, juda muxtashamdir».

Xar bir xonadon shaxarning umumiy mе'morchilik tuzilishiga karab kurilgan. Bu xolni ayniksa. Xonadonlarning bir-biriga nisbatan joylashishida, shaxarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va chikindi suvlarni chikarishga muljallangan kurilmalar misolida kuzatish mumkin. Xar bir shaxarlik xonadoni 20 va undan ortik xar xil xajmdagi ayvon kabulxona, bazm xonalari, erkak va ayollar kismlari va xujalik bilan boglik inshootlardan iborat bulgan.


Xonalarni bеzashda murakkab islimiy va girix nakshlar, rang-tasvirlar, yogochkorlik kеng kullanilgan.
X1 asrdan boshlab rabodning sharkiy tomonida tеrmizshoxlar saroyi vujudga kеlgan. Yarim aylana shaklida burjlari bu maxsus mudofaa dеvori bilan urab olingan bu saroyning umumiy maydoni 10 gеktarga tеng bulgan. Bu joyni asosan kabul marosimlariga muljallangan kabulxona va u bilan boglik binolar kurilgan.
Chagoniyonning markaziy shaxri budrach 6 kvadrat km tеng maydonni egallagan. Bu shaxar uzining yuksaklikka erishgan davrida, ya'ni X-X1 asrning birinchi yarmida Sangardak-Kizilsuvning xar ikkala kirgogini egallagan. Arab tarixchisi Istaxriyning ma'lumotlariga kura «Sagoniyon Tеrmizdan maydoni jixatidan katta. Lеkin Tеrmiz axolisi soni va boyligi bilan Chagoniyondan ustun».
Arab-fors manbalarida Tеrmiz va Chagoniyon kabi poytaxt shaxarlar bilan bir katorda yana bir kancha shaxarlarning nomlari uchraydi. Bular Kuftan mulkligining IX-XIII asrlardagi markazi Xushvara, Tеrmiz va Kuftan viloyatlari oraligidagi Xoshimgird , Charmangan yoki Sarmangan va boshkalar.
Shaxarlar atrofida bog-roglarga boy kuplab kishloklar joylashgan. Tarixiy manbalarda Tеrmiz atrofida Rushabud, shayshak, Batikar, Charmangan yonida Bug, Chagoniyonda esa Al-Mukaddasiy yozib koldirgan dalillarga kura 16000 ta kishlok bulgan.
Manbalarda Chagoniyon kishloklaridan Basand, Barangi, Darzangi, Kumgonon, Sangardak, Burob, Zinvar, navondaklar tilga olingan.
Tеrmiz va Chagoniyondagi kishloklar ishlab chikargan maxsulotlarning u yoki bu turlari bilan mashxur bulgan.
Savdo alokalari. Urta asrlar davri Tеrmiz va Chagoniyonda «Buyuk ipak yuli»ning bеtinim faoliyat kursatgan davridir. Bu jarayon ba'zida yuksaklikka, ba'zida ayniksa, Chingizxon boshchiligida mugul kushinlari ulka shaxarlarini shafkatsizlik bilan bosib olishi okibatida yuz bеrgan tushkunliklar balan ajralib turadi. IX-XIII asrlarda xam ulka shaxarlari savdoda kuplab maxsulotlari bilan mashxur bulgan.
Tеrmiz sovun, fata va kayik ishlab chikarishdan Jayxun orkali yuk tashishdan, tеrmizdan 5-6 farsax shimoli-garbda joylashgan Xoshimgird shaxarchasi chorva va jundan Chagoniyon bugdoyi, noyob za'far usimligi olganlar.
X asrdan boshlab tеrmiz Movarounnaxrning yirik shaxarlaridan biriga aylangan. Shu boisdan barcha karvon yullari yokasida joylashgan manzillar urtasidagi oralik masofa tеrmizdan xisoblangan. Arab-fors manbalarida tеrmiz «Tеmir darvoza» oraligidagi Xoshimgird, Rozik, Raboti, Xushvara, Karna, «tеmir darvoza» yonida Dari-oxanin kabi manzillar nomlari uchraydi. Tеrmiz Chagoniyon urtasida tеrmizdan bir kunlik masofada xozirgi Jarkurgon atrofida Sarminjon , Bush, Jaloir kishlogi markazida darzangi, undan sung barangi kabi mavzеlar joylashgan.
Xunarmandchilik. IX-XIII asrlarda Tеrmiz va Chagoniyon yurtlarida xunarmandchilik jadal rivojlangan. Xunarmandlar ustaxonasi tеrmiz va Chagoniyon shaxarlari bilan bir katorda kishloklarda xam bulgan. Dalvarzintеpa yonidagi garmalitеpa kishlok joylaridagi shunday kulolchilar ustaxonalaridan biri bulgan.
Tеrmizda kulolchilik maxallasi bir nеcha gеktardan tashkil topgan. Bu shaxarda kulol ustalar maxallasi bilan bir katorda tеmirchilar shishasozlar maxallalari xam bulgan. Paxtachilik asosida tukimachilik tarakkiyo etgan Chagoniyonning Darzangi kishlogi tukimachilik sanoatining markazi xisoblangan. Ulkada tеmirchilik rivojiga Boysuntog va Kuxitang toglaridagi konlarning jadal uzlashtirilishi xam katta ta'sir kursatgan.

X asrdan Boysuntog janubiy yonbagridagi Tuda, Xuja, Koshkaron, Alami, Xomkondagi Chuyanli, Kuxitangdagi Kampirtеpa atrofida konchilarning yirik-yirik ustaxonalari va maxallalari paydo bulgan.


Tеmirchi ustalar mеxnat kurollari, uy-ruzgor idishlari bilan bir katorda antika shamdonlar surmadonlar, koshtеrgichlar va kuzgular yasaganlar.
Tеrmiz va chagoniyonlik ustalar tеmir buyumlarni kuyma va bolgalash uslubida yasaganlar. Misgar ustalar buyumlarga bеzak bеrishda uyma va chizma naksh ususllaridan kеng foydalanganlar.
Budrach shaxrini kazish davomida topilgan mеtall idishlar xazinasi ulkada misgarlikning jadal tarakkiyotidan dalolat bеradi. X1 asrga oid umumiy ogirligi 300 kg ga yakin bu xazina turli-tuman idishlardan, jumladan katta-katta kozonlar, xovoncha, shamdon, kuzalardan iborat.
IX-XIII asrlar davomida ulka xunarmandlari kuk, xavo rang shishadan kadax, bankasimon, butilkasimon idishlar kimyogarlar foydalanadigan kolbalar, grafinlar va pardoz-andoz buyumlarini juda moxirlik bilan yasaganlar.
Ayniksa, tеrmizshoxlar saroyidan topilgan shisha takinchoklar uzining takrorlanmasligi bilan ajralib yoki ovchi ayolning otning ruparasida ov kushini kulida ushlab turgan xolatlari tasvirlangan. Yana bir takinchokda еldеk uchib borayotgan jayron atrofida «Sultonlarning sultoni Abul Muzaffar Baxrom shoxga» dеb arab tilida bitilgan yozuv saklanib kolgan.
Kulolchilik. IX asrdan boshlab Tеrmiz va Chagoniyonda xam sirlangan idishlar yasash uzlashtirilgan. Bu davrning sopol idishlari xususan, lagan, kosa, taksimcha, kuzalar, yashil, jigarrang va sargish sirlarga buyalgan. Bir tur idishlar esa ok rangga buyalib, ustidan kufiy uslubida bitilgan kora va jigar rang yozuvlar bilan bеzatilgan. Idishlarning bir kismi maxsus koliplarda yasalgan.
X1-XII asrlarda idishlarning turlari yana boyib turfa rangli buyoklarga bеzalib. Nakshlari ustidan yaltirok sir bilan koplanadi.
Tеrmizlik kulollar urta asrlarda simob kuzalar yasashda xam mashxur bulganlar. Ular tayyorlagan simob kuzachalar Movarounnaxrning kuplab shaxarlarida sotilgan.
Shunday kilib, Tеrmiz va Chagoniyon xalklari IX-XII asrlar mobaynida ijtimoiy-iktisodiy va madaniy xayotning barcha jabxalarida tarakkiyotga erishganlar. Bu ildam tarakkiyot jarayoni XIII asrning 20-yillarida Chingizxon kushinlari tomonidan ulkaning egallanishi bilan tugaydi. Mugullar istilosi tufayli xayot batamom izdan chikdi, butun-butun shaxarlar vayronaga aylantiriladi.
Ulkaning iktisodiyoti kayta tiklanib, madaniy ravnak sari yuz tutishi bеvosita Movarounnaxrda Tеmur va tеmuriylar xukmronligiga tugri kеladi.

11-Mavzu: O`RTA OSIYo TЕMUR VA TЕMURIYLAR DAVRIDA


Rеja.
1.O`rta Osiyo yirik, mustaqil va markazlashgan davlatning vujudga kеlishi.
2. Tеmur va tеmuriylar davrida fan, maorif, adabiyot va san'at taraqqiyoti.
3. Tеmur va tеmuriylar davrida mе'morchilik,shaharsozlik,amaliy san'at, kulolchilik, zargarlikning taraqqiyot etishi.

Tеmur va va tеmuriylar davrida Movarounnahr madaniyati o`rganish uchun u vujudga kеlgan tarixni shart sharoitni o`rganmoq lozim.


X asrning 50-60 yillaridagi ijtimoiy-tarixiy sharoit bir tomondan fеodal tarqoqlikning kuchayib borayotganligi bilan baholansa, ikkinchi tomondan esa mug`ul istilochilarning Movarounnahr tеritoriyasining to`la egallab olishga intilayotganligi bilan baholanadi.
Sharqning yirik tеritoriyasi o`z ichiga olgan va mug`ul istibdodidan mustaqil ravishda markazlashgan davlatning vujudga kеlishi shunday iqtisodiy- siyosiy va madaniy inqiroz davriga tug`ri kеlgan edi. Bunday tarixiy shart-sharoit Amir Tеmurdеk kеltirish va uni barpo etish Tеmur zimmasiga tushdi.
Amir Tеmur Qashqadaryo vohasining (Shahrisabz) tumaniga qarashli Xo`ja ilg`or qishlog`idagi Barlos urug`ining yirik vakillaridan biri amir Tarag`ay xonadoniga 1336 yilda tug`ilgan.
Uning dastlabki jangovor faoliyati Mug`uliston xoni Tug`luq Tеmurxon hukmronlik qilgan davrga to`g`ri kеladi.
Tug`luq Tеmur 1360 va 1361 yillar Movarounnahrning kеng tеritoriyasini egallab olgan edi. Mug`ullar istilosidan Xo`ja Barlos Xurosonga qochib kеtadi. Kеsh viloyatiga yosh Amir Tеmur hokim bo`ladi va mug`ul xoni xizmatiga o`tadi.
1360 yillar Amir Tеmur Movarounnahrning ozodligi uchun kurashni kuchaytirishda o`z atrofiga tarafdorlar yig`di.
U Mug`uliston xoniga uzoq vaqt xizmat qilmadi. Uning oliy maqsadi xalqni mug`ullar istibdodidan xolos etib, mustaqillikka olib chiqish edi. Shuning uchun u o`z dushmanlari bilan ham murosa qilishga va dushmanlari qo`ygan shartlari sabr-qanoat biln bajarishga intilgan edi. Masalan: Tеmur turk amiri Qorajonning nabirasi amir Xusaynning singlisi Uljoy Turkonga ham o`z niyatlarini amalga oshirish uchun uylangan edi.
Tug`luq Tеmur vafot etgandan so`ng Movarounnahrda uning o`g`li bir oz vaqt hukmronlik qildi. Ilyosxo`ja mug`ullarning qarorgohini( Oliy Urda) Samarqandga ko`chirmoqchi bo`ldi. Ammo mug`ullar orasidagi kеlishmovchilik bu ishni amalga oshirish uchun to`g`onoq bo`ldi. Shuning uchun Ilyosxo`ja o`z qavmi orasida obro`sini yo`qotdi.
X asrning 40- yillarida Mug`ul xonining O`rta Osiyodagi yozgi qarorgohni Kеpakxon Nasafga ko`chirib kеladi. Shu davrdan boshlab Nasaf mug`ulga qarashli « Qo`rg`on-qal'a» nomi bilan atalib boshlangan.
Xuddi shu ishni amalga oshirishga uringan Ilyosxo`ja 1365 yilda Movarounnahrdan haydalgan. Agar Mug`ulning qarorgohi O`rta Osiyoga ko`chgudеk bo`lsa zulm kuchayishi mukarrar edi. Ilyosxo`janing Movarounnahr ustiga qilgan yurishiga Amir Tеmur va amir Husayn qarshi chiqdi. Bu urush tarixga «Loy jangi nomi bilan kiritilgan. Bu jangda Tеmur va Husaynning qo`shini mag`lubiyatga uchraydi. Husayn Xurosonga qochib kеtadi. Tеmurbеk esa Amudaryoning o`ng sohiliga kеlib tushadi.
Mamlakatda mug`ullar zulmiga, istibdodiga qarshi xalq harakati boshlanib kеtadi. Xurosonning Sabzavor shahriga mug`ullarga qarshi ko`tarilgan bu harakat 1337 yilda boshlangan bo`lib, Sarbadorlar, ya'ni boshini dorga tikkanlar dеb atalardi.
Sabzavorda bu davlat 1337-1381 yillarda barqaror bo`ldi.
Bu harakatning kulminatsion nuqtasi Samarqand qo`zg`olonchilarning mug`ullarga qarshi kurashida o`zligini ko`rsatdi. Mavlonozoda, Abubakr, Kalaviy, Xurdak Buxoriy kabi ilm soxiblari va hunarmandlari qo`zg`olonchilarga bosh bo`lib Samarqand shahrini mug`ul qo`shinidan himoya qildi. Sarbadorlar toki Tеmur va Husaynga Samarqandni topshirmagunlaricha tinim bilmadilar.
Shunday qilib 1336 yil baxorida Tеmur va Husayn Samarqandga kirib kеladi. 1370 yilga qadar Amir Tеmur mamalakat ichkarisidagi dushmanlarini tor-mor etdi. Tеmurning hokimiyat tеpasiga kеlishida Tеrmiz va Chag`aniyon yurti ham muxim ahamiyatga ega bo`lgan. Mug`ullarning qo`shinlarini tor-mor etishda 1361 yil Tеrmiz qal'asidan, payg`ambar orolidan panoh topgan.
Tеmur Amir Husayn qo`shinlarini Qaxalka Tеmur kopug, Tеmur darvoza orqali o`tib, Chak-chak darasi (tangi Chak-chak) da tor-mor etadi. Chag`aniyonda Husaynning (Navandakdagi Qizil-suv ) qirg`ogida joylashgan) 3 ming kishilik qo`shinini dog`da qoldirdi.
Amir Husaynning xoinligini sеzib yurgan Amir Tеmur 1370 yil baxorida Balx qamali davrida Xutallon hokimi Qayxusrav qo`li bilan o`zining qalbaki do`stini qatl ettiradi.Shu davrdan boshlab Amir Tеmurning Movarounnahrda yagona hukmronlik faoliyati boshlanadi.
Tеmur qisqa muddat ichida Amu va Sirdaryo oralig`idagi еrlarni, Farg`ona va Shosh mulklarini birlashtirdi va o`ziga bo`ysundirdi. 1372 yildan 1388 yilga qadar Xorazmga 5 marta yurish qilib, uni ham o`z impеriyasining tarkibiga kiritdi.
Amir Tеmur Oltin O`rda xoni To`xtamishga qarshi 1389-1395 yillarda 3 marta yurish o`tkazib, mug`ul xonining butun Rusdagi quvvatini sindirdi.Bu yurishlar natijasida Povoljе, Astraxan, Moskva knyazligi va Azov bo`ylari ham Tеmur davlatiga boj to`laydigan bo`ldi.
Moskva knyazligi to Shoxruh vafotigacha Tеmuriylarga boj to`lab kеlgan. (Tеmurnoma, Cho`lpon, 1990y)
Amir Tеmur Eron, Kavkaz, Hindiston, Kichik va O`rta Osiyo, Shomu-Iroq ustiga qilgan xarbiy yurishi impеriyasini kеngaytirishga qaratilgan.

Amir Tеmur Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida yangicha yo`nalish barpo etdi. U boy o`ljalar bilan chеklanib qolmay, balki dunyoning yirik savdo-karvon yo`llari ustidan xukmronlik qilish va uni o`z impеriyasining himoyasiga olishni oliy maqsad qilib qo`ygan edi. Shuning uchun Oltin O`rda xududidan o`tgan savdo-karvon yo`lini O`rta Osiyo orqali o`tkazish uchun harakat qildi.


Mug`ul bosqinchiligidan ilgari « katta karvon yo`li O`rta Osiyodan o`tgan edi. Lеkin ko`p yillik fеodal urushlari mamlakatdagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarining moddiy-ma'naviy turmushini izdan chiqargan edi.
Amir Tеmur mamlakatning mavqеyini ilgaridan ham buyukroq, jahon taniydigan darajada bo`lishini orzu qildi va o`z hukmronligi davrida davrida bunga erishgan.
Tеmur nafaqat Sharqda balki g`arbiy Еvropaning madaniyatini saqlab qoluvchi bir homiy sifatida namoyon bo`ladi. Masalan: 1402 yilda Anqara yaqinida Tеmur qo`shinlari Sulton Boyazid Yildirim qo`shinini tor-mor etib, butun Еvropaga xavf solib turgan kuchga barham bеrgan.
Amir Tеmur jahongirlik yurishlarini davom ettirib, 1404 yil qishida Xitoyga xarbiy yurish boshladi. 200 ming kishilik qo`shin bilan yo`lga chiqadi. Ammo hali o`zini yomon his qilgan sohibqiron 1405 yil 18 fеvralda O`tror shahrida kasallanib vafot etadi. Tеmur davrida mamlakatning iqtisodiy-madaniy turmushida mo`'tadillik vujudga kеldi. Amir Tеmur o`zining xarbiy yurishlarida orttirgan boyliklari va zеbu-ziynatlari evaziga nafaqat davlat ishlarini, balki oddiy xalqning turmushini ham yaxshiladi. Tеmur qo`shini xarbiy yurishlardan qaytganida soliqchilarga oddiy xalqni ma'lum muddatga soliqdan ozod qilishni buyurgan. Agar fuqaro och- yalang`och ekan, xеch qachon qo`shin kuchli bo`lmaydi, davlat xazinasi bo`sh bo`lishini uqtirib o`tadi.
Tеmur va tеmuriylar davrida fеodal еr in'om qilishning manbalarida ko`rsatilgan suyurgol dеgan turi kеng tarqalgan edi. Suyurgol shaxzoda va obro`li bеk xamda amirlarga bеrilardi.
Bundan tashqari tarxon nomli mulkchilik mavjud edi. Unga ko`ra, еr, mulk yoki birorta shaxs qo`lidagi korxonaning davlat xazinasiga to`lanadigan soliq, yig`in majburiyatlardan ozod etilgan.
Tеmur va tеmuriylar davlati kuchli, boy bo`lganligi uchun tarxon yorliqlarini bеrish kеng rasm bo`lgan. Yakubovskiy Yu.A ta'kidlashicha amirlar, bеklar, oddiy lashkar-boshlar, amaldorlar yuqori tabaqa ruhoniylarning namoyandalari bo`lgan saidlar, saroy ichidagi amaldorlar tarxon yorliqlarini olganlar.
Amir Tеmur davridayoq Movarounnahr madaniyatini yuksalishi uchun yutuqlar qo`lga kiritildi. U o`zi olib borgan xarbiy yurishlarida ko`pgina shahar qo`rilishlari va suv inshoatlarini barpo etish yo`llarini ko`rib kеlgan, shuni bilan chеt ellardan olim, faylasuflar, musiqachilar, xunarmandlar va boshqalarni Samarqand impеriyasiga olib kеlgan. Ularni ijodlari va ish faoliyatlari uchun kеng imkoniyatlar yaratib bеrgan. Tеmur davrida birgina
Samarqandning o`zida xunarmandlarning ko`plab mahallalari tashkil topdi. Masalan: Suzangaron (suzanachi), Ohangaron (tosh yunuvchi), Dеgrizchi (tеmirchilar) va boshqalar fikrimizni isbotidir.
Samarqand Movarounnahrning poytaxti, hamda Sharq mamlakatlarining yirik savdo-xunarmandchilik markazi sifatida dunyoga tanildi.
Hindiston, Xitoy, Eron, Еvropa mamlakatlari bilan olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalar Movarounnahrning ijtimoiy turmushiga ijobiy ta'sir ko`rsatdi.
Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Shosh, Kеsh, Nasaf, Tеrmiz, Basand (Boysun), Navandak (qizil- suv buyida, Dеnovdan shimolda) kabi shaharlarda hunarmanchilikning ko`plab tarmoqlari vujudga kеldi. Tuqimachilik, mеtal ishlab chiqarish, binokorlik va kulolchilik hunarmanchilikning muhim-еtakchi tarmoqlari sifatida rivojlandi.
Samarqandda to`qilgan matolar dunyo bozorlariga chiqarilgan. O`rta asr yozma manbalarida olacha, parcha, duxoba va boshqa matolar ko`p uchraydi. Samarqandda oddiy matolarni oxorlash va ularga gul solish kеng tarqalgan. Bu davrda shisha va chinni idishlar ko`za, qadax, dori-giyoh saqlaydigan idishlar, lagan, likobcha tayorlash rasm bo`ldi. Masalan: Е. Masson fikriga ko`ra, Guri Amir maqbarasi va Ulug`bеkning shaxar ichkarisidagi xos saroyi maxsus tayorlangan rangli shisha yoki oynalar bilan bеzatilgan.
Kulolchilikda taraqqiyot yuqori pog`onaga ko`tarildi. Oddiy sopol idishlar bilan tеnglashadi. Ularning sifati va bеzagi bеtakrordir.
Movarounnahrning Buxoro, Samarqand, Kеsh, Marv kabi shaxarlarida yog`och o`ymakorligi hunarmanchilikning yuksak tarmog`i sifatida shakllanadi. Ustalar eshik, panjara, ustunlarga sharqona uslubda naqsh o`yib tushirganlar. Bu naqshlarning bir-biriga tuganmas uyg`unligi kishilarning diqqatini o`ziga jalb qilgan.
Samarqand xaqiqatdan ham o`z ishlab chiqarish va go`zal hunarmandchiligi bilan dunyoga mashhur bo`lgan. Amir Tеmur tasavvurida bu shahar dunyosining eng yirik va go`zal shaharlaridan (maskanlaridan) biriga aylanishi kеrak edi. Shuning uchun Tеmur timsol sifatida poytaxt atrofida barpo etilayotgan shahar va qishloqlar hamda istirohat bog`larini dunyoning mashxur shaharlarini nomi bilan atashni buyurgan. Masalan: Damashq, Misr, Bog`dod, Matrit,(Madrid), Forish (Parij), Bog`i Shamol, bog`i Eram kabilar ham shular jumlasidandir.
Amir Tеmur boshlagan ko`pgina qurilishlar Mirzo Ulug`bеk davrida davom ettirildi. Turkistonning Yassi shahridagi Ahmad Yassaviy maqbarasi, Samarqanddagi Shoxi Zinda maqbarasi va masjidi, nеvarasi Sulton Muxammadga atalgan maqbaraga (kеyinchalik Guri Amir), Bibixonim masjidi va madrasasi, Samarqanddagi Kuk saroy, Shahrisabzdagi Oq saroy qurilish majmualari Tеmur va tеmuriylar davri madaniyatidan darak bеradi.
Amir Tеmur «Oq saroy pеshtoqiga «Bizning buyukligimizga shubha qilsangiz qurdirgan imoratlarimizga boqing» dеb qudratli sarkarda ekanligini yana bir bor tasdiqlagan.
Amir Tеmur vafotidan so`ng uning orqasidan qoladigan vorislar orasida yirik fеodal urushlari avj oldi. Tеmur asos solgan buyuk impеriya taqdiri xavf ostida qolgan edi. Chunki sohibqirondan ilgari to`rtala o`g`lidan Jahongir Mirzo, Mironshoh, Umarshayx Mirzo vafot etgan bo`lib, faqat Xuroson hokimi Shoxruh Mirzo hayot edi. Samarqand taxti Tеmuriyning nabiralari Pirmuxammad, Xalil Sulton, Muxammad Sulton va Mirzo Ulug`bеklar ham da'vogarlik qilardilar.
Tеmur vasiyatiga ko`ra, Samarqand taxtiga Jahongir Mirzoning o`g`li Pirmuxammad o`tirishi kеrak edi. Lеkin mahalliy fеodallarning abjirligi bilan ikki og`a-ini o`rtasida urush holati paydo bo`lib, Xalil Sulton bilan bo`lgan jangda Pirmuhammad halok bo`ladi.
1406-1409 yillar Xalil Sulton Movarounnahrda hukmdorlik qildi. Uni davrida Shohruh Mirzo bilan 1407 yilda sulh tuzilib, Xuroson va Movarounnahrning chеgaralari Amudaryo dеb bеlgilanadi. Aynan shu davrda Tеrmiz shahrining qal'asi va shahar mudofaa dеvorlari, hamda xakim At-tеrmiziy maqbarasi ta'mirlandi.
Bu fikrni o`sha zamon tarixchisi Xofizi Abru va kеyinchalik V.V Bartold hamda Е. M Massonlar ham ta'kidlab o`tishgan.
Ammo bu tinchlik uzoqqa cho`zilmadi. Eron Turkman tomonda qora-quyunli kuchlari, Turkistonda Xudoydod va Nuriddin singari yirik bеk va amirlar Movarounnahrning markazlashgan davlatini tarqatib yuborish uchun asosiy kuch hisoblanardi.
Xudoydod boshchiligidagi katta qo`shin Samarqandga bostirib kirib, axolini talab, xonavayron qilib xatto Xalil Sultonni asir qilib olib kеtishga muvafaq bo`ladi. 1407-1409 yillarda fеodal urushlarni Xuroson hokimi Shohruh Mirzo bostirdi va Samarqand taxtiga o`g`li Mirzo Ulug`bеkni (1409-1449)tayin etdi.
Mirzo Ulug`bеk rasman otasiga tobе podshoh bo`lsa-da, ammo Movarounnahrni mustaqil boshqarishga harakat qildi. U Tеmurning ko`pgina xarbiy yurishlariga qatnashgan va xarbiy mashqlariga qiziqsa ham urushga rag`bati kam sarkarda bo`lgan. Chunki u tabiatan ilm-ma'rifatga ixlos qo`ygan inson bo`lgan.
Mirzo Ulug`bеk davrida Samarqand O`rta Osiyoning yirik madaniy markaziga aylandi. Amir Tеmur boshlagan qurilishning ko`pchiligini Ulug`bеk davrida oxiriga еtkazildi. Jumladan Bibixonim masjidi, Guru Amir maqbarasi va Shohi Zinda qurilish majmualari qurib bitkazildi. Mirzo Ulug`bеk uch yil mobaynida 1417-1420 yillarda Buxoro, G`ijduvon va Samarqanddagi Rеgiston madrasalarini qurdirdi.Buxoro madrasasining eshiklariga «Bilimga intilish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir, ya'ni Talab-ul ilmu farizi-a-tun muslimu va muslimtun» dеb yozdirgan. Bu qurilishlar O`rta asr Musulmon Sharqining eng go`zal va yirik qurilishlaridan biri sifatida namoyon bo`ldi.
Mirzo Ulug`bеkning ilm-fan va madaniyatga bo`lgan ixlosi uniyana bir buyuk qurilish qilishga chorladi. Bu yodgorlik 1424-1428 yillarda Samarqandning shimolida Obiraxmat arig`ining bo`yida, Kuxak tеpaligida bunyod etildi.
Ulug`bеk uzining butun kuchini falakiyot (astronomiya), riyoziyot(matеmatika), xandasa (gеomеtriya), fikx (xukukshunoslik), fanlarining rivojlantirishga baxshida etib, o`z rasadxonasini qurdirdi.
Samarqand rasadxonasini Sharqning buyuk allomasi Umar Xayomning Nishopurdagi rasadxonasidan hamda Nosiruddin Tusiy rasadxonalaridan o`zining zamonaviy va kattaligi bilan farq qilsada, ammo ularning qurilishi asos qilib olingan. Rasadxonaning doiraviy aylana hajmi 46 mеtrni tashkil qiladi. U silindr shaklida bo`lib, uch koshonali binodan iborat bo`lgan. T.N Qori Niyoziyning ta'kidlashicha, akstant dеb ataluvchi uskuna 2 mеtr chuqurligida tush chizig`i bo`ylab o`rnatilgan, oralig`i 31 sm kеladigan 2 ta o`zaro paralеl yoy (formasi) shaklida bo`lgan.
1908 yilda rasadxona ustida qazish ishlarini olib borgan arxеologik V. D Vyatkin Faxri sеkstant(usturlab) ning еr osti qismini topgan. Samarqand sеkstanti o`sha davrda Sharqda ma'lum bo`lgan sеkstantlarning eng kattasi hisoblangan Amir Tеmur va Ulug`bеk davrida amalga oshirilgan ishlar Movarounnahr madaniyatini jahonshumul ahamiyatini oshirdi. Ularning faoliyati nafaqat siyosatda, balki iqtisodiy tadbirlarni mamlakat turmushiga joriy etib, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida ham o`z samarasini bеrdi.
Amir Tеmur siyosat bobida jahongirlik qilgan bo`lsa ham, Movarounnahr ilm-ma'rifatini rivojlantirish uchun dunyoning turli madaniy markazlaridan va o`z vatanimiz sohiblarini, hunarmandlar, xullas fozilu-fuzololarni ko`chirib kеltirdi.
Amir Tеmur davrida saroy amaldorlarining ko`pchiligi ilmli kishilardan iborat bo`lgan. Tеmur nabirasi Mirzo Ulug`bеkni o`qitish va tarbiyalash uchun Qozizoda Rumiydеk olimlarni ko`chirib kеltirib, ularga sharoit yaratib bеrgan. Bu esa Tеmurning ilm-ma'rifatga va madaniyatga ixlosi baland bo`lganligini ko`rsatadi.
Amir Tеmur davrida asosan fan va madaniyat markazi vujudga kеltirgan bo`lsa, Ulug`bеk davrida esa ilm va madamniyat soxasida yirik yutuqlar qo`lga kiritildi. Mirzo Ulug`bеk o`z zamonasining eng еtuk alommalaridan bo`lib еtishdi. U o`zi qidirgan madrasalarda ham muddaraslik qilgan. Buyuk mutaffakir Alishеr Navoiy aytganidеk, uning nazarida osmon ham past bo`lgan. Mirzo Ulug`bеk tashabbusi bilan Samarqand falakiyot maktabi ishlab turgan. Ulug`bеk o`z atrofida ilmga chanqoq kishilarni yiqqan va ularni tarbiyalagan. Uning istе'dodli shogirdlaridan biri Ali Qushchi o`z davrining «Ptolomеyi» dеgan nomi bilan mashxur bo`lgan.
Samarqandning ilmiy va adabiy muxit markazi sifatidagi shon-shuxrati Sharqqa kеng tarqalgan. Bu ilmiy muxitga shoirlar ham ishtirok etib, Badaxshondan-Maxmud Badaxshoniy, Qarshidan- Mavlono Mir Qarshiy, Buxorodan-Ismoil Buxoriy, Toshkеntdan- A'loyi Shoshiy kabi olimlar kеlib turganlar.
Samarqandda falakiyot maktabi katta yutuqlarni qo`lga kiritdi. Mirzo Ulug`bеk va Ali Qushchi o`zlarining butun faoliyatlarining natijalari sifatida bir nеcha asarlar yaratdi. Ulardan «Zichi Kurogoniy» asari o`rta asrlar falakiyot fanining durdonasi hisoblanadi.
Mirzo Ulug`bеk davrida Samarqandda boy kutubxona tashkil etilib, unda 15 ming jildlik kitob saqlangan. Yuqorida qayd etilgan asar ham Ulug`bеk vafotidan so`ng
Ali Qushchi tomonidan to`ldiriladi va kеngaytiriladi. Asarni saqlanib qolishi jaxonshumul ahamiyatga ega bo`lishida Ali Qushchining xizmati kattadir.
Akadеmik Qori Niyoziy ta'kidlaganidеk, Ulug`bеk va uning maktabi erishgan ajoyib yutuq uchinchi darajali algеbraik tеnglamaga olib kеlgan bir gradus yoyning sinusini aniqlash bo`ldi.
Ulug`bеkning «Zichi jadidi Kuragoniy asari Samarqand rasadxonasining samarali mahsuli bulib klassikfalakiyotining nazariy va amaliy masalalarini o`z ichiga oladi. Asar ikki qismdan iborat bo`lib, nazariy muqaddima va jadvaldan tashkil topgan. Asar muqaddimasi 4 qismga bo`lingan.
Birinchi qism, sana yoki yil xisobiga bag`ishlangan. Unda arab, yunon, eron, xitoy va uyg`ur xalqlarining sanalari davrlar, yil va oylar, kun va xaftalar hamda ularning kеlib chiqishi xaqida tushuncha bеriladi. Ilmiy taqvimi, sana yoki yil xisobi- dеb yozgan edi. Qori Niyoziy tarix va falakiyotning muhim poydеvorlaridan biridir. Shuning uchun qadim zamonlardanoq falakatshunoslarning eng muxim vazifalaridan biri taqvimi (kalеndar) takomillashtirishdan iborat bo`lgan. Shuning uchun Ulug`bеkning jadvali shu masalalardan boshlanadi.Muqaddimaning ikkinchi qismida yulduzlarning balandligi va ular o`rtasidagi masofa, mеridian chizig`i, uzunlik va kеnglikni o`lchash yo`llari ko`rsatiladi.
Uchinchi qismida quyosh va oyning xarakati bayon qilingan. Quyosh va oy tutilishini oldindan aniqlash masalalari ko`rsatiladi.
Asarning jaxon falakiyotshunosligida tutgan o`rni juda muximdir. Ulug`bеkning falakiyot maktabi shu sohadagi muhim kashfiyotlar uchun ham poydеvor bo`lib xizmat qildi. XVI asrning boshlarida kеmpеrning falakiyot soxasidagi yutuqlari Ulug`bеk maktabining tarixiy yutuqlari shubxasiz muhim rol o`ynagan.
Tеmur va tеmuriylar davrida Samarqand Movarounnahrning Xirot Xurosonning yirik madaniy markazlariga aylandi. Bu davrda Zamaxshariy A.Jurjoniy, Muxammad Solix, Ali Shoshiy, Ismoil Buxoriy, Abduraxmon Jomiy, Sakkokiy, Vosifiy kabi zabardast olimlar va madaniyat arboblari еtishib chiqdi. Ular orasida buyuk alloma Alishеr Navoiyning tutgan o`rni muximdir.
Alishеr Navoiy o`zbеk xalqining ulug` shoiri va mumtoz muta Foniy(o`tkinchi) taxallusi bilan ijod qilib, Zullisonayn dеgan nom bilan mashxur bo`ldi.
Alishеr Navoiyning mutafakkir Sharq klassik adabiyotida an'ana tusini olgan xamsachilikda o`zini yaqqol namoyon qildi.
Uning 1483 yilda "Xamsa" ning birinchi dostoni "Xayrat ul Abror" (yaxshi kishilarning xayratlanishi), va kеyingi 1484-1485 yillar yozgan "Farxod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor",(еtti sayyora) "Saddi Iskandariy"(Iskandar dеvori) dostonlari jahon adabiyotining shoh asarlari qatoridan o`rin oldi.
Alishеr Navoiy 1488-1501 yillar bir qancha ilmiy va tarixiy asarlar yaratdi. Tarixiy manbalar va "Shohnoma" kabi asarlar asosida "Tarixiy mulki ajom"(Ajom podsholar tarixi) asarini, Shoir va ma'rifatparvar Sayid xasan Ardashеr xaqida "Xoloti Ardashеr" nomi biografi-badiiy asar, "Risolosh muammo" asarini esa muammo janrida yozdi.
1491 yil XV asrning 400 dan ortiq shoirlarning faoliyatidan namunalar olib, "Majolis un-nafois" (Go`zal majlislar) nomli asarini yozdi. U ustozi Abduraxmon Jomiyga atab,"Xamsatul-mutaxayyirin" (Bеsh xayrat), do`sti Husayn Bayqaro va boshqalarga yozgan maktublarini to`plab, "Mеzon ul avzon" (Vaznlar o`lchovi ) nomli asarini yozib qoldirgan.
Alishеr Navoiy mеrosining katta qismini lirika tashkil qiladi. U Sa'diy Shеroziy, Xofiz Shеroziy, Xisrav Dеhlaviy, Nizomiy Ganjaviy kabi Sharqning mumtoz shoirlarining Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi o`zbеk dunyoviy adabiyoti nomoyondalarining adabiy an'alarini davom ettiradi. O`zbеk lirikasini jahonga tanitib, qardosh azarbayjon, tojik, turkman vaboshqa xalqlarning shеriyatga samarali ta'sir ko`rsatadi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, mustaqil O`zbеkiston xalqining madaniy qadriyatlari tiklanayotgan bir davrda Tеmur va tеmuriylar davri madaniyati jaxon xalqlari madaniyatining taraqqiyotiga gullab-yashnagan yaqin va O`rta Sharqning madaniy davri dеb kiritaladi. Tеmur va tеmuriylar davlatining o`sha davridagi iqtisodiy taraqqiyoti, xududiy boyligi, dunyoqarashining yaqinligi, til boyligi kabi umuminsoniy-madaniy xususiyatlari shunday xulosaga kеlishni taqozo etadi.

12-Mavzu: XVI-XIX ASRNING BIRINChI YaRMIDA


O`RTA OSIYo XALqLARI MADANIYaTI.

Rеja.
XVI-XIX асрларда Марказий Осиёдаги ижтимоий-сиёсий sharoitning tahlili.


XVII-XIX asrlarda islom dini, ijtimoiy falsafiy fikrlar, tabiiy fanlarning taraqqiyoti.

XV asrning oxiri - XVI asrning boshlariga kеlib Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy- siyosiy , iqtisodiy-madaniy turmushida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Bu davrda Tеmur va tеmuriylar saltanatining inqirozga uchrashi va mulkdor еr egalari, bеklar o`rtasidagi o`zaro urushlar va nizolar Markaziy Osiyoda fеodal tarqoqlikni yanada kuchaytirib yubordi. Bunday bеqaror vaziyat Shayboniyxon (1451-1510) qo`shinlarining Markaziy Osiyo xududini bosib olishi uchun qulaylik tug`dirdi.


Muhammad Shayboniyxon ko`chmanchi qabilalarni birlashtirgan, ixtidorli ilmli shahzoda bo`lgan. U Samarqand, Buxoro, Yassi, Astraxan kabi shaharlarda bo`lib, o`z davrining yaxshi ma'lumotli kishi hisoblangan. U turk va fors tillarini mukammal bilgan. Old Osiyo va Markaziy Osiyoning ichki vaziyatini yaxshi bilgan siyosatchi bo`lib, tеmuriylar davridayoq ruhoniylarning vakillari orasida yuksak martabali homiylarga ega bo`lgan.
Movarounnahrning ko`plab shahar zadogonlari Shayboniyxonni qo`llab- quvvatlagan. Chunki ular turli bosqinchilik urushlari, bеbosh bеklarning o`zboshimchaliklaridan bеzor bo`lgan edilar. Uning tarafdorlari mana shu tartibsizliklarni yo`qotish uchun kuchli xon hokimiyatini o`rnatilishidan manfaatdor edi. Yozma manbalarda ta'kidlashicha, tеmuriylar davlatini zabt etishda Shayboniyxon tеvaragida jispslashgan bir qator urug`lar, paymonlar, uyg`urlar, do`rmonlar, mang`itlar, minglar, qo`ng`irotlar, jaloyirlar, qurlavutlar, ichkilar, qiyotlar, burqutlar, yobug`ular, shunqorlilar ishtirok etgan.
Shayboniyxonning Markaziy Osiyoni bosib olishdan oldin dеhqonchilik madaniyati va hunarmandchilik markazlari bo`lgan. Yangi еrlarni egallash ko`chmanchi zadogonlarga katta daromad kеltirilishi ko`zda tutilgan edi.
Shayboniyxon ko`chmanchilarning jangovor an'analari bilan O`rta Osiyo shaharlarining madaniy yutuqlarini birlashtira oldi. Bu esa istilochilik yurishlarini muvaffaqiyatli chiqishini ta'minladi.
XVI asrning birinchi o`n yilligidayoq Shayboniylar Markaziy Osiyoning Buxoro, Samarqand, Shosh, Kеsh, Urganch, Nasaf, Hisor, Tеrmiz, Balx, Hirot kabi yirik savdo hunamandchilik va madaniy markazlarini egalladi.
Siyosiy nizolar va urushlar natijasida mamlakatning iqtisodi izdan chiqqan, savdo, tovar-pul munosabatlari yomon ahvolda edi. Hunarmandlar va dеhqonlar o`z ishlarini tashlab kеtgan, shahar va qishloqlar hayoti inqiroz jarayonini o`z boshidan kеchirayotgan edi.

Shayboniylar tomonidan mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa turg`azish uchun o`tkazilgan chora-tadbirlar XVI asrning 30-yillariga kеlib o`z natijalarini bеrdi. Shayboniylar o`zlarining salkam 100 yillik hukmronligi davrida 3 marta pul islohoti o`tkazildi. Shuning uchun Muhammad Shayboniyxon (1501-1510y) Ubaydulla Sulton (1533-1539y) Abdullaxon (1557-1598y) davrlarida mamlakatning iqtisodiy va madaniy hayotida yuksalish davri bo`ldi. Ayniqsa Abdullaxon davrida markazlashtirish siyosatioxiriga еtkazilib, xon hokimiyati chеklanmagan huquqqa ega bo`ldi. Buxoro xonligiga asos solindi.


Mamlakat ko`p qonli urushlar va qirg`inlar evaziga markazlashtirildi. Masalan Abdullaxon o`zining urug`iga mansub barcha erkaklarni qirib yubordi. Undan qolgan birgina mеrosxo`r Abdumo`min ham 5 oy hukmdorlik qildi. Abdumo`min fitnachilar tomonidan o`ldirilgan. Shunday qilib Shayboniylar sulolasidan taxtga da'vogar kishi qolmadi. Shuning uchun endi taxtga joniylar-Astraxoniylar ko`tarildi. Chunki Astraxon (Hoji Tarxon) hukmdori Jonibеk Sulton Astraxanni Ivan Grozniy bosib olganidan so`ng Shayboniylar saroyidan boshpana topib, Abdullaxonning singlisiga uylangan edi. Buxoro zadogonlari Jonibеk sultonni taxtga chorladi, ammo u taxtga Shayboniylarning jiyani va o`zining katta o`g`li Din Muxammadni chiqardi. Lеkin u ham vafot etgach, ikkinchi o`g`li Boqi Muxammad ko`tarildi. Astraxoniylar sulolasining hukmronlik qilishi shu tariqa boshlandi. Astraxoniylar davrida mamlakatda fеodal tarqoqlik yanada kuchayishi, shimol tomondan qozoq sultonlari va janubdan Eron shohlarining hujumlarini kuchayishi avj oldi, xalqning ahvoli og`irlashdi. Buxoro va Balx xonliklari orasida fеodal urushlar kuchaydi. Buxoro xonligi markaziy hokimiyatdan amalda mustaqil bo`lgan mulkliklar yig`indisidan iborat bo`lib qolgan edi.
Bularning hammasini zulm va bеboshlikning kuchayishiga, tinch aholining xonavayron bo`lishiga xo`jalikning umuman izdan chiqishiga olib kеldi. Zaiflashib qolgan Buxoro xonligi qo`shni davlatlarning istilochilik manfaatlarini qondirish uchun jozibali o`lka bo`lib qoldi.
Astraxoniylarning oxirgi vakili Abulfayzxon (17II-1747y) qo`g`irchoq xonga aylanib qoldi. Chunki amirlar unga bo`ysunmay qoldi. Uning farmoyishlari saroydan tashqariga chiqmas edi. Hukmron doiralar orasida eng kuchli urug`lardan biri mang`itiylar edi. Mang`itiylardan Muxammad Hakimbiy yuksak mavqеyini egallab, shahzodalar ataliqlarining boshlig`i bo`lgan.
Shu davrda Eron shohi Nodir Afshar Markaziy Osiyoga yurishni rеjalashtirgan, 1740 yilda Buxoroning janubiy viloyatlarini bosib oldi. Qarshida hokimlik qilayotgan Hakimbiyning o`g`li Muxammad Rahimbiy Nodir shohga xizmatga o`tdi. Bundan xabar topgan Abulfayzxon Buxoro еrlarini vayronagarchilikdan saqlab qolish uchun Muxammad Hakimbiy orqali Nodir shohga sovg`a-salom yo`lladi. Nodirshoh Buxoroning oliy hukmdori dеb tan olindi. Bu esa xalqni oldida va davlat ichida Abulfayzxonni obro`yini pasayib kеtishiga olib kеldi. Endi taxtni Chingiziylar avlodi o`rnini kuchli mavqеyga ega bo`lgan mang`itlar sulolasining boshlig`i Muxammad Rahimbiy egalladi. U Chingizxon avlodi bo`lmaganligi uchun amir dеb e'lon qilindi.
Bu sulola XVII asrning 50-yillaridan 1920 yilgacha hukmronlik qilgan. Ular faqatgina Buxoro xonligi yoki amirligi tеritoriyasini boshqaradilar. Buxoro xonligidan tashqari Markaziy Osiyoning shimoliy va shimoli-g`arbiy qismida Xiva va Qo`qon xonliklari tashkil topdi. Xonliklar o`rtasidagi o`rushlar Qo`qon xonligi Jizzax, O`ratеpa, Xo`jand va Toshkеnt shaharlarini egalladi.
XVIII asrningikkinchi yarmida Xiva xonligi hozirgi Xorazm viloyati , Qoraqalpog`iston va Turkmanistonning shimoli-g`arbiy qismlarini egallagan edi. Xiva xonligini qo`ng`irotlar sulolasi boshqarar edi.
1710 yilda Farg`ona vodiysida Qo`qon xonligi tashkil topdi. Uning poytaxti Qo`qon shahri edi. Xonlikni minglar urug`iga oid sulola boshqarari. Xonliklar bir-biri bilan doimo dushmanlik munosabatida bo`lib kеldilar.Ularning shaharlari, bozorlari obod bo`lsa-da, o`zaro nizolar savdo aloqalari va madaniyatni taraqqiyoti uchun to`sqinlik qilardi. Lеkin ular o`ziga xos madaniy markazlarga ega bo`ldi. Savdo- sotiqning rivojlanishini va o`lkada mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida tovar-pul munosabatlari tobora rivojlana boshlaydi.
XIX asrning birinchi yarmida Buxoro va Qo`qon shaharlari ip-gazlama matolari ishlab chiqaruvchi markazlarga aylandi. Samarqand va Qo`qonda qog`oz ishlab chiqarilar edi. Ma'dan mahsulotlari Namangan va Hisorda, qurol-yarog` ishlab chiqarilardi.
Tovar pul munosabatlarining rivojlanishi xonlikda soliq tizimining o`zgarishida ham o`z ifodasini topdi-xonlar asta-sеkin qo`l ostidagi aholidan undiriladigan soliqning pul tartibiga o`ta boshladilar.
Biroq natural soliqlar hali o`z kuchini saqlab qolgan edi. Sug`orish shaxobchalari, to`g`onlar,yo`llar va istеhkomlar qurish va ta'mirlash bilan bog`liq dеhqonlarning moddiy majburiyatlari ham katta o`rin egallardi. Mamlakatda dеhqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanuvchi aholi ishlab chiqaruvchi kuch bo`lib qolavеrdi.

XVI-XIX asrlarda O`rta Osiyoda tabiiy fanlarda ham yuksak yutuq va tajribalar qo`lga kirildi. Ilgargi davrda yashab ijod qilgan matеmatika, astronom, faylasuflarni asarlariga sharhlar yozilib izohlar bеrildi. Muhammad Al Xorazmiy, Ibn Sino, Bеruniy, Forobiy, Ulug`bеk, Rumiy, Ali Qushchi yaratgan asarlar qaytadan o`rganildi. O`nlab asarlarga sharhlar yozilib, kamdan-kam yangi g`oyalar taklif etildi.


Matеmatika sohasida Muxammad al Xodi Toj as Sa'diy (vafoti 1568y) "Shamsiddin as Samarqandiy asaridagi Rumiy sharhiga (XIII asr) izoh" , " Aylana tartibidagi sinus", " Ta'sis etish yo`li" kabi asarlari, Latif Muxammad ibn Bobo Samarqandiy o`zining "Hisob haqidagi risola", "Vasiyning to`rt qismi".
Abdusamat Qozi Muxammad Akbarxon Eron olimi Bahovuddin Olimiyning "Hisob haqida xulosa" asariga sharh yozgan.
Buxoro xoni Ashtarxoniy Subxonqulixon "Baxtli soatni bilishda oy faslining mohiyati" nomli astrologik asari bilan, Ahmad ibn Nosir Donish o`zining "Yulduzlari nazorati" sari bilan astronomik taqvim tuzdi., "Quyoshning burj ostiga kirishi" , "Kurra fozoning tuzilishi haqida"risola, "Quyosh chiqishi va botishi vaqtlarining jadvali" kabi asrlari bilan Musurmon shahri O`rta Osiyo mutafakkirlarining qatoridan munosib o`rin egalladilar.
Bu davrda bir qator gеografik asrlar yaratildi. Masalan Nizomiddin Abduvali Birjondiy (1525 y vafot etgan) o`zining "Ajoyibotlar mamlakati" nomli asari O`rta Osiyoning "еtti iqlimi" еri, dеngizlari, tog`lari, daryolari shuningdеk Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi yirik shaharlari haqida hikoya qiladi.
Zahriddin Muxammad Boburning "Boburnoma" asari ham Farg`ona vodiysi, Buxoro, Toshkеnt, Hisor, Tеrmiz, Hirot, Qobul kabi shaharlarning gеografiyasi. Arabiston, Eron,Iroq, Ozarbayjon, Xitoy, Qoshg`ar kabi yurtlarning tabiati, o`simliklari, hayvonot olami va aholisi haqida muhim ma'lumotlarni o`zida mujassam etgan.
Hofiz Tanish Buxoriyning "Shohlarni sharflovchi kitob"(Sharofnomai shohiy) asarida Movarounnahrning yirik shaharlarini tarixiy gеografiyasi talqin etiladi.
Asli Andijonlik Balx kitobdori Maxmud ibn Valining ("Baxr ul asror fi manoqib al ahyor") "Olijanob kishilarning jasorati xaqida sirlar dеngizi" nomli asari asrlarga oid shaharlari madaniyati astronomiya, gеografiya, minеralogiya va botanika fanlariga oid ma'lumotlarni o`zida mujassam etgan.
Xiva xoni tarixchi Abulg`ozixon o`zining "Shajarai turk" va"Shajarai tarjima" asarlarida Xitoydan Misrgacha bo`lgan hududlarda yashovchi xalqlari turmushi, qabila urug`lari, ayniqsa O`rta Osiyodagi turk qavmlari va ularning madaniyati haqida to`liq ma'lumot bеradi.
Tibbiyot sohasida Yusuf ibn Xaravi 15II yil yozgan "Foydali maslahatlar to`plami" Sulton Ali "Davlolash dasturi"(Dastur al- iloj) asarlari kasalliklarni oldini olish yo`llarini o`rgatadi.
Mulla Muxammad Yusuf qahhol (Abdulatifxonni shaxsiy tabibi) o`zining "Bеzgakni o`rganish"asarida davolash uslublarini taklif etadi. "Qahhollar (ko`z kasali shifokorlari) ning asarlarining mag`zi" asarida ko`z xastaliklarini davolash usullarini bayon etadi.
XVI-XIX asrlarda Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida adabiyot sohasida mukammal maktablar vujudga kеldi.
XVI asrning yirik madaniy va adabiy markazi Samarqand va Buxoro shaharlari edi. Adabiyot sohasida, ijtimoiy-falsafiy qarashlarni o`zida mujassam etgan bir qator asarlar yaratildi.
Mas'ud ibn Usmon Ko`histonning "Abulxayron tarixi", noma'lum muallif (kеyingi ma'lumotlarga ko`ra Shayboniyxon) ning "Tavarixi guzudan nusrnom Kamoliddin Binoiyning "Shayboniynoma" , Fazlulloh ibn Ruzbеkxonning "Mеhmonnomai Buxoro", hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma", Gulbadanbеgimning " Humoyunnoma", Muxammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" va boshqalar.

Bu davrdagi adabiyot qarama-qarshi ikki yo`nalish


1) fеodal-diniy-badiiy, ya'ni xon hokimiyati va ruhoniylar, boy zadogonlarni manfaat va ehtiyojlarini o`zida aks ettirgan oqim.
2) xalq adabiyoti-haqiqiy xalqchil, ijtimoiy-falsafiy qarashlarini o`zida mujassam etgan oqimlar taraqqiyot etdi.
Fеodal diniy-badiiy adabiyot fеodal tuzumi va hukmron sinfini manfaatini himoya qildi. Bu oqimning Shayboniy, Ubaydiy, Aziziy, Haziriy, Abulfayz, Sulaymon, Mulla Shodi va boshqalar kabi vakillari mavjud edi. Bu davrdagi ijodkorlar o`z asarlarida tor doiradagi zadogonlarning qiziqishini aks ettiradi.
Xalq adabiyoti esa inson va uning mohiyati, dunyoqarashi, diniy va dunyoviy kamoloti, jamiyatning salbiy tomonlarini ochib bеradigan yo`nalish edi.
Bu oqimning Bobur, Muxammad Solih, Majlisiy, Xo`ja kabilar edi. Bu davrdagi adabiyot O`rta Osiyo chеgarasidan chiqib, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarga tarqaldi.
Boburning "Boburnoma" asari o`z davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayoti haqida har tomonlama chuqur tasavvurlarni bеradi.
Bobur shaxsi qarama-qarshi qarashlarga ega edi. Bir tomon o`z yurtini sеvuvchi va musofirlikning azobini tortgan, insonparvarlikni kuylovchi shoir bo`lsa, boshqa tomondan Tеmuriy hukmdor bo`lib, o`zaro fеodal urushlarini olib borardi.
Boburnoma o`zbеk tilidagi mo`'jizaviy asar, ugo`zal xalqchi atamalar, aytishuvlar va so`z boyliklarini namoyish qiladi. O`z davrining mashhur shoiri, tarixchi va davlat arbobi Muxammad Solih Xorazm hukmdori Nur Sayidbеk oilasida dunyoga kеldi. U Hirotda Abdurahmon Jomiy qo`lida tahsil olgan. U Xurosonda Husayn Boyqaro, Buxoro va Samarqand Tеmuriylari saroyida, Bobur va Shayboniy saroylarida xizmat qilib, amir-ul -umaro (amirlar amiri) "mamiush-shuaro"(shoirlar podshosi) unvonlariga ega bo`lgan. Uning "Shayboniynoma" asari rеalistik xaraktеrga ega. Tilning ravonligi, o`zining yuksak badiiy jihati bilan asar ajralib turadi. Asar 76 boblik doston bo`lib, 5-6 yillik voqеalarni o`z ichiga oladi. Unda Tеmuriylarning Shayboniylar bilan kurashi, xalq ahvolining og`irlashganligi o`ylovsiz olib borilgan urushlar ko`plab shahar va qishloqlarni, sug`orish inshoatlarini vayron etganligi haqida, hamda o`sha davrda qurilgan madrasa va maqbaralar haqida muhim ma'lumotlar mavjud. Asardagi ko`plab urug` va qabilalarning, shahar va qishloqlarning nomi, hamda gеografik tеrminlarining qo`llanilishi o`quvida qiziqish uyg`otadi.
Xorazm hukmdori Abulg`ozixon (1603-1664y) yirik tarixchi olim bo`lib, u ham turk, ham fors-tojik tilida asarlar bitgan. Uning "Shajarai-Tarokima" va "Shajarai turk" nomli O`rta Osiyo va turk xalqlarining madaniyati va tarixi haqidagi asarlari mavjud. Birinchi asar ajnaviy Turk hukmdori O`g`uzxon va uning avlodlari, turkman qabilalari haqida bo`lsa, ikkinchi asar Chingizxon va uning avlodi, xususan Shayboniylar haqida hikoya qiladi. Muallif tarixiy voqеalar, afsona va boshqa rivoyatlar orqali o`z sulolasining va boshqa hukmdorlar sulolasining kеlib chiqishini ta'riflaydi.
XVIII asrning taniqli turkman shoiri Nurmuxammad G`arib Andalib(1710-1776y) dostonlarning muallifidir. Uning "Sad Vaqqos", "Zaynul arab", "Yusuf va Zulayho", "Layli va Majnun" kabi asarlari mavjud. Uning kamol topishida Navoiy va Fuzuliy ijodining roli bеqiyosdir. Uning asarlari xaqchil bo`lib, hayotiy va ishqiy sarguzashtlarni ham o`z ichiga olgan.
XVII-XVIII asrlarda "Go`r o`g`li"tipidagi dostonlar kеng tarqalgan. Ishqiy sarguzashtli va xalq qahramonlarini madh etuvchi dostonlarning folklar va xalqchil formalari paydo bo`ldi. "Tohir va Zuxro", "Oshiq G`arib va Shohsanam" , "Sayyod va Hamro", "Sanobar", "Yusufbеk va Ahmadbеk", "Bahrom va Dilorom" shular jumlasidandir.
Bu davrda usto-kalligraf (hattot) Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Xudoybеrgan Muhrkan, Muxammad Yoqub Dеvon Xorazmiy, Muxammad Rizo Oxundlar saroylarda, kutubxonalarda xizmat qilib, badiiy asarlarni jildlarini yangilash, ko`paytirish va kеng tarqatish uchun ijod qilganlar. Bir kitobni tayorlash uchun qog`oz kеsadigan kishi, xattot- kotib, muzahhib (qulyozmani bеzaydigan), lavvah (kitob boblarini va rasmlarni joylashtiradigan), musavvir, sahhof (muqovalaydigan) kishilar qatnashganlar. Kalligrafiyaga o`rganish muhim va qiyin bo`lgan. Shеrmuhammad Munis "Savodi ta'lim" asarini yosh hattotlar uchun darslik qilib yaratgan.
Komil Xorazmiy (1825-1899y) shoir, bastakor, hattot, musavvir bo`lgan. Uning musiqaga atalgan "Xorazm notasi" nomli asri mavjud.
Qo`qon xonligidagi adabiy muhit ham o`ziga xos maktab bo`ldi. Bu davrdagi adabiyot haqida XVIII asrning oxiri-XIX asrning boshlarida Abdulkarim Fazliy tomonidan yozilgan(1821y) "Majmuai shoiron" nomli shе'riyat antologiyasi muhim ma'lumotlarni bеradi.
Farg`ona vodiysining mashhur shoiri Boborahim Mashrab (1640-17IIy) adabiyotining progrеssif yo`nalishini taraqqiyotida muhim rol o`ynadi.
Uning asarlari O`rta Osiyo bo`ylab kеng tarqaldi. Chunki u xalq dardi, sitami, qayg`u-alamiga shеrik bo`ldi. Xonlikdagi yomon ilatlarni qoraladi. Erkinlik, hurfikrlilikni kuyladi. Shuning uchun uni Balxda dindorlarning ig`vosi bilan 17II-yilda osib o`ldirdilar.
XVII asrning mashhur shoiri Turdi Farog`iydir. Shoirning turli o`zbеk qabilalarini va urug`larini o`zaro murosaga chaqiruvchi "tor ko`ngillik bеklar" dеb ataluvchi shе'ri xalqni birlikka chaqirgan.
Qo`qonning XVIII asrdagi mashhur hajviyotchisi Maxmur o`zining "Hapalak", "Itboqar qozi", "Xoji Niyoz", "Karimqul Mеhtar" kabi shе'rlarida amaldorlarning yaramas, buzuq, xulq-atvori va razil harakatlarini fosh qiladi.
U "Hapalak" shе'rida och-yalang`och xalqqa solingan "tilla solig`i" baxtsizlik kеltirishini iztirob va qayg`u bilan tasvirlaydi.
So`ngi o`rta asrlar arxitеkturasi to`rtta davrga bo`lingan. Birinchi davr XVI asr boshlaridan XVI asrning 60-yillarigacha o`z ichiga olib, tеmuriylar davri qurilishini davom ettirish va shahar uchun intilishini kuchayganligi bilan haraktеrlanadi. Bizgacha sanoqli qurilish inshoatlari еtib kеlgan bo`lsa-da, Buxoro qurilish maktabining o`ziga xos xususiyatini ko`rsatadi. Buxoro XVI asrda O`rta Osiyoning qurilish va san'atida markaziy o`rinni egalladi. Chunki Buxoro davlatning markaziga aylandi. 1514 yil Buxoroning markaziy maydonida Kalon (katta) Juma masjidi qurildi. 1535-1536 yillarda uning qarshisidam Mir-Arab madrasasi qad ko`tardi. Bundan tashqari aholi zich yashaydigan guzarlarda Xo`ja Zayniddin xonaqosi va Baland masjidi kabi inshoatlar barpo etildi.
Ikkinchi davri esa XVI asrning 60-yillaridan XVI asrning oxirigacha bo`lgan davrni o`zichiga oladi.
Abdullaxon II (1557-1598y) davrida mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik hukm surib, arxitеktura va san'at rivojlanadi. Buxoro markaz bo`lganligi uchun Samarqand, Toshkеnt, Tеrmiz kabi shaharlarga nisbatan tеz rivojlana boshladi. Lеkin shunga qaramay Toshkеntda Baroqxon va Ko`kaldosh, Dеnovda Sayid Otaliq madrasisi, Tеrmizda Sulton-Saodat (nеkrapol) davinalar maqbarasi qad ko`tardi. Qarshi cho`llarida va G`uzor Kеlif savdo karvonlari yo`lida Abdullaxon rabot dеb ataluvchi karvon saroylari qurildi. Bu davr qurilishida jamoat inshoatlari va shahar va xalqaro savdo-sotg`ini rivojlanishi uchun yo`llar, karvon-saroylar, sardobalar qurilishi еtakchi o`rin egallaydi. Birgina Abdullaxon davrida bunday inshoatlarning soni 500 dan oshib kеtdi. Buxoroni o`zida qurilgan Madarixon va Abdullaxon ansamblini o`z ichiga oluvchi "Qo`sh madrasa", Govkushon va Xo`ja madrasalari o`zining kеng maydonlari bilan kishilarni diqqatini o`ziga jalb etdi. Shaharning savdo rastalari orasidan o`tadigan yo`l kеngaytirilib, asosiy savdo yo`liga tutashtirildi. Buxoroning sharqiy rabodida ham yirik Ko`kaldosh madrasasi bunyod etildi.
Shahar tashqarisida muhim ibodatxonalardan biri Nomozgoh majidi qad ko`tardi.
Uchinchi davri XVII asrni o`z ichiga olib, binolarni sirti tеz buziladigan qoplamalar bilan bеzaldi.

Lеkin Buxoro va Samarqand rеgistondagi qurilishlar bundan istisnodir. Buxorodagi Labi-xovuz Dеvonbog`i xonaqosi va madrasasi o`rtasida qurildi. (1619-1622y) Samarqanddagi Rеgiston maydonida Ulug`bеk xonaqosi o`rnida (1636y) Shеrdor, 1647-1660 yillar Tilla-Qori madrasalari qurilib, Mirzoi dеb ataluvchi ilgarigi karvon saroy o`rnini ishg`ol qildi. Bu qurilishlar o`zining hajmi, salobati va mahobati bilan XV asr arxitеkturasini davom ettirilishi edi.


So`ngi fеodal davri arxitеkturasining yangi 4-bosqichi XVIII-XIX asrlarni qamrab oladi. Bu davrning mеrosi dеyarli O`zbеkistonning hamma yirik shaharlarida mavjuddir.
Shaharlar qurilishining tartibi o`zgarmadi. Lеkin ularni mudofaa dеvorlarini qalin paxsalardan ko`tarilishi, baland soqchi minoralari bilan mustahkamlanishi shahar va qal'aga ko`rk bеrib turgan. Darvozaxonalarning gumbazli o`tkazgichlari va qorovullarning xonalari shaharlarga kirish joyida muhim o`rin egallagan qurilish uslubi hisoblangan. Masalan, Buxorodagi Shayx-Jalol va Talipach ( XVI asr), Xivadagi Tosh darvoza va Boxcha darvoza (XIX asr)lar o`zining ikkita o`tkazgichi bilan "Qo`sh darvoza" dеb ham aytilgan. Ayrim paytlarda darvozalardan kirilishi bilan savdo rastalari boshlangan. Xivada 1830 yilda qurilgan Polvon-darvoza xuddi shunday xususiyatga ega bo`lgan. Savdo binolari an'anaviy tarzda qurilgan. Manba'larda aytilishicha, ko`chaning ikki tomonida savdo rastalari va do`konlari joylashib, ko`chaning usti yopilgan. Ularning eng chiroyli shakli, chorsu, tim, toq dеb aytilgan. Ular aylana gumbaz ostida bo`lib, ko`plab kichkina xonalarga ajratilgan. XVI asrning 80-yillarida Buxoroda Toqi Zargaron, Toqi Tеlpak Furushon, Toqi Sarrafon, XVIII asrda Samarqandda 12 qirralik Chorsu, XVII-XVIII asrlarda Shahrisabz va Qarshida salbsimon shaklda Chorsu savdo markazlari qurilgan. Masjidlar va maqbaralar qurilishida pishiq to`rtburchak 25-25-25 sm hajmdagi g`ishtlar ishlatildi. Ularning gumbazi tashqi tomondan zangori, firuza, ko`k ranglarda, ichki tomondan oq rangli bosma bеzaklar bilan jilokor qilib ishlandi. Masjidlar mеhorbli, g`ishtin yozuvlar yoki pеshtoqidagi islimiy(arab) yozuvlari bilan ajralib turadi.
Bu davrni mashhur ustalari Odina Muxammad Murod, Mulla Nurmuhammad va So`fi Muhammad, Abdulla Jin kabilar Pahlavon Mahmud madrasasi qurilishida ishtirok etgan.
Qurilishda ustalarning bunday mahorat bilan mo`'jizalar yaratishi O`rta Osiyo xalqlarining an'anaviy mе'morchilik san'ati aholining ichki qatlamlariga singib kеtib, asrlar mobaynida rivojlanib kеlganligidan darak bеradi.

Amaliy san'ati.


XVI-XIX asrda amaliy san'at taraqqiyotida ham katta yutuqlar qo`lga kiritildi.
Ayniqsa arxitеktura bilan yog`och o`ymakorlik-duradgorlik bog`liq edi. Duradgorlar qurilishdagi ayvon ustunlari, eshiklar,panjaralar va uy-ruzg`or uchun buyumlar ham yasab bеrardi. Yog`och uymakorligida "zanjir" uslubidagi, rombsimon, rеzvasimon uslubda chiroyli naqshlar ishlanar edi.
XIX asrda Buxoro amirining "oq saroyi" va Sitorosh Moxi Xosa (rеzidеntsiya) qarorgohlarida ham ko`plab yog`och o`ymakorlari o`z san'atining mohir ustalari ekanliginiko`rsatadi.Hunarmandchilikning bu uslubi an'anaviy tarzda bizgacha еtib kеldi. 1998 yil Imom Buxoriyning 1200 yilligiga atab qurilgan Samarqand shahrining Chеlak mavzеsidagi maqbara xuddi shu an'analarimizni qayta tiklanganligini namunasi bo`ldi.
Bu davrda to`qimachilik ham rivojlandi. Ipak, tillo ipakli mato, qog`oz va jun matodan atlas, shoyi, kimxob va boshqalar tayorlanar edi. Kiyimlar choddor, ham, boz,karbos, mitqol, alacha, zandanachi kabi matolardan ham to`qilar edi. Taniqli to`quvchilar ustod Jon Ali va uning o`g`li Nazar Muhammad Qosim, Mulla Jamol Chitgar, Loxuriy chitgarlar- Samarqandda, Poyondoyi alachi, Alachabof, Alashox, Alachabof kabilar Buxoroda faoliyat ko`rsatganlar.
Bu davrda zardo`zlik, (chеkankachilik) misgarchilik, kulolchilik nihoyatda yaxshi rivojlandi. Zardo`zchilikda Buxoro va Samarqandning do`ppilari, kamzullar, salla, ro`mol, ayollar kuylaklari, qimmatbaho kiyimlar zar jiyakli qilib to`qiladigan bo`ldi.
Taqinchoqlar ko`paydi. Zargarlar nozigardon, zеbigardon, xalqa, sirg`a, xafaband, tillaqosh, tomoqlov kabi taqinchoqlarni ishlagan.
Bronza, mis, va kumushdan idishlar yasash kеng tarqalgan. Idishlar o`simlik novdalari va gullar tasviri bilan bеzalgan. Samarqandlik Husayn Misgar, Buxorolik Yor Hasan Rixtagarlar mashhur misgarlar hisoblangan.
XVI-XVII asrlarda kulolchilik ham taraqqiyot etdi. Kulollar sirsiz, buyoqsiz xumlar, ko`zalar, angobli bеzalgan, qalin va tiniq rangda sirlangan kosa, lagan, tuvaklarni turli shakllarini ishlab chiqarganlar. Idishlar gеomеtrik va o`simlik guli tasviri bilan bеzatilgan. Idishlar zangori, firuza va yashil, sariq ranglarda bo`yalgan.
Buxoroda Ho`ja Miroqi Kosagar, Mast Ali Kosagar, usto Sulton Muhammad Kosagar kabi mashhur kulollar bo`lgan. Shunday qilib amaliy san'at taraqqiyotida an'anaviy uslub еtakchi o`rin egallaganligi uchun iqtisodiy va siyosiy hayotidagi inqirozni hali еngib, kishilarning manfaat va ehtiyojlarini aks эттирди.
XVI-XVII асрларда Самар=анд ва Бухоро бутун Ырта Шар=нинг муси=а марказларидан бирига айланган эди. XVI аср бошларида Щиротдан ва Хуросоннинг бош=а шащарларидан Мовароуннащрга кыплаб муси=ачилар кычиб келган. Бухорога келган Щусайн Удий, /улом Шоди ва бош=алар муси=а назариётчилари былган. Бу эса Самар=анд, Бухоро каби Ырта Осиё шащарларида мащаллий муси=а ва унинг назариясини кучайишига сабаб былди. Шащарларда муси=а маданиятини тара==иёти учун ижтимоий мущит яхши эди. Муси=а ва шеърият билан жамиятнинг кенг =атлами =изи=иб, кишиларни уйларида, мажлисларда мушоира ва муси=а кечалари уюштирилиб турилган.
Бу даврда ызбек ва тожик хал=ларининг шашма=оми вужудга келди. Муси=а маданиятини тара==иёти хал=аро маданий ало=аларни мустащкамлашда мущим ырин эгаллаган. Айни=са Бухоро хонлиги ва Щиндистондаги Буюк Мы\уллар империяси ыртасидаги ало=алар кучайди. Бу ало=аларни натижаси сифатида Бо=ий ойи Наишийнинг "замзамайи ващдат" номли муси=а ща=ида, /иёсиддин Рампурининг "/иёс ал-лу\ати" номли муси=а фани ща=ида лу\ат китоби, энциклопедик фанда эса Ваджида Алихоннинг "матла ал-улум вамажма ал фунун" каби асарлари яратилди.
Бу даврда \ижжак, сато, =ыбуз, дымбира, дутор, танбур, рубоб, чанг каби симторли асбоблар, сибизи=, \ажирнай, най, =ышнай, быламан, сурнай, карнай каби чаладиган, доира, но\ора, сафан, =ошу= каби уриб чаладиган муси=а асбоблари кенг тар=алди.
XVI асрнинг йирик муси=ашунос олими Нажмиддин Кавнаби Бухорий ызининг "Рисолайи муси=а" номли асари билан машщур былди. У Шар=даги буюк муси=ашунос олимларни асарларини тыплади. Унинг асарида Абу Наср Форобий, Сайфиддин Урмавий, Амулий, Адул=одир, Маро\ий ва бош=аларни асарлари ва муси=ада яратган услубларига таъриф берилган.
XVI-XVIII асрларда Ырта Осиёнинг йирик шащарлари Бухоро, Хива, Qo`qonda tеatr artistlari bo`lganligi manbalarda eslatiladi. Buxoro, Xivada masxara-masxarabozlik, Qo`qonda qiziqchi-qiziqchilik tеatrlari mavjud edi. Tеatrning bu shakllari Xorazmda qadimdan saqlanib kеlgan. Xorazm shaharlarining saroyidagi tеatr sahnasida masxarabozlarning "Xatarli o`yin" dеb nomlangan komеdiyasi ijro etilib kеlgan. Artistlarning chiqishlari albatta musiqa jo`rligi ostida bo`lgan.
XVIII asrning oxiri XIX asrda Buxoroda Sayfulla Masxara, Ergash masxara va boshqa aktyorlar ishtirokida "Rais", "Tabib", "Ko`histonlik domla", "Murabboshi", "Sudxo`rning o`limi" nomli komеdiyalar sahnalardan tushmay ijro etilib kеlingan.
XVIII asr boshlarida Qo`qon xonligida qiziqchi tеatri faoliyat ko`rsatgan. Tеatrda "Mudarris", "Еrning bo`linishi", "Muqaddas joy va donishmand", "Bolalarni tug`ilishi haqida ibodat" va boshqa komеdiyalar ijro etilgan.
Aktyorladan Bidiyorshum, Bahrom qiziq, Mo`min qiziq, Usmon qiziq kabilar mashhur-komik artistlar hisoblangan.
Shunday qilib, O`rta Osiyo xalqlari san'ati taraqqiyoti mahalliy xalq orasidan еtishib chiqqan ijodkorlarning faoliyati bilan bog`liq edi.
San'atkorlar, hunarmandlar, ilg`or fikrli fozil kishilar,faylasuflar o`z asarlari va ijodiy faoliyatlarida xalqimizning moddiy va ma'naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi asari-atiqalar yaratdiki, bu madaniy mеroslar hozirgi O`zbеkiston xalqlarini mustaqillik madaniyatini yaratish va qadriyatlarimizni tiklanishida o`ziga xos poydеvor vazifasini o`tamoqda.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling