O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Kelajak liderlari” maxsus o'quv kursi tinglovchisi – Satimboev Umirbek Shuxratovich o'tagan “stajirovka”si yuzasidan xulosa
Download 10.41 Kb.
|
Хулоса
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqoridagilardan kelib chiqib, tinglovchi U.Satimboev tomonidan
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Kelajak liderlari” maxsus o'quv kursi tinglovchisi – Satimboev Umirbek Shuxratovich o'tagan “stajirovka”si yuzasidan XULOSA Satimboev Umirbek Shuxratovich “stajirovka” amaliyotini O'zbekiston Resupblikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi PF-5139-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 745-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektorining 2023 yil 11 maydagi 70-son buyrug'iga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - Bosh vazir kotibiyatining Tahliliy materiallarni tayyorlash xizmati boshlig'i o'rinbosariga “dublyor” sifatida o'tadi. Tinglovchi amaliyot davomida akademiyada olgan nazariy bilimlariga asoslanib, amaliyot joyidagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishgan. Stajirovka rahbaridan davlat xizmatchisi sifatida ko'p qirrali bo'lish, o'z ishiga maʻsuliyat bilan yondashish, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish, mavjud muammo va takliflarni chuqur tahlil qilish va strategik rejalashtirish va ularga tizimli echim topish, noodatiy sharoitlarda qarorlar qabul qilish ko'nikmalarini o'rgangan. Tinglovchi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Bosh vazir kotibiyatining Tahliliy materiallarni tayyorlash xizmatining ish faoliyati bilan yaqindan tanishgani bilan birga Davlat tomonidan berilgan imtiyoz va prefrensiyalarning samaradorligi, shuningdek, Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʻminlash, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish sohalarini tahlil qilgan, sohalardagi mavjud muammolarni aniqlagan va ularga tizimli takliflar bergan. Shuningdek, amaliyot jarayonida tinglovchi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlar loyihalari bilan ishlashda malakasini oshirgan. Bosh vazir rahbarligida o'tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlislari, yig'ilishlar, muzokaralar va boshqa tadbirlarga axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash jarayonlarida ishtirok etib, o'ziga yuklatilgan vazifalarga masʻuliyat bilan yondashganligi, shuningdek, berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi maʻlumotlarni umumlashtirib, puxta tahlil qilgan holda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish bo'yicha takliflar berishga faol qatnashgan. Tinglovchi Vazirlar Mahkamasida o'tagan “stajirovka”si davomida ish tajribasiga va etakchilik qobiliyatiga ega ekanligini ko'rsatgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tinglovchi U.Satimboev tomonidan “stajirovka” samarali tashkil etilgan, sohalar tahlil qilinib asosli takliflar berilgan. Ilmiy rahbar, yu.f.d., professor O.Xusanov Download 10.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling