Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi dsc


Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 20.17 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1178413
1   2   3
Bog'liq
9.ХУЛОСА

Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati unda chiqarilgan nazariy xulosalar davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy tadqiqotlar olib boradigan ilmiy va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida qoʼllash mumkinligi bilan belgilanadi.
Dissertatsiya natijalarining amaliy ahamiyati ishdagi nazariy umumlashma tahlillardan davlat hokimiyati va uning ijtimoiy-siyosiy va milliy-maʼnaviy asoslarini oʼrganishning nazariy jihatlarini yanada boyitish, oliy taʼlim muassasalarida davlat va jamiyat boshqaruvi bilan bogʼliq fanlarni oʼqitishda, maʼruza matnlari hamda oʼquv va oʼquv-metodik qoʼllanmalar yaratishda foydalanish mumkinligida namoyon boʼladi.
Tadqiqot natijalarini qoʼllash boʼyicha tavsiyalar:
Oʼzbekistonda davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatini optimallashtirish boʼyicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida:
davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatiga doir yangi zamonaviy davlat boshqaruvining New Public Management pragmatik modelidan foydalanish zarurligining ilmiy jihatlari ochib berilganligiga oid ilmiy nazariy xulosalardan Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6155-son “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlashda foydalanilgan. (Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 - yil 17 - avgustdagi 32-32/4635-son maʼlumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishning samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar vazirlikning davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatiga doir yangi zamonaviy davlat boshqaruvining amalga oshirishga oid yoshlar bilan uchrashuvlarni tashkillashtirishda foydalanilgan;
davlat hokimiyati tizimida demokratik tamoyillarga asoslangan optimallashtirish tendentsiyalari vertikal tizimdan bosqichma-bosqich ravishda gorizontal shaklga transformatsiyasi amalga oshishidagi zamonaviy boshqaruv paradigmasi hamda davlat hokimiyati tizimida kadrlar tanlash, tayyorlash, ularda yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, davlat hokimiyati tuzilmalarining oʼzaro munosabatlari, bu borada olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar, ular samaradorligiga ijobiy taʼsir qilishi ilmiy jihatdan asoslantirilganligiga oid materiallari va ilmiy natijalari Аgentlik faoliyatida foydalanilgan. (Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2021- yil 10 iyundagi XSF-016-sonli maʼlumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar Аgentlikning mamlakatimizda kadrlarning salohiyatini yuksaltirish, ular bilan ishlashning demokratik tamoyillarini joriy qilish bilan bogʼliq harakatlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan;
jamiyatda kechayotgan innovatsion jarayonlar sharoitida davlat hokimiyati tizimini demokratik tamoyillarga asoslangan optimallashtirish tendentsiyasi, davlat boshqaruv organlari tomonidan qarorlarning qabul qilinishi va ijro organlari hisobotini eshitishda jamoatchilikning “onlayn” va “konusltativ ishtiroki” samarali mexanizmga aylana borishi asoslab berilgan. Tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini tizimlashtirishga asos boʼluvchi “raqamli boshqaruvdan-raqamli nomarkazlashtirish sari” kontsepti bugungi nomarkazlashtirish jarayonlarida fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvidagi faolligining yanada oshishiga xizmat qilishi, shu orqali mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlariga ijobiy taʼsir qilishi asoslab berilgan. Ilmiy tadqiqotda ilgari surilgan xulosalardan Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʼmitasining “Yangi Oʼzbekistonning 2022-2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 - yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturi” ijrosini taʼminlash boʼyicha Tadbirkorlar va Ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Yoʼl xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanildi. (Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2022 - yil 10 - avgustdagi 01-27-380-son maʼlumotnoma). Natijada yuqorida koʼrsatilgan ijobiy natijalar partiya tomonidan yosh kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan seminar treninglar, targʼibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan;
dissertatsiyada keltirilgan taklif va xulosalari yuqoridagi gʼoyaga hamohang Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini izchil davom ettirish yoʼlida oʼz yechimini kutayotgan masalalarni hal etishda xizmat qiladi hamda davlat boshqaruvi organlari tomonidan qarorlarning qabul qilinishi va ijro hisobotini eshitishda jamoatchilikning “onlayn” va “konsulьtativ ishtiroki” samarali mexanizmlarga oid ilmiy natijalar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi faoliyatida foydalanilgan. (Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 24 - avgustdagi 02-228-son maʼlumotnoma). Natijada davlat boshqaruviga “rivojlanish maqsadlarini belgilashda, davlat dasturlari va loyihalari boʼyicha qarorlar qabul qilishda” yangicha yondashuv va ularni amalga oshirishda “keng jamoatchilik ishtiroki” muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib Oʼzbekistonda islohotlarni amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash tizimini joriy qilish boʼyicha monitoring.uz portali loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling