O'zbekiston Respublikasi O'rta Osiyo mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlari. Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabati. Reja


Download 28.28 Kb.
bet3/5
Sana07.02.2023
Hajmi28.28 Kb.
#1172708
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi O\'rta Osiyo mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlari. Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabati.

Adabiy va madaniy aloqalari


Oʻzbek va turkman xalqlari azaldan iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada boʻlib kelganlar. Alisher Navoiyni turkman xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning asarlari shoir hayot chogʻidayoq turkmanlar orasida mashhur boʻlgan. Navoiy gʻazallarini turkman baxshilari hozirgi kungacha ham kuylab keladilar. Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman mumtoz shoirlari Ozodiy, Mahtumquli, Andalib Navoiyni oʻzlariga ustoz deb bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining sheʼrlarini bilmagan va kuylamagan oʻzbek xrfizi yoʻq desa boʻladi. Andalib oʻzining "Layli va Majnun", "Yusuf va Zulayho" dostonlarini Navoiy va Durbek asarlaridan taʼsirlanib yozgan.
Mahtumqulining tanlangan sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bir necha marta nashr etildi. Gʻafur Gʻulom va Berdi Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki Seytoqov, Zulfiya va Tovshan Esanova, Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi oʻzbek va turkman yozuvchishoirlari oʻrtasidagi doʻstlik adabiy aloqalar tarixida muhim oʻrin egallaydi. B. Kerboboyevning "Dadil qadam", "Oysulton", "Nebitdogʻ" romanlari, X. Deryayevning "Qismat" romanepopeyasi, Mullanafas, Andalib, Kamina, B. Kerboboyev sheʼrlari, Ota Kavshutovning "Nebitdogʻ etaklarida" romani, Q. Quliyevning "Qora karvon" romani, T. Togʻanovning "Durlar xazinasi" qissasi va b. asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Turkman dramaturgiyasining "Mahtumquli" (B. Kerboboyev), "Oila nomusi", "Kim aybdor?" (X. Mutalov) singari namunalari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan. Oʻz navbatida, H.X,.Niyoziyning "Boy ila xizmatchi", A. Qaxdorning "Shohi suzana", B. Rahmonovning "Yurak sirlari", Sayd Ahmadning "Kelinlar qUzgʻoloni" pyesalari turkman teatrlarida namoyish qilindi. Turkman adiblarining (B. Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O. Otajonov va b.) Oʻzbekiston, oʻzbek shoir va adiblarining (Gʻ.Gʻulom, Shayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston mavzuidagi asarlari muhim.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi strategik hamkorlikning huquqiy asosi sifatida qator tarixiy hujjatlar imzolandi. Do'stona munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish, o'zaro yordamni ayamaslik mazmunidagi 1996 yil 16 yanvar, 2004 yil 19 noyabr va 2007 yil 18 oktyabrdagi kelishuv hujjatlari – shartnomalar shular jumlasidan.
Bugun O'zbekistonning yaqin strategik hamkorlaridan biri – Turkmaniston bilan amalga oshirilayotgan va tobora yangi bosqichga ko'tarilayotgan o'zaro do'stlik aloqalari haqida so'z yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ikki do'st davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish, hamkorlikning yangi yo'nalishlari va istiqbollarini belgilagan holda o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida tarixiy ishlar amalga oshirildi. Birgina 2017 yilda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 177 million dollarni tashkil qilib, bu o'tgan davrdagiga nisbatan 3 barobar ko'p demakdir.
Shu o'rinda aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari orasida 206 mingdan ziyod turkman birodarlarimiz jonajon yurtimiz taraqqiyoti yo'lida mehnat qilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda turkmanlarning milliy madaniyati, tili, an'analari va urf-odatlarini asrash hamda rivojlantirish maqsadida Respublika turkman madaniy markazi faoliyati uchun barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan.
O'zbekiston va Turkmanistonning o'zaro do'stona va strategik hamkorligi uch muhim jihati bilan ajralib turadi.

Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling