O’zbekiston Respublikasi partiyalar faoliyati
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Download 1.41 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Siyosiy partiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy partiya saylovda Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqini qanday amalga oshiradi
- Saylov kodeksining 62-moddasiga
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
2019-yil 8-yanvarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan taʼsis syezdida tuzilgan. Partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlashdir. Bugungi kunda partiya O‘zbekistonning turli nuqtalaridagi 430 mingta aʼzoga hamda 3910 ta Boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. Siyosiy partiya saylovda Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqini qanday amalga oshiradi? O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqi, umumdemokratik tamoyillarga, jahon huquqiy va siyosiy amaliyoti talablariga to‘la mos keladi. Bu esa, O‘zbekiston Respublikasining, barcha sohalar kabi, saylov o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarda ham demokratik qadriyatlarga og‘ishmay amal qilayotganligining yorqin bir dalilidir. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 62-moddasiga ko‘ra siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi kerak: -saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza; -O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan maʼlumotnoma; -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi maʼlumotlar. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida besh kunlik muddat ichida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda eʼlon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling