O'zbekiston Respublikasi O'rta Osiyo mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlari. Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabati. Reja


Download 28.28 Kb.
bet4/5
Sana07.02.2023
Hajmi28.28 Kb.
#1172708
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi O\'rta Osiyo mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlari. Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabati.

Birinchidan, hamkorlik aniq tarmoq, soha va yo'nalishlar kesimida amalga oshirilmoqda. Xususan, ikki davlat o'rtasidagi aloqalar, ayniqsa, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirildi.
Ikkinchidan, strategik sheriklik munosabatlari shartnomaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlanib, o'zaro majburiyatlarni ta'minlash borasidagi yuksak mas'uliyatni anglash va samarali bajarish uchun turtki bo'lmoqda.
Uchinchidan, o'zaro manfaatli hamkorlik muhim strategik masalalar yuzasidan yagona va to'g'ri bo'lgan qarashlarning shakllanishiga sabab bo'lmoqda. Xususan, mintaqada ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish, Markaziy Osiyo suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, ishonchli va xavfsiz transport yo'laklarini yaratish, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to'g'risidagi Shartnoma doirasida hamkorlik kabi masalalar shular jumlasidan.
Shuningdek, O'zbekiston – Turkmaniston o'rtasidagi hamkorlikning quyidagi muhim jihatlari va yo'nalishlariga alohida e'tibor qaratmoq lozim.
Birinchidan, O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi strategik hamkorlik yangi bosqichga ko'tarildi.
Xususan, 2017 yil 1 iyun kuni O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o'rtasida strategik sheriklik to'g'risida shartnomani (Ashxobod, 2017 yil 6 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonuni qabul qilindi.
Mazkur shartnoma do'stona munosabatlarning mantiqiy davomi sifatida xalqlarimiz hamkorligi yangi bosqichga ko'tarilishi, pozitsiyalarni o'zaro kelishish asnosida strategik sheriklik mustahkamlanishi, o'rta va uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishi, tadbirkorlar o'rtasida hamkorlik izchil rivojlanishi, o'zaro tovar aylanmasi, mahsulot va xizmatlar etkazib berish hajmi oshishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, xavfsizlikka yangi tahdid va xurujlarlarga qarshi birgalikda kurashish uchun muhim huquqiy asoslarni belgilab bergani bilan ahamiyatga ega.

Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling