I.KIRISH
“Materiallar strukturasi” fani qurilish materiallari sohasi mutaxassislari uchun, ularining texnologik dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. O’lchov-kontrol asbob va qurilmalaridan foydalanish, qurilish materiallari sifatini oshirish jarayonlarining mohiyatini tushunishga xizmat qiladi.
Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi oʻrni
Ushbu fan qurilish materiallarini rentgen, elektron mikroskopik usullari va akustik analiz usullarining fizik asoslari, Respublikamizda uy-joy qurilishining kun sayin oʻsib borishida qurilish materiallariga boʻlgan ehtiyoji yanada oshishi, magnit kontrol asbob va qurilmalaridan foydalanish, sifatini oshirish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur boʻlgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Materiallar strukturasi” fani mutaxassislik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, talabalarda 7-semestrlarda oʻqitilishi maqsadga muvofiq.
II. Oʻquv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarni asosiy tadqiqot usullarini oʻrganishi; qurilish materiallari va buyumlarining tarkibi va xossalari; qurilish materiallarini spektral analiz, rentgenografik va mikroskoplar yordamida oʻrganish; olingan natijalarni tahlil qilish; qurilish materiallarining tuzilishi va undagi oʻzgarishlarni oʻrganish boʻyicha ushbu fan oʻqitiladigan magistr mutaxassisliklari profiliga mos bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishdir.
|