31-modda. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish hollari
Muharrir (bosh muharrir), shuningdek jurnalist ommaviy axborot vositasida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan materiallar tarqatilganligi uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydilar:
1) agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan olingan bo‘lsa;
2) agar ular axborot agentliklari yoki davlat va ro‘yxatga olingan jamoat idoralarining matbuot xizmati orqali olingan bo‘lsa;
3) agar ular xalq deputatlari Sovetlarining sessiyalarida, jamoat tashkilotlari syezdlari, konferensiyalari, plenumlarida so‘zlagan, shuningdek boshqa holatlardagi rasmiy nutqlarning takrorlanishidan iborat bo‘lsa;
4) agar ular oldindan yozilmay efirga berilgan muallif nutqlarida yoki ushbu Qonunga muvofiq tahrir qilinmaydigan nashrda bo‘lsa.
32-modda. Etkazilgan ma’naviy zararni qoplash
Ommaviy axborot vositasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan yoki unga mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqacha zarar yetkazadigan ma’lumotni tarqatishi natijasida fuqaroga yetkazilgan ma’naviy (mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan) zarar sud qaroriga muvofiq ommaviy axborot vositasi, shuningdek aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qoplanadi. Ma’naviy (mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan) zararni pul bilan qoplash miqdorini sud belgilaydi. Ma’naviy zararni pul bilan qoplash miqdori 10 ming so‘mdan oshmasligi kerak. Ommaviy axborot vositalari orqali kechirim so‘rash, xatoni oshkora tan olish orqali ham bunday ma’naviy zararning o‘rni qoplanishi mumkin.
VII bob. XALQARO ALOQALAR
33-modda. O‘zbekiston Respublikasida chet el ommaviy axborot vositalari, xorijiy davlatlar diplomatiya va boshqa vakolatxonalari vakillarining faoliyati
Ommaviy axborot vositalari sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida vakil qilib tayinlangan chet el muxbirlarining hamda chet el ommaviy axborot vositalari boshqa vakillarining huquqiy holati va kasbiga oid faoliyati, shuningdek xorijiy davlatlar diplomatiya, konsullik va boshqa rasmiy vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasida axborotga oid faoliyati SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan, SSR Ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV
,
Do'stlaringiz bilan baham: |