O’zbekiston Respublikasi partiyalar faoliyati


Siyosiy partiyaning saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘liq harajatlari qanday va kim tomonidan qoplanadi?


Download 1.41 Mb.
bet5/5
Sana28.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1689380
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Siyosiy partiyalar

Siyosiy partiyaning saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘liq harajatlari qanday va kim tomonidan qoplanadi?
Mamlakatimiz saylov qonunchiligida siyosiy partiya yoki uning nomzodining saylovlar, xususan saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘liq barcha harajatlari davlat byudjetidan qoplanishi shartligi belgilangan. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari tashviqot olib borish, nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot o‘tkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etish, saylov kampaniyasini o‘tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanishi belgilab qo‘yilgan.
Amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangilik shundan iboratki, siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari yuzasidan saylov kunida oraliq hisobotini va saylov natijalari eʼlon qilinganidan keyin yakuniy hisobotini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi. Siyosiy partiyaning hisobotlari uning rasmiy veb-saytida va bosma nashrida eʼlon qilinadi. Qonunga ushbu normalarning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi tomonidan berilgan tavsiyalari asosida kiritilganligi milliy saylov qonunchiligimizning halqaro saylov standartlariga mos ekanligini ko‘rsatadi.
Xulosa o‘rnida
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, siyosiy partiyalarning saylov jarayonidagi ishtiroki fuqarolarning siyosiy hayotda, davlat boshqaruvida ishtirokini taʼminlash, demokratik davlatda davlat hokimiyatining birdan bir manbai bo‘lmish – xalqni siyosiy irodasini ifodalashning muhim vositasi bo‘lib, shu jumladan, joriy yilda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarga davlat boshqaruvida saylov orqali ishtirok etishdek siyosiy huquqlaridan foydalanish imkoniyatidir.
Barcha rivojlangan davlatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham, siyosiy partiyalarning bemalol faoliyat yuritishlari, saylovlarni haqqoniy demokratik tarzda o‘tkazish uchun barcha huquqiy asoslar mavjud. Qolgan barcha harakatlar siyosiy partiyalar faolligiga bog‘liq”
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling