Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi dsc


Download 20.17 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1178413
  1   2   3
Bog'liq
9.ХУЛОСА


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03 raqamli Ilmiy kengash Raximova Muqaddas Ibragimovnaning
23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi boʼyicha “Oʼzbekistonda davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatini optimallashtirish tamoyillari” mavzusidagi siyosiy fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi boʼyicha


ХУЛОСАСИ


Тalabgor tomonidan olingan muhim natijalar:
davlat hokimiyati tizimining shakllanishi, rivoji va uni demokratik yangilash borasida kontseptual ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan;
zamonaviy xorijiy va milliy tajribani tanqidiy jihatdan oʼrganish asosida Oʼzbekistonda maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasini ijtimoiy hayotimizga muvaffaqiyatli tatbiq etish boʼyicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Dissertatsiyada mavjud ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar asoslanganlik va ishonchlilik darajasi:
ishda qoʼllanilgan ilmiy yondashuvlar, usullar, nazariy maʼlumotlarning ishonchli manbalardan olingani, amaliy misol va tahlillar faktik-analitik materiallarga tayangani, ishda zamonaviy tadqiq usullardan foydalanganligi, respublika, xalqaro miqyosdagi ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari toʼplamlari, OʼzR OАK roʼyxatidagi jurnallar hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, xulosalar, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Ilmiy koʼrsatkichlarning yangilik darajasi:
davlat hokimiyati va davlat boshqaruvining yangi zamonaviy pragmatik modeli New Public Management, Good Governance tizimi va metodlarining oqilona boshqaruv vositasi sifatida amaldagi boshqaruv faoliyatiga joriy etish zaruriyati asoslangan;
davlat hokimiyati tizimida demokratik tamoyillarga asoslangan optimallashtirish tendentsiyalari vertikal tizimdan bosqichma-bosqich ravishda gorizontal shaklga transformatsiyasi amalga oshishi ochib berilgan;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qarorlarning qabul qilinishi va ijro hisobotini eshitish mexanizmining mohiyatiga koʼra jamoatchilikning «onlayn» va «konsultativ ishtiroki» samarali mexanizm ekanligi asoslab berilgan.
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini tizimlashtirishda “raqamli boshqaruvdan - raqamli nomarkazlashtirish sari” kontsepti davlat platformasi xususiyatlari sifatida davlat mexanizmining funktsional imkoniyatlari optimallashtirilishi sababli innovatsion gʼoyaning muhim indikatori ekanligi isbotlangan.

Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling